Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə21/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Psixologik etuklik, shaxs xulqini turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik etuklik shaxsning boshqa odamlarga nisbatan bo’lgan ijobiy munosabatlari: hamdardlik, hamfikrlik, g’am-tashvishga sherik bo’la olish, o’zaro yordam kabilar tarzida namoyon bo’la oladigan ma’naviy sifatlarning tarkibiy jihatlarini o’zida biriktiradi. Psixologik etuklikning muhim mezonlaridan biri shaxsda oilaviy muammolarni adolatli hal etishga xizmat qiluvchi o’z mustaqil fikri, qarashi, pozitsiyasi bo’lishi, zarur bo’lganda oila manfaatida o’z qarashlarini ota-onalari oldida himoya qila olishidir.
Nikoh oldi omillari orasida eng xarakterlilaridan yana biri oila qurayotgan yoshlarning yosh xususiyatlaridir. Chunki bu ko’rsatkichlar ham nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida shular haqida to’xtalib o’tamiz.
2. Nikoh yoshi xususiyatlari.
Demografik nuqtayi nazardan olinganda, oila qurish ma’lum bir kishilarning emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o’rinda to’liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo’lsa (uning yoshi qanchalik yuqori bo’lsa), u biz ko’rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo’yicha ko’proq etuk bo’ladi. 20—24 yoshdagi yosh guruhini o’ziga birlashtirgan yosh guruhi, 20 yoshdan kichik bo’lgan avlodga qaraganda ko’proq hayotiy tajribaga ega bo’ladi. Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy etuklik darajasi yuqoriroq bo’ladi, chunki aynan shu yoshda ko’pchilik yoshlar o’rta yoki oliy o’quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb-hunarni egallagan bo’ladilar. 25—29 yoshlarda esa 20—24 yoshdagilarga qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar etukligi bo’yicha yanada yuqoriroq darajaga ega bo’ladilar. Hozirgi zamon demografiyasida keng foydalaniladigan Ushbu ko’rsatib o’tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlarning ijtimoiy etukligining turli jihatlarini ijtimoiy psixologik tahlil qilish uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi, voyaga etishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko’ra bir demografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning etukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29 yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar etukligi nihoyasiga etadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo’lgan va xatto farzandli bo’lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagi yoshlar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko’ra ham va boshqa asosiy komponentlarga ko’ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi. O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak vaayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18 yosh ko’rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko’ra alohida istisnoliholatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirishmumkin. Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga bog’liq ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) 21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo’lgan davr orasiga to’g’ri keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb, yoki ulardan bir necha yosh kichik deb belgilanadi. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, yoshlarni voyaga etish masalasi, ularning nikohga etukligi ko’rsatkichlari ayrim hollarda bir-biriga qarama-qarshi va noturg’undir. Odamning ahloqiy va ma’naviy qiyofasi, uning shaxsiy ta’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o’zgarishi mumkin. Hozirgi davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig’ish g’oyat yuqori jadallikda amalga oshib bormoqda. Shunga ko’ra 16 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan davrni oila qurish uchun garmonik davr deb hisoblash qiyin. Chunki bu davrda yoshlarning o’ziga bevosita bog’liq bo’lmagan ko’plab ob’ektiv sharoitlarni, qarama-qarshi holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy etilish 14—16 yoshlarda, huquqiy etuklik — 18 yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy etuklik ko’p hollarda 28—30 yoshlarga kelib yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqimanda bo’lmaslik darajadasida iqtisodiy mustaqillikka erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan vaqt oralig’ida amalga oshadi. Ko’pincha katta avlod vakillari, yoshlarni etuk emaslikda, hayotga tayyor emaslikda ayblaydilar, lekin ayni paytda bunday etilmaslikning ob’ektiv sabablari va shart-sharoitlari e’tibordan chetda qoladi. Yoshlarni ijtimoiy va iqtisodiy hayotga to’liq kirishib ketishlari uchun ularga keng ko’lamdagi raqobat bardosh bilimlarni, kasb-hunar ko’nikmalarini berish zarur bo’ladi. Yoshlar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar hajmi har o’n yilda ikki martaga ortib bormoqda. Ijtimoiy, ma’naviy ishlab chiqarish va ilmiy texnik tajribani kelgusi avlodga uzatish jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga to’la iqtisodiy tayyorlash uchun kamida 12—15 yil o’qishini taqozo qiladi. Ba’zida bu muddat kamlik qilib, u 18—20 yilgacha uzayishi mumkin (o’rta maktab Q kollej ( litsey) Q oliy o’quv yurti Q aspirantura). Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy va texnik taraqqiyot jarayonlarining kechishi yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va kasbhunar, texnik etukligining kechikib ketishiga olib kelmoqda. Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy etilishi bosqichlari va fazalarida ob’ektiv qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy haqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir. Quyida shunday qarama-qarshiliklarning biri haqida to’xtalib o’tamiz. Buning uchun bundan 70—100 yillar oldingi davrdagi vaziyatlarni bugungi kunlarimiz bilan solishtirib ko’ramiz. U vaqtlarda mamlakatimiz aholisining 80—85% ini qishloq aholisi tashkil qilgan va butun aholining deyarli shuncha qismi dehqonchilik, chorvachilik, kosiblik va boshqa hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lgan. U vaqtlarda dehqon, chorvador, kosib-hunarmand yigit 16—17 yoshida jinsiy balog’atga etgan va bu vaqtga kelib u unchalik murakkab bo’lmagan dehqonchilik yoki chorvachilik malakalarining deyarli barchasini egallab ulgurgan va bu sohada mustaqil faoliyat olib borishga tayyor bo’lgan. Agar u 18—22 yoshida uylansa, oila qursa, unda uning jinsiy balog’atga yetishi, mehnatga tayyorligi va oilaviy hayotni boshlash omillari o’rtasida unchalik katta farq bo’lmagan. Bugungi kunlarimizda esa biz mutlaqo boshqacha vaziyatni kuzatamiz. Akseleratsiya jarayoni va boshqa omillar tufayli bolalarda jinsiy balog’atga yetish, ularning bundan 70—100 yil oldingi tengdoshlariga qaraganda 2 yillarga erta ro’y bermoqda. Shu bilan bir vaqtda maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash va iqtisodiy mustaqillikka erishish kamida 22—25 yoshga va undan keyinga surilib ketyapti. Yoshlarning jinsiy balog’atga etishishi va ularning to’la iqtisodiy mustaqillikka erishish vaqti o’rtasida kamida 5 yildan 10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qolmoqda. Bu holat, oldingi avlodlarda kuzatilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga bog’liq ravishda ro’y berishi mumkin bo’lgan noxushliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Keltirib o’tilgan ushbu nikoh oldi omillari bilan bir qatorda nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan yana biri — oilaning yuzaga kelishiga asos bo’lgan nikoh qurish motivlari va ularning o’ziga xos xususiyatlaridir. Quyidagi mulohazalar ana shu xususda boradi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə