Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə29/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

2-savol bayoni.


Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini o’rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funktsional xususiyatlari. Bu bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Bunday yondoshuv XX asr o’rtalariga xos bo’lib, u tufayli olim oilani tushunish borasida nafaqat yangi yo’nalishga asos soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham o’rganishni boshlab berdi.
Oila energetikasi tushunchasi o’z ichiga ko’plab jabhalarni xususan, oilaning tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi omillar, ekologik shart-sharoitlardan boshlab, tiriklikning mezonlari bo’lmish ovqatlanish hamda har bir oila a’zosining xatti-harakatlarining namoyon bo’lishigacha qamrab oldi. Oilaviy hayotning psixologik energetikasini tavsiflash uchun Satir “oilaning emotsional qozoni” tushunchasini ishlatadi, ya’ni, oila a’zolarining kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u go’yoki “bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashida namoyon bo’ladigan hissiyotlar ko’zgusiday” tasavvur etadi. Bu “qozonda”gi his-kechinmalar hayotning muayyan davrlarida o’ta jo’shqin va boy bo’lsa, boshqa bir davrda mazmunan tor yoki tarang ham bo’lishi mumkin. Oila a’zolarining bir birlariga mehr-muhabbati, yaqinligi, hamkorligi ma’lum davrlarda kuchli ijobiy bo’lsa, boshqa davrda kimnidir kimdandir tobeligi bois yoki kimningdir qattiqqo’lligi bois torroq, mazmunsizroq bo’lishi ham ko’zatiladi.
Oilaviy munosabatlar tizimiSatir ta’rifida oila a’zolarining muayyan rollar doirasida u yoki bu holatlarda o’zligini namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu har bir oilaga xos bo’lgan o’zaro munosabatlar “xaritasi”dir. Masalan, biror oilaga yordam bermoqchi bo’lgan terapevtga ayni shu xarita kerak, chunki u real a’zolarning real o’zaro munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu xaritaga ayni shu oila a’zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta’siri ham kiradi. Masalan, agar erkak kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo’lib, xotini va farzandlari bilan yashagan taqdirda ham uning xotiniga bo’lgan real munosabatlariga boshqa uyda yashaydigan onasining ta’siri bo’lsa, demak, oilaviy munosabatlar xaritasida qaynonaning ta’siri ham albatta nazarda tutilishi shart. Yoki birinchi nikohidan ajralgan ayol sobiq erining farzandi bilan birga yashayotganligi bois, hamisha uni eslab turishi, bolasining istagiga ko’ra, sobiq eri bilan ko’rishib turishi, hattoki, moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo’lishi mumkin. Bu, tabiiy, ayni paytda real oilaviy munosabatlarga ta’sir etmay qolmaydi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə