Очик дарс -mavzu


Bakteriya hujayrasining tuzilishi



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə3/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни

Bakteriya hujayrasining tuzilishi. Elektron mikroskop va ultramikrotom kashf qilinguncha, mikroblarning tuzilishini o’rganish qiyin bo’ldi.
Bakteriya hujayrasi qobiq, protollazma va o’zakli moddalardan iborat. Bulardan tashqari, ayrim bakteriyalarda doimiy bo’lmagan harakatlanish organlari — xivchinlar, noqulay sharoitda muayyan turining saqlab qolish vazifasini bajaradigan rilof ham bo’ladi.
Bakteriya hujayrasining qobig`i uchta yoki beshta qavatdan iborat bo’lib, zich va elastikdir. Bakteriyalar odatdagi shaklini saqlab turishi bilan doimo shaklini o’zgartiruvchi amebalardan farq qiladi, besh qavatli qobiqning tarkibida asosan aromatik, oltingugurtli va boshqa moddali aminokislotalar, oddiyroq tuzilgan uch qavatli grammusbat mikroblar hujayrasining qobiq tarkibida, quruq modda, 80% gacha glikopeptid murin bo’ladi. Glikopeptid murinning mayda teshikchalari etil spirtning ta`sirida torayadi. Natijada asosli bo’yoqlar (genitsianviolet, metilviolet) va hujayradagi moddalar bilan yod ishtirokida hosil bo’lgan kompleksning tashqariga chiqishiga to’sqinlik qiladi hamda yo’l bermaydi. Murin qobiqning mikrofibril ustunchalar (karkas) tarkibiga kirib, hujayra qobig`ining zichligi va mustahkamligiga sabab bo’ladi. Umumiy mikrob hujayrasining tarkibidagi quruq moddalarning beshdan biri mikrob hujayrasining qobig`ida joylashadi. Grammusbat mikroblar qobig`ining qalinligi 50 nm, grammanfiy mikroblar qobig`ining qalinligi esa 15 nm.
Bakterial qobig`i elektron mikroskopda ravshan ko’rinadi. Uch qavatli qobiq: tsitoplazmaga bevosita tutashgan tsitoplazmatik membrana, hujayra devori va tashqi shilimshiq qavatdan iborat. Ba`zi bakteriyalarning shilimshiq qavati juda ham rivojlangan bo’lib, bakteriyalarning g`ilofini tashkil qiladi.
Bakteriyalar tsitoplazmasi — yarimsuyuq va tiniq rangsiz modda. Hujayrasining asosiy qismi tsitoplazmatik membrana bilan o’ralgan. TSitoplazma kalloidlarning dispers aralashmasidir. Uning tarkibida suv, oqsil, uglevodlar, lipidlar, mineral va boshqa moddalar bor. Bakterial hujayrasi qarishi bilan tsitoplazmaning dispers holati o’zgarib, uning uyachalari mayda, hujayralari shira bilan to’lgan vakuolalarnn tashkil qiladi.
TSitoplazmaning zichligi yuqori bo’lib, tarkibida 10 — 20 nm hajmli mayda zarrachalar mavjud. Zarrachalar 60% RNK va 40% proteindan iborat ribonukleoproiteidlar va ribosoma nomini olgan.
TSitoplazmada moddalar almashinuvi yuz berib turadi, natijada uning ichki tuzilishi to’xtovsiz yangilanadi. Unda to’xtovsiz ximiyaviy reaktsiyalar yordamida oqsil, shakar, moy va boshqalar kabi murakkab moddalar hosil bo’ladi. Moddalar ba`zi vaqtlarda oddiy birikmalarga parchalanadi. Turli bakteriyalar tsitoplazmasining ximiyaviy tarkibi har xil. Bu esa bakteriyalarning bo’yoqlarga moyilligi turlichaligini ko’rsatadi.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə