Образование и инновационные исследования 2021 год



Yüklə 258,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü258,91 Kb.
#151781
1   2   3   4   5
978-Текст статьи-2775-1-10-20220711 (1)

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил Махсус 
сон)
ISSN 2181-1709 (P)
266
Education and innovative research 2021 y. Sp.I.
tayyorlash va boshqa shu kabi ommaviy muammoli ishlarda mazkur usul juda o‘rinli va 
samaralidir. Masalan o‘quvchilarga “Sog‘lom inson” deganda nimani tushunasiz, deb 
savolni bersak, ulardan turli xil javob olishimiz mumkin: Yuqori sinflarda yoki talabalar 
guruhida esa murakkabroq muammo qo‘yish mumkin: “Vatan nimadan boshlanadi?” 
va h.k.
Tarbiyaviy ishlarda aqliy hujum usuli bilan bir qatorda, munozara, davra suhbati 
va yozma bahslar kabi usullarni ham keng miqyosda qo‘llash mumkin. Bunday usullar 
yordamida o‘quvchilar o‘rtasida quyidagiga o‘xshash muammolarni muhokama etish 
mumkin:
- yoshlarning huquq va burchlari;
- o‘quvchi yoshlarning prezidentimizga, davlat ramzlariga muno-sabati qanday 
bo‘lmog‘i lozim?;
- milliy istiqlol g‘oyasi va yoshlar;
- davlat va boshqa tillarga munosabat; 
- majburiy yoki muqobil xizmat nima?
- diniy oqimlar va terrorchilarning buzg‘unchilik ishlari;
- zamonaviy yigit va qizlar nima bilan faxrlanadi? va h.
Tarbiyviy ishlar jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida sinf jamoasini 
kichik guruhlarga bo‘lish ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur uslul yordamida pedagog 
o‘z o‘quvchilarining qiziqish va ehtiyojlari o‘rganishga, imkoniyat va qobiliyatlarini 
aniqlashga hamda rivojlantirishga imkon topishi mumkin. Masalan: sinf (guruh) rahbari 
o‘quvchilarni tarbiyalashda tabaqalashtirish qoidasiga asoslangan holda ularni 5-6 
kishidan iborat bo‘lgan 3-5 ta kichik guruhlarga ajratadi va ular zimmasiga sinfdagi 
ijtimoiy hayotning bir aniq soha (o‘qish, sport, mehnat, dam olish, badiiy bezatish va 
b.) bo‘yicha mas’uliyatni yuklaydi. Har qaysi kichik guruhning nomi, shiori, emblemasi 
bo‘lishi kerak. Bunday kichik guruhning pasporti (vizitkasi) quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 
Guruh nomi, shiori, emblemasini tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va 
qiziqishlarini hisobga olish zarur. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarga “Kamalak”, “Boychechak”, “G‘uncha” 
nomlari mos keladi. Katta o‘quvchilarga va talabalarga esa guruh nomlari murakkab-
roq bo‘lishi kerak. Masalan ularga “Ziyo”, “Zukko”, “Tinchlik”, “Istiqlol”, “Istiqbol”, 
“Uchqun” kabi nomlari mos keladi. Kichik guruh sarkorlarni har chorak yoki yarim 
yilda o‘zgartirish mumkin. Bu har qaysi o‘quvchiga ham rahbar, ham bo‘ysunuvchi 
sifatida bo‘lishiga imkon yaratadi.
Maktab, litsey, kollej o‘quvchilarini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash 
masalalari o‘qituvchidan O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlaridan keng va 
samarali foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun, bolaligidan boshlab o‘quvchilarda 
Prezidentimiz, madhiyamiz, bayrog‘imiz, gerbimiz, davlatimiz siyosatiga, diniy 
oqimlarga to‘g‘ri munosabatini shakllantirish jarayonida o‘qituvchi maxsus tayyorlangan 
ko‘rgazmalar, tayanch sxemalar, slaydlar, kino-videofilmlar kabi materiallardan unumli 
foydalanishi shart.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarni o‘rganishda an’anviy usul-
vositalardan foydalanmoqda; bular: kuzatib borish, suhbat o‘tkazish, ota-onasi oldiga 
borish va h. Bundan tashqari, tarbiya jarayonida pedagog turli xil anketa va test yordamida 
maktab psixologi hamkorligida o‘z sinfdagi o‘quvchilarni o‘rganadi. Jumladan, 
zamonaviy ta’lim-tarbiya o‘qituvchidan diagnostik anketa va testlardan foydala-nishni 
talab etmoqda. Bunday anketa yoki test orqali o‘qituvchi har qaysi o‘quvchining o‘qishga, 
mehnatga, odamlarga, o‘ziga munosabatini hamda uning shaxsiy sifatlarini o‘rganishga 
imkon topadi. Masalan, o‘qituvchi o‘z sinfida faollarni va liderlarni ajratish, sinfda 
shaxslararo munosabatlarni va kichik guruh mavjudligini aniqlashda sotsiometriya 
yoki “O‘z jamoangizni bilasizmi?” anketasidan foydalanishi mumkin6. Agar o‘qituvchi 
ota-onalarning o‘z bolalari haqida bilish darajasini aniqlamoqchi bo‘lsa, unda u “O‘z 



Yüklə 258,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə