Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə37/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

3-savol bayoni.
Psixologik manbalarda sevgiga asoslangan munosabatlarning bir qator turlari va tipologiyasi keltirilgan.Sevgi-muhabbat tuyg’ularini D.A. Li bir necha turlarga bo’ladi:
1. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo’lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat obektiga jismoniy ega bo’lish. Bunda jinsiy intilish etakchilik qiladi.
2. LYuDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur bo’lmagan muhabbat o’yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obekti oson almashishi mumkin bo’lgan turi.
3. STORGE — tashqi ko’rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat — do’stlik turi.
4. PRAGMA (LQS) — lyudus va storgelardan iborat doimo ong nazoratida bo’lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini ko’zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.
5. MANIYa (EQL) — eros va lyudusdan iborat bo’lib, sevgan kishi sevgi obektidan tobeligi bilan xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi sevgan shaxsda o’ziga ishonch hislari etarli bo’lmaydi.
6. AGAPE (EQS) — eros va storgelar yig’indisidan iborat kuchli ifodalanadigan sevgan kishi muhabbat obektiga hamma narsasini va hatto o’zini ham bag’ishlashga tayyor bo’lgan hislar turi va hokazo. Kuzatishlarga ko’ra erkaklarning sevgi muhabbat hislarida ko’proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
Shu kabi sevgini tipologiyalarga ajratishga uringan olimlar soni ko’p (masalan, Maslou, Gozman, Shostrom va boshqalar), lekin barchasida ham aql-idrokka, hayotiy mo’ljallar xususiyatlariga, o’zaro hamkorlikka, tayyorlikka tayangan sevgi ancha baquvvat va umriboqiydir.






Er bilan xotin o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning o’ziga xosligi shundaki, u:

uzoq muddatga mo’ljallangan doimiy muloqot sirasiga kiradi;
bu munosabatlarning aksariyati diada shaklida ro’y beradi;
muomala va muloqotdan qoniqish bevosita nikohdan qoniqish uchun omil hisoblanadi.
Rus olimi A.I. Antonovning ta’kidlashicha, eng mustahkam nikohga sabab bo’lgan munosabatlarda ikkala tomon ham shaxs sifatida tobora takomillashib, sayqal topib, ularda o’zaro mehrga, bir-biriga yordam berishga ishtiyoq ortib boraveradi. Ko’plab o’tkazilgan tadqiqotlar bo’yicha olimlarning ta’kidlashlaricha, er-xotinlik aloqalari etuk inson uchun eng ahamiyatli va hayotiy zarur bo’lgan munosabatlardir.
Olimlarni qiziqtirgan muhim masala – mustahkam, baxtli nikohni tashkil etuvchi vosita nima ekanligini aniqlashdir. Shunisi xarakterliki, har bir inson o’z oldiga oila qurish, nikohga kirishni maqsad qilib qo’yar ekan, u avvalo, oila va nikoh borasida xalq orasida shakllangan tasavvurlarga tayanadi. Nikohga kirgan juftlik doimo nikoh tushunchasiga aloqador bo’lgan qat’iy doiralar va normalar dunyosida yashaydi, lekin har bir juftlikning hayoti o’zlarigagina aloqador bo’lgan o’ziga xos xufiyona, sirli olamdir. Zero, ikki individuallikning birlashuviga sabab bo’lgan his-tuyg’ular bir qarashda o’sha “xufiyonalik” sababli zarar ko’rayotganga o’hshaydi, ba’zan er va xotin bir-biriga nafaqat xarakter nuqtai nazaridan, balki tashqi ko’rinish bo’yicha ham o’xshab ketadi, deyishadi. Ikkinchidan, ayni shu birlik, o’xshashlik, “kirib ketishlik” erni ham ayolni ham jamiyatda o’ziga xos bir avtonomiyaga, jozibadorlikka erishib borayotganligining namoyon bo’lishiga turtki bo’ladi. Shu bois bo’lsa kerak, ijobiy hislar tufayli tashkil bo’lgan oilada sevish-sevilishning nafrat-agressiyaga almashinib ketishi ham oson kechadi. Arzimagan narsalar ham ba’zan ikkalasini urishtir qo’yishi mumkin. Bunday polyar, bir-biriga zid hissiyotlarning namoyon bo’lishi ayrim davrlarda unisi yoki bunisining kuchayib ketishiga ham sabab bo’ladi. Masalan, ayol farzand ko’rgan vaqtida, ko’proq chaqaloq bilan ovora bo’lib, eriga befarq qoladi, o’z navbatida unda ham ayoliga nisbatan befarqlik (hattoki, rashk, nafrat) hissi uyg’onishi, aksincha, muayan davrlarda esa ikkalasi Layli-Majnun bo’lishib, faqat bir-birining ishqida yonib yashashi ham kuzatilgan.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə