Оила психологияси


Isrofgar xotin va uning eri



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə18/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Isrofgar xotin va uning eri

Bir vaqtlar qishloqda yashaydigan er-xotin bo‘lgan ekan. Er juda xushfe’l, vazmin, sabr-qanoatli zot ekanlar. Ammo xo- tini yaxshi tarbiya olmagan, er qadrini bilmagan, uy-ro‘zg‘or ishidan bexabar, isrofgar, xojasini qon qustirgan badbaxt ayol ekan.
Ko‘p vaqtlar o‘tgach ul odam xotinidan xafa bo‘la boshlab- di. Chunki u nasihat qilsa, quloq solmas emish. Yaxshi gapirsa, tushunmasmish. Qo‘pol gapirishga esa erning odobi yo‘l qo‘ymas ekan. Er yana nasihat qilarmish:

  • Xonim, tejamli, tutumli ro‘zg‘or yuritgin. Men ko‘p charchadim , avvalgi kuch-quvvatim qolmadi.

Bir kuni ul odam uyda qolibdi. Havo sovuq bo‘lganidan o‘sha kuni ishga bormabdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, kecha olib kelgan o‘tinlarini xotini quchoq-quchoq o‘choqqa solib yoqardi.

  • Ey, xonim! Sen nima qilyapsan, o‘zi? Shuncha ham o‘tin yoqiladimi? Sal ayab yoqqin o‘tinlarni, — dedi u odam tutoqib.

  • Nima qilay, bundan ham kam o‘tin yoqsam, uy isimay- di, — javob berdi xotini.

Oradan vaqtlar o‘tib, ul odam xastalanib qoldi. Tog‘dan o‘tin kesib keltirish xotinning o‘ziga qoldi. Xotin borib, o‘tin kesib, orqalab keldi. Eri turib, o‘choqqa bir quchoq o‘tin soldi. Buni ko‘rgan xotini:

  • Sizqandayodamsiz, nimaqilyapsiz, otinnikesiborqa­labkeldim, yelkamyaraboldi. Ayab yoqing, mening holimga tushuning, — dedi.

  • Yaxshi xonim, xo‘p bo‘ladi. Sen xafa bo‘lma. Bir tutam o‘tinni bekorga yoqmayman, sen aytgancha bo‘la qolsin, — xotinini tinchitdi u.

Ul odam oxiri tushundiki, ota-bobolarimiz: «Ming nasihat- dan bir mashaqqat, musibat yaxshi», «Odamga ming o‘gitbergandan, qiyinchilik tezroq aql kirgizadi», «Nasihat bilan tuzalmaganning haqqi azobdir», deb juda to‘g‘ri aytgan ekan- lar.

  1. Boylikmi, oqila xonimmi?

Bir vaqtlar Bag‘dodda yuz bergan kuchli yong‘inda boy- ning hamma boyligi kuyib kul bo‘ldi. Butun mol-dunyosining bir zumda yo‘q bo‘lganiga chidamagan odam Bag‘dod ko‘chalarida faryod-u fig‘on chekib yig‘ladi. U odam ham yig‘lardi, ham uyiga qarardi. Bu falokatni ko‘rib, uning qarshisidan bir oqil odam chiqib debdi:

  • Ey do‘stim, bu kap-katta odamga yig‘lash nimasi?

Uyi yongan odam:

  • Men yig‘lamay kim yig‘lasin?.. Bir zumda hamma mol-u mulkim kul bo‘ldi-ketdi! Bir lahzada faqir va qashshoq bo‘ldim, — dedi.

Ko‘pni ko‘rgan-kechirgan oqil odam:

  • Yaxshi, uydagi umr yo‘ldoshing qanday? Aqllimi, eri­ning dardi, erining kayfiyatini, erining qadrini biladimi? — deb so‘radi.

Uyi yongan kishi bir zumda o‘ylanib qoldi va:

  • Ha, bu jihatdan baxtiyorman. Ollohga shukur, farosatli, soliha xonimim bor, — dedi.

Ko‘rgan-kechirgan kishining xotini afsuski, ko‘ngildagidek emas, bu jihatdan baxtsiz edi. U uyi kuygan odamga bunday debdi:

  • U holda nega yig‘laysan, ey nodon?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘zyoshi to‘kadimi? Men shunday bir xotinga uy- langanmanki, aqli kalta, er qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmaysan. Sen aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangin, o‘shanda bilasan falokat nimaligi­ni! Do‘konlaring yonibdi, nima bo‘libdi? Sen sog‘ bo‘lsang, hammasini topasan. Yoningda ko‘nglingdagidek xotining senga madadkor bo‘lib, ma’naviy quvvat berib turganidan keyin tezda o‘zingni o‘nglab olasan.


Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə