Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə16/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oilaning felitsitologik funktsiyasi
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funktsiyalaridan biri uning felitsitologik funktsiyasidir (italyancha «felitsite» - baxt). Shaxsiy baxtga erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko’p jihatdan hal qiluvchi bo’lib bormoqda. Baxt nima o’zi? Hozirgi zamon oilasi o’z a’zolarining baxtini ta’minlashda qanday rol o’ynaydi? Baxtga intilish har bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila qurishga undaydi. Inson o’ziga ato etilgan baxtning to’rtdan uch qismini oiladan, choraktaga etar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini to’liq tushunishi ularning o’zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o’zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro’yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o’zini baxtli his qilish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Lekin ba’zan nopok yo’llar bilan pul topish orqali baxtli bo’lishga intilish yoki o’zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarining (ayniqsa er-xotinning) shaxsiy baxtga o’z-o’zicha intilishi oilalarda noxush holatlar (xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har bir shaxs o’zida ko’proq vijdonlilik, poklik, halollik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berishi lozim.
Oilaning regulyativ funktsiyasi
Oilaning regulyativ funktsiyasi oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro’ni amalga oshirishni o’z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo’llab-quvvatlash nazarda tutiladi. O’tgan zamonlarda oilaning boshqarish funktsiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab ham qo’yilgan. Unga ko’ra oilada kim oila boshlig’i bo’lishi, uning obro’si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shu a’zosi (asosan ota) butun umri davomida o’z farzandlari va oila a’zolari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo’lgan. Ota-onasiga bo’ysunmaganlarni jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Hozirgi zamon egalitar oilalarida esa oilaning boshqaruv funktsiyasi asosan axloqiy me’yorlar, oila a’zolarining shaxsiy obro’si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan bo’lgan munosabatlaridagi obro’si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko’ra ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a’zolarining qiziqish va im-koniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilsa,ba’zi oilalarda (er-xotinning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning har tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko’chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiladi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi o’g’il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning ko’payib borishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv funktsiyasi oila a’zolarining xulqi, mas’uliyati, majburiyati kabilarni ham boshqarishni, nazorat qilishni o’z ichiga oladi. Odam oila qurganidan so’ng albatta uning ijtimoiy mavqei o’zgaradi. Endi u «uylanmagan yigit», «turmushga chiqmagan qiz» emas, balki «oilali» odamdir. Shunga ko’ra u o’zining xatti-harakatlari, xulqini ham oilali odamga xos tarzda qaytadan ko’rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning mas’uliyati ortadi. Erning xotinning xulqi ham endi o’ziga xos boshqariladi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə