Очик дарс -mavzu



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə5/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни

Xivchinlar. Harakatlanadigan bakteriyalar ikki gruppaga bo’linadi:
1. Emaklaydiganlar (sirg`aladngan, polzushie).
2. Suzadiganlar.
Emaklaydiganlarning tanasi sathda to’lqinli harakatlanadi. Bularda harakatlanish organlari (xivchinlar) bo’lmaganligi sababli, bir erdan ikkinchi erga ilonga o’xshab sirg`aladi.
Suzadiganlar esa suyuqliklarda maxsus bakteriya hujayrasidan, ingichka, uzun protoplazmatik tuzilmalar shaklida chiqib, qobiqdagi maxsus teshiklardan o’tadigan harakatlanish yurganlar orqali harakatlanadi. Bu harakatlanish organlariga xivchinlar deb aytiladi.
Xivchinlarning hajmi: yo’g`onligi 0,02 — 0,06 mkm va uzunligi 6 — 9 mkm, ba`zilarining (spirallalarda) uzunlign esa 80 — 90 mkm gacha bo’ladi. Xivchinlarqing uzun yoki qisqa bo’lishi bakteriya turiga bog`liq. Odatda bakteriya tanasi hivchin uzunligidan 20 marta qisqa bo’ladi. Ba`zilarda esa xivchinning uzunligi tanasining uzunligidan bir necha o’n marta uzundir. Masalan, nitrozomonos yavanenzis bakteriyalar xivchini tanasiga nisbatan 50 marta uzundir.
Flagellin turidagi xivchinlar oqsil moddalardai iborat bo’lib, bakteriyani oqsil moddalardan farq qiladi. Xivchinlarni hosil qilgan moddalarning tarkibiga lizin, asparagin va glutamin kislotalar, analin va boshqa aminokislotalar kiradi.
Xivchinlar bakteriya hujayrasi bilan ikkita diskalar orqali aloqa qiladi. Tashqaridagi disk hujayraning qobig`ida, ichkisi esa tsitoplazmatik membranada joylashgan bo’ladi. Mikroblar xivchinlarining joylashishi va mikroblarning harakatlanishi mikrobiologik diagnoz qo’yishda muhim ahamiyatga ega. CHunki ba`zi tekshirilayotgan mikroblar morfologik va kulturali xususiyatlarga ko’ra bir-biriga o’xshasa, ularning harakatini yoki xivchinlarining joylanishini tekshirib, mikroblarning turini aniqlash mumkin.
Xivchinlarni mikroskopda ko’rish uchun preparatlar maxsus murakab usullar bilan tayyorlanadi va bo’yaladi.
Xivchinlarning soniga va joylashishiga ko’ra bakteriyalar to’rtta gruppaga bo’linadi.

  1. Monotrix bakteriyalar tanasining bir uchida faqat bittagina xivchin bo’ladi.

  2. Lofotrix bakteriyalar tanasining bir uchida bir tutam-xivchinlar bo’ladi.

  3. Bu ikkita gruppaga iansub bakteriyalar xivchinlar yo’q tomonga qarab, to’g`ri chiziq shaklida harakatlanadi.

  4. Amfotrix bakteriyalarda xivchinlar ikki uchida bir tutamdan bo’ladi.

  5. Peretrix bakteriyalarda xivchinlar tanasining hamma tomonidan chiqqan bo’ladi.

Bu ikkita gruppaga mansub bakteriyalar esa tartibsiz harakatlanib, har tomonga qarab dumalaydi.
Bakteriyalarning harakatlanish tezligi hai turiga qarab har xil bo’ladi. Ularning ko’pchiligi bir sekundda o’z tanasi-ning uzunligiga teng kelgan masofani, boshqalari esa o’z tanasi uzunligiga nisbatan 10 — 15 marta ko’p bo’lgan masofani bir sekundda bosib o’tadi. Masalan 2 mkm uzunlikdagi vabo vibrioni bir sekundda 20 — 30 mkm masofani bosib o’tadi.
Bakteriyalarning harakatlanish xarakteri xivchinlarining soni, kulturaning yoshi, temperatura, hayot jarayonida hosil bo’lgan birikmalar va muhitdagi zaharli moddalarning ko’p yoki kam bo’lishiga bog`liq. Eng tez harakatlanadigani bu mono trix bakteriyalardir. Bularning harakatlapish tezligi bir sekundda 60 mkm gacha boradi.
Harakatlanadigan bakteriyalar tashqi faktorlarining ta`sirida harakatlanishi mumkin. Bu hodisa taksis deb ataladi.
Ta`sir etadigan faktorlarga qarab, taksis hodisa bir necha xil bo’ladi. Ximiyaviy moddalar ta`sir etganda — ximiotaksis, havo ta`sir etganda — aerotaksis va yorug`lik ta`sir etganda — fototaksis deb ataladi. Mikroorganizmlarning harakatlanishi «osilgan tomchi» yoki «ezilgan tomchi» usuli bilan laboratoriyada aniqlanadi. Xivchinlar mikroorganizmlar turini aniqlash uchun muhim belgi hisoblansa-da, u har doim bo’lmaydi. Xivchinli bakteriyalar orasida xivchinlari bo’lmaganlari ham uchraydi. Harakatlanmaydigan ba`zi bakteriyalarning sirtida xivchinlardan ham ingichka va kalta narsalar borligi elektron mikroskop yordamida aniqlandi. Ular pili (kipriklar, fimbrin, filament) deb ataladi. Ular bakteriyaning tanasida joylashadi, bir hujayrada 100 — 400 tagacha bo’ladi. Pilining uzunligi 0,3 — 1 mkm va eni 0,01 mkm gacha boradi. Pili harakatlanish organellalarga emas, bular mikroblarning substratlarga yopishish, ushlanishiga xizmat qiladi.
Miksobakteriyalarning harakatlanishi yuqorida aytib o’tilganday emas. Miksobakteriyalarda harakatlanish organlari yo’q. Ular o’z tanasidan zarb bilan shilliq moddalarni chiqarib, shuning kuchi bilan xarakatlanadi.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə