Oila pedagogikasi fanidan mustaqil ishi mavzu: guruh rahbari sifatida biror oilaga tashrif buyurish va taasurotlarni bay


Gurux raxbarining tarbiyaviy ishlarini rejalashtirish



Yüklə 48,42 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2022
ölçüsü48,42 Kb.
#86740
1   2   3   4   5   6
mustqatil ish

Gurux raxbarining tarbiyaviy ishlarini rejalashtirish.

Guruh rahbari ishini rejalashtirishda o‘quv yurti umumiy ish rejasidan kelib chiqib aniq guruh rejasini tuzishda parallel guruhlarda ko‘riladigan chora-tadbirlarni hisobga olish juda muhimdir.

O‘quv yurtining tarbiyaviy ish rejasining o‘quv yilining boshida pedagogik jamoa majlisida tasdiqlanib olinadi. Har bir guruh rahbari o‘z guruhi tarbiyaviy ish rejasini o‘quv yurti tarbiyaviy ish rejasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni o‘z guruhida taaluqli bo‘lgan qismlarini kiritib reja tuzadi.

Talabalarni tarbiyaviy ishni o‘quv yurtining taxminiy tarbiyaviy ishlar mazmuniga muvofiq bir guruh yoki parallel guruhning rahbarlari majlisida talabani yoshiga, ruhiy, fiziologik xususiyatlariga mos keladigan tarbiyaviy chora-tadbirlar bajarilishi rejaga kiritilib, tasdiqlanib olinadi.

Buning uchun guruh rahbarining rejasi:

Birinchidan, o‘z mazmuniga ko‘ra g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy foydali yo‘nalishga qaratilgan bo‘lishi, ya’ni jamiyatning va boshqalarning foydasiga qaratilgan ishlarga aloxida e’tibor berish;

Ikkinchidan, tarbiyaning yo‘nalishini, talabalarga ta’sir etish vositalarini maqsadga muvofiq tanlash, ya’ni reja mo‘ljallanayotgan ishlar nimaga va kimga qaratilganligini aniqlash;

Uchinchidan, rejadagi ishlar aniq - umumiy maqsadga bo‘ysuntirilgan, bajaruvchilari, vaqti, ish shakli ko‘rsatilgan bo‘lishi;

To‘rtinchidan, rejadagi ishlar talabalar kuchiga va yoshiga mos kelishi;

Beshinchidan, talabalar qiziqishiga asoslanishi va extiyojlaridan kelib chiqishi;

Oltinchidan, mo‘ljaldagi ishlarni bajarishda butun jamoaning va yakka shaxslarning ishtirokini xisobga olish;

Ettinchidan, bajarilishi lozim bo‘lgan barcha ishlar oldindan xammaga ma’lum qilinishi kabi talablarga javob berishi lozim.

Tajribada guruh rahbarining ich xil rejasi o‘zini oqladi, bular istiqbolli rejalar (uzoq muddatli mo‘ljallab tuziladi va u ayni paytda guruh, undagi xar bir shaxsni tarbiyalashning umumiy dasturi xam bo‘lib xizmat qiladi), taqvim reja(odatda bir oy uchun tuzilib, shu oyning xar bir kuni uchun mo‘ljallanadigan aniq ishlarni o‘zida aks ettiradi), aloxida tarbiyaviy tadbir uchun tuziladigan reja konspekt (ba’zan u tarbiyaviy tadbirning ssenariysi deb xam yuritiladi).

Reja qanday bo‘lishdan qat’iy nazar tarbiyaviy faoliyat mazmunini, guruh talabalari jamoasining rivojlanish istiqbolini aks ettirish kerak.

Eng yaxshi guruh rahbarlarning ilg‘or tajribasi asosida o‘zida quyidagi bo‘limlarni aks ettiruvchi taxminiy reja chizmasini tavsiya qilamiz:

1. Guruh rahbarining guruh bilan olib boradigan ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘limi. Bu bo‘lim: «Guruhni tashkil etish», «G‘oyaviy axloqiy tabiya», «Mexnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo‘llash», «Oila va jamoatchilik bilan xamkorlik» kabi moslamalarni o‘z ichiga oladi.

Endi shu masalalarning xar birining mazmunini ko‘rib chiqaylik. Guruhni tashkil etish-bunda talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rgonlari ishiga pedagogik rahbarlikning ta’minlanishi ko‘zda tutiladi. SHu maqsadda guruh majlislarining kun tartibi, ularni tayyorlash va o‘tkazish ishlari, faollar bilan ishlash ko‘zda tutiladi. SHu maqsadda guruh majlislarining kun tartibi, ularni tayyorlash va o‘tkazish ishlari, faollar bilan ishlash ko‘zda tutiladi.

Mexnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo‘llashda talabalar uchun o‘qish va o‘quv ishini oqilona tashkil etish, shuningdek o‘ziga-o‘zi xizmat, ijtimoiy foydali mexnat, texnik ixtirochilik, kasb tanlash ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar ko‘rsatiladi.

Kechalar, ertaliklar, kitobxonlar anjumani, suxbatlar o‘tkazish, ko‘rilgan kinofilm va spektaklni muxokama qilish, xavaskorlar to‘garagi qo‘shiq va badiiy o‘qish tanlovi, rasmlar ko‘rigi, muzey va ko‘rgazmalarga borish, «Talabalar va yoshlar musiqasi» xaftaligi, kino, teatrlarga borish—bularning xammasi estetik tarbiya masalasining mazmunini tashkil etadi.

2. Pedagogik jamoa bilan aloqa bo‘limida guruhda dars berayotgan o‘qituvchilarni guruh tarbiyaviy ishlariga jalb qilish yo‘llari talabalar uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar, fan va ijodiy to‘garaklar, munozaralar, ilmiy anjumanlar, qiziqarli uchrashuvlar, fan xaftaliklari bilan bog‘liq ishlar yoritiladi.

Guruh rahbari o‘z talabalari bilan o‘tkaziladigan har bir tadbiri uchun aloxida reja tuzish xam tavsiya etiladi. Qat’iy dastur va darsliklari bo‘lgan har bir minutlik dars o‘zining barcha bo‘limlari va minutlarigacha xisobga olinib dasturlashtiriladi-yu, lekin negadir tarbiyaviy ishlar tajribasida ma’lum mavzudagi tarbiyaviy soat, baxslar, majlis, siyosiy axborot kabilar ko‘pincha xech qanday dastursiz, rejasiz o‘tkaziladi va bunday xolllarni har qadamda ichratishimiz mumkin. Aslida esa tarbiyaviy tadbirning rejasini ishlab chiqish dars rejasidan xam ko‘ra murakkabroqdir. Bu xildagi reja uchun qo‘yiladigan talablar oldindan betafsil aniqlanib, uning reja uchun qo‘yiladigan talablar oldindan batafsil aniqlanib, uning mazmuni o‘ylab chiqilsagina samarador tarbiyaviy tomoni yuqori bo‘ladi.

Bu reja va konspektda quyidagi bo‘limlar bo‘lishi va har bir bo‘limlar yuzasidan tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.

Shuningdek, geografiyaning mazmunini uning majmualigi, xududiyligi, bir butunligi bilan bog‘liqligi xam mafkurani shakllanishi va takomillashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Geografik mavzular mazmunini qiyoslash, taqqoslash va aniq taxlil qilish xam mafkuradagi farqlarni to‘g‘ri anglashga yordam beradi, uni takomillashtiradi. Geografiyadagi geografik o‘rin, tabiiy sharoit, mavzularida ma’lumotlarni aniq yoritish ishonch xissini uyg‘otadi.

Guruh o‘z navbatida umuta’lim muassasasi musobaqasiga qo‘shilishi mumkin. Bu ancha ma’suliyatli ish. Uning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan faollarning uyushqoqligi, tashabbuskorligi va mustaqilligiga bog‘liq bo‘ladi.

O’quvchilar jamoasi – sinf rahbarining tayanchi. O’quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o’quvchilarning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ularni bir-biriga ko’rsatadigan o’rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga, ularni xulq madaniyatini, odatini, ko’nikmasini hosil qiladi. Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni o’rgatishi lozim.

Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda to’la qimmatli tarbiya yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog’liq bo’lib, bu talablar o’z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy ahloq va e’tiqodni shakll antirishga, ularni vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.

XULOSA


Talabalarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo‘lib ular quydagilardir:

-oilada sog‘lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, o‘zaro g‘amxo‘r bo’lishni ta’minlash;

-oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o‘z huquq va burchlarini anglab etishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;

-farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo‘lib etishishlarini ta’minlash;

-bozor munosabatlariga mos bo‘lgan kasb-hunar o‘rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;

-shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;

-shaxslarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

-shaxslarning bo‘sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ta’lim berish;

-farzandlarida mavjud bo‘lgan iste’dod ko‘rtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

-o‘z farzandlarining o‘quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to‘la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo‘lish;

-ota-onalar o‘zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;

- shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;

- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo‘nalishlarini uyg‘un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;

- sanitariya-gigienik, ekologik ko‘nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;




Yüklə 48,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə