Очик дарс -mavzu


Bakteriyalarning o’zagi (nukleid nukleoplazma)



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə4/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни

Bakteriyalarning o’zagi (nukleid nukleoplazma) — zichlashmagan va uning moddasi g`uj bo’lmaydi. Prokariotlarning o’zagi DNK ning ikki qavatli iplaridan iborat dum-dumaloq bo’ladi. U tsitoplazmada hech qanday parda bilan ajralmaydi. Bakterial xujayrasining esa asosiy protein bilan aloqasi yo’q.
Sodda organizmlar, o’simliklar va hayvonlarning o’zagidan bakterial hujayrasining o’zak tuzilishi va funktsiyasi bilan farq qiladi. SHuning uchun bakterial hujayrasining o’zagiga «genafor» deb nom berilgan. Bakteriya va ko’k-yashil suv o’tlarinnng o’zagi diffuz holatda va 3 nm — 5 nm yo’g`onlikdagi DNK fibrillalar bilan to’lgan. Fibrillalar halqa shaklida bo’lib, hujayra tsitoplazmasi markazida joylashadi. U tsitoplazmatik membrana mezosomalar va polisomalar bilan munosabatda bo’ladi. Uzakning rivojlanishi turli bosqichlarda DNK ip, tugunchali yoki ingichka turga o’xshagan shaklini oladi. O’zak moddasi tsitoplazmaga 1 : 2 — 1 : 10 nisbatgacha.
G`ilof (kapsula). YUqorida aytib o’tilganidek, qobiqning shilimshiq qavati juda ham rivojlangan bo’lib, bakteriyalarking g`ilof yoki kapsulasini hosil qiladi. G`ilof shilimshik moddalardan iborat bo’lib, uning tarkibida polisaxaridlar, glyukoproteidlar va 98% gacha suv bor. G`ilof bakteriyalar organizmga kirganda yoki qon qo’shilgan sun`iy oziq muhitlarida o’stirilganda hosil bo’ladi. U bakteriyalarni himoya qilish vazifasini o’taydi, jumladan, bakteriyalarni qon leykatsitlari tomonidan yutilishidan va yo’q qilinishidan, ya`ni fagotsitozdan, qurishdan, antitelalardan saqlaydi. Mikroblarning virulentligiga, ya`ni agressiv bo’lishiga ahamiyati katta. G`ilof ayrim bakteriyalarning turini aniqlab olishda diagnostik belgi vazifasini bajaradi.
Ko’pchilik tayoqchasimon va ayrim sharsimon bakteriyalar kapsulalarida uch-to’rtta bakteriyalar joylashadi. Bunday bitta kapsulada bir necha mikroblar o’ralgan bo’lib, zoogleya deyiladi.
Sporalar. Ko’pincha tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil kilib, muayyan turining saqlab qolinishiga imkon beradi. Tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil qiladi, kokklarda sporalar hosil bo’lishi juda kam uchraydi, vibrion va spiralsimonlarda spora hosil bo’lishi noma`lum.
Spora hosil qiluvchilar ko’pincha xavo, suv va hayvonlarning tanasida yashovchi saprofnt mikroblardir. Ammo hayvonlarda yuqumli kasalliklarni hosil qiluvchi mikroblarning oraligida spora hosil qiluvchilar ham bor (kokshol, batulizm, kuydirgi, anaerob infektsiyalar). Hayvonlarning organizmi uchun noqulay sharoitda ham (temperatura va muhit o’zgarganda, oziqlar kamayganda va hokazo) sporalar hosil bo’ladi.
Spora hosil bo’lishi to’rt bosqichdan iborat:

  1. Tayyorlanish stadiyasi.

  2. Spora oldidagi stadiya.

  3. Qobiq hosil bo’lish stadiyasi,

  4. Etilish stadiyasi.

Batsillalarning noqulay sharoitga tushishi bilan hujayraning ichki strukturasida o’zgarishlar hosil bo’lib, ma`lum bir qismidagi protoplazma quyuqlasha boshlaydi va spora oldidagi (predsporovaya) membrana tashkil topadi, so’ngra shu joy mumsimon, zich bir necha qavatli qobiq bilan o’raladi. Hujayraning qolgan qismi esa asta-sekin emiriladi va spora etiladi. SHunda uning hajmi, vegetativ shaklli mikrobning xajmiga ko’ra o’n baravar qisqaradi (kichiklashadi). SHu tariqa bakteriya hujayrasi 18 — 20 soatda sporaga aylanadi.


Bo’yalmagan sporalar mikroskopda yaxshi ko’rinmaydi, bo’yoqlar esa kobiq ichiga nihoyatda qiyinchilik bilan o’tadi. SHuning uchun sporalarni bo’yashda maxsus usullar ko’llanadi. Sporalarning qobig`i zich, tarkibida suvning kam, kaltsiy, lipoid va pikolin kislotaning ko’p bo’lishi ularning tashqi muhitning nokulay ta`siriga chidamlilignni, ba`zilarining esa bir necha o’n yilgacha shu sharoitda hayot faoliyatini saqlashiga imkon beradi. Sporalar 253 daraja sovuqda o’z hayot faoliyatlarini saklab qoladilar.
Sporalar bakteriya hujayrasining turli erlarida joylashishi mumkin. U hujayraning o’rtasida o’rnashsa, markaziy spora, bir uchida bo’lsa — terminal spora, bir uchiga yaqin joylashsa subterminal spora deb ataladi. Sporalarning joylashishi laboratoriyada mikroblarning turini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Har xil mikrob turlarining sporalari turli shaklda bo’ladi. Bular sharsimon, cho’ziq chok (oval) bo’ladi.
Sporalar ustki (ekzina) va ichki (intina) qavatlardan iborat bo’lib, ekzina qavati tsitoplazmani tashqi faktorlar ta`siridan saqlaydi, intina esa sporaning o’sib chiqishiga yordam beradi.
Sporalar yaxshi, qulay sharoitga tushganda o’sishni davom etdiradilar. Bunda ular shishadi, hajmi kattalashadi, suv miqdori oshadi, almashinuv jarayonlari kuchayadi va anilin bo’yoqlar bilan oson bo’yaladi.
O’sish davriga o’tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan xujayra o’sa boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa qutbli, o’rta qismidan chiqsa ekvatorial o’sish deb ataladi.
Sporadan o’sib chiqqan bakterial xujayra uning ichki (intina) qavatiga o’ralgan bo’ladi.
Spora hosil qilish jarayoni turg`un hodisadir. Biroq batsillalar zaharli moddalar ta`siriga uchrasa, noqulay sharoitga tushib qolsa, yuqori temperaturada o’stirilsa yoki sun`iy oziq muhitlariga ko’p marta takrorlab ekilsa, sporalar hosil qilish xususiyatlarini yo’qotadi. Bunday organizmlar asporogenli irq deb ataladi. Sporalar batsillalarda ko’payish uchun xizmat qilmaydi, balki muayyan turning saqlanib qolishiga imkon beradi va ko’pincha batsillalarda faqat bittadan hosil bo’ladi.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə