Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə15/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oilaning rekreativ funktsiyasi
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o’z a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash, shuningdek bolalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko’rsatish kabilardan iborat bo’lib kelgan.
Bu holat o’z navbatida oilaning asosiy funktsiyalaridan yana birini, uning rekreativ funktsiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ - o’zaro jismo niy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkashash, oila a’zolari dam olishini tashkil etish funktsiyasidir. Bu funktsiya keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila a’zolari salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining dam olishini tashkil etish, oila a’zolarining bevosita mehnat, o’qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, ya’ni bo’sh vaqtlarni birgalikda o’tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning o’zaro munosabat-lari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillardan hisoblanadi. Bo’sh vaqt jamiyatning nihoyatda muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bo’sh vaqtini muntazam ravishda qanday o’tkazishiga qarab har bir odamning etuklik darajasiga, ma’naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu borada erishilganyutuqlarimizdan biri shuki - dam olish va sog’lom-lashtirish ishlariga davlat miqyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin ko’pchilik turli sabablar bilan (ularning o’zlari ko’proq moddiy sababni ko’rsatisha-di) madaniy dam olishga e’tibor bermay qo’yganligini ham aytib o’tish lozim. Hozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda.
Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ funktsiyasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o’z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta’minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko’rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bo’lsada qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o’z sog’liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning o’z a’zolarining axloqiy-psixologik ximoyalanganligini ta’minlashdagi roli tobora ortib bormoqda.Chunki odam faqat o’z oilasidagina va faqat o’z yaqinlari qurshovidagina o’zini tom ma’noda xotirjam, erkin his qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning o’rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə