Образование и инновационные исследования 2021 год



Yüklə 258,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü258,91 Kb.
#151781
1   2   3   4   5
978-Текст статьи-2775-1-10-20220711 (1)

Образование и инновационные исследования (2021 год 
Сп.вып.)
ISSN 2181-1717 (E)
267
http://interscience.uz
farzandingizni bilasizmi?” S.T.Shatskiyning kompleksli anketasidan foydalanishiga 
to‘g‘ri keladi.
Yuqorida aytilgan usul-vositalar orqali o‘quvchilar haqida olingan ma’lumotlarni 
o‘rganib, tahlil qilib va umumlashtirib sinf rahbari o‘ziga yordamchilarni ajratadi
iqtidorli va tarbiyasi og‘ir bolalarni aniqlaydi hamda sinf jamoasi bilan keyingi ishlarni 
rejalashtiradi. Bu usul-vositalar o‘qituvchilar tajribasida keng tarqalgan, lekin ular ancha 
uzoq vaqtni oladi. Ayrim vaziyatlarda o‘qituvchiga qisqa vaqt davomida o‘quvchilar 
haqida ba’zi ma’lumotlarni bilish zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda quyidagi interfaol 
usullardan foydalanishni tavsiya etamiz. 
Muz yorish usuli odamlarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilash, ularni bir-biri 
bilan yaqinroq tanishtirish usulidir. Tarbiya jarayonida turli xil muz yorishlar mavjud: 1) 
odamlarning kayfiyatini ko‘tarish, ularni notanish sharoitda tinchitish; 2) yangi jamoani 
tashkil etishda odamlarni o‘zaro tanishtirish (misol uchun, o‘qituvchini yangi sinf 
o‘quvchilari bilan), shaxslararo munosabatlarni yaratish; 3) dam olish daqiqasi sifatida 
o‘tkazish. Muz yorishning turi “quvnoq daqiqa” deb nomlangan usulidan, odatda dars 
paytida o‘quvchilar charchagan vaqtda foydalaniladi. Bundan tashqari, muz yorishning 
boshqa turlarini ham qo‘llash mumkin. Bir necha misol keltiramiz. 
Taqdim etish o‘qituvchi o‘quvchilardan o‘zlarini tanishtirishni va o‘zlari haqida 
ma’lumot berishlarini so‘rab, ularni doira shaklida o‘tirg‘izib, suhbat uyushtiradi. 
O‘quvchilar ketma-ket navbat bilan quyidagi masalalar bo‘yicha axborot berishadi: 
ismi va familiyasi, turar joyi; ota-onalarning ishlash joylari; 
ijtimoiy tajribasi (qanday topshiriqlarni bajargan edi); kelajakda kim bo‘lmoqchi 
va h. Bu usulga kam vaqt ketadi (bir kishiga 2-3 daqiqa), biroq 30 va undan ko‘p 
o‘quvchilar bo‘lgan sinflarda uni qo‘llab bo‘lmaydi.
Intervyu – notanish o‘quvchilardan juftlar tanlab, ularga bir-biri bilan tanishishi 
uchun 5-7 daqiqa muddat beriladi. Keyin ularning har biridan o‘z sherigini butun sinf 
jamoasiga shu kishi haqidagi o‘qituvchi tanlangan bitta qiziq dalilni qo‘shgan holda 
tanishtiradi. Bu usul har bir o‘quvchini jamoaga tanishtirishga imkon beradi. Bu usul 
o‘quvchilarga qat’iyatlik baxsh etadi. Oldingi usulga nisbatan bu usul ko‘proq vaqt 
oladi, biroq uni 25 kishidan ortiq sinflarda qo‘llab bo‘lmaydi.
Jadvallar usuli. Hamkorlik qilgan sinf jamoalar uchun hamda o‘quvchilar haqida 
qo‘shimcha axborot olishda qo‘llash mumkin. Bu usulni qo‘llash uchun o‘qituvchi 
har bir o‘quvchiga qog‘oz varag‘ini berib, uni to‘rt qismga ajratib, har biriga quyidagi 
axborotni yozishni iltimos qiladi:
– yuqori chap burchakda o‘zini bitta so‘z bilan ifodalash;
– yuqori o‘ng burchakda o‘zi faxrlanadigan narsani yozish;
– pastki chap burchakda o‘zi to‘g‘risidagi birorta sirni oshkor qilish (bu birorta 
jiddiy sir bo‘lishi shart emas, u atrofdagilardan birortasi bilmaydigan sir bo‘lishi kerak);
– pastki o‘ng burchakda o‘zi yaxshi ko‘radigan mashg‘uloti (xobbi)ni yozish.
O‘qituvchi ham o‘z jadvalini qatnashchilari bilan bir vaqtda, to‘ldi-radi. Sinf 
o‘quvchilari o‘z ishlarini yakunlaganlaridan so‘ng, ulardan jadvallarini ko‘rinadigan 
qilib ushlagan (yoki devorga osib qo‘yilgan) holda bir-birlari bilan tanishadilar. Bu 
usul ko‘p vaqt olmaydi, lekin uni yordamida o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini chuqurroq 
o‘rganishga imkon topadi (ayniqsa, yangi sinf bo‘lsa).
Bunday usullarni qo‘llash jarayonida sinfdagi barcha o‘quvchilarni qatnashishi shart. 
Bu usullarni qo‘llashda o‘quvchilarning yosh va bilish hamda xarakter xususiyatlarini 
hisobga olish, tortishuv va izlanish natijalari ularning shaxsiyatiga tegmaydigan bo‘lishi 
kerak. 
Rolni ijro etish usuli o‘qituvchidan rolli o‘yin texnologiyasini yaxshi bilishni talab 
qiladi. Bu usul o‘yin qatnashchilarini faollashti-ruvchi usullar qatoriga kiradi. O‘yindan 
oldin o‘qituvchi (olib boruvchi) vaziyatni tushuntiradi, personajlarning tipik xatti-
harakatlaridan xabardor qiladi. O‘quvchi-qatnashchilar bu ma’lumotlardan foydalanib, 
belgi-langan rollarni ixtiyoriy tarzda ijro etadilar. Shuning uchun o‘yin qatnashchilarini 



Yüklə 258,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə