Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə33/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Muammoli oilalar deb, Minuxin oila ichidagi mavjud tuzilmalar o’rtasidagi munosabatlarning buzilishini tushunadi. Masalan, “pa-de-de” tipidagi oila (frantsuzcha pas de deux – ikki kishi raqsi ma’nosini bildiradi) odatda faqat ikki kishidan iborat bo’lib, bunday oilada farzand bo’lmaydi. Yoki farzandlari allaqachon “uchirma” qilingan bo’lib, ota-ona xonadonini tark etgan bo’ladi. Bu kabi oilalardagi o’zaro munosabatlar anchagina tarang bo’lib, aksariyat holatlarda bunday kechinmalar vaqtincha xarakterga egadir. Unda naslni davom ettirish, bola tarbiyasi kabi muammolarning mavjudligi er-xotin munosabatlariga rahna soladi.
Ko’p farzandli oila (“choriq” tipli oila) munosabatlar tizimi serqirra bo’lgan oiladir, unda ba’zan, farzandlarning to’ng’ichi ota-onalarday yuqori pog’onaga ham ko’tarilib qoladi. Bunday oiladagi munosabatlarning yaxshi bo’lishi uchun ota-ona har bir oila a’zosining vazifalari va oiladagi maqomlarini aniq tasavvur qilib, bo’lib berishi, to’ng’ich bola bilan kichiklar o’rtasidagi muomala qoidalarini bolalikdan bir maromda yo’lga qo’yilgan bo’lishi talab etiladi. Bu erda ota-ona tuzilmasi, ya’ni, ota-onaning mavqei, obro’si kuchli va etakchi bo’lishi shart.
Distant oila yoki “akkordeon” tipidagi oilada a’zolardan kimdir, bu ko’p hollarda ota – u yoki bu sababga ko’ra oila a’zolari bilan kam ko’rishadi (uzoq muddatli safardagi dengizchi, harbiy xizmatchi, geolog, neft qazuvchi kabi). Ota bunday holatlarda o’zaro muomala jarayonlarida yo jismonan mavjud shaxs sifatida yoki ramziy tarzdagi ota sifatida ishtirok etadi. Oilada er-xotinlik aloqalari ham, ota va bola munosabatlari ham bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ham aziyat chekib turadi. Gohida oilada go’yoki yashirin qolipda ajrim turganday bo’ladi. Lekin ayni shu holat ko’pincha distant oilaning ajrim bo’lgan oiladan afzal ekanligini ko’rsatadi.
Beqaror oila tarkiban ham, turar-joy, yashash joyi masalasida ham o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan, ayrim ayollar birinchi nikohidan ajralganidan so’ng tez-tez erkaklarni almashtiradi, toki ko’ngliga ma’qul bo’lgan insonni topmagunicha turlicha munosabatlar tizimida bo’ladi. Bu farzandlar tomonidan yaxshi qabul qilinmaydi, ona bilan bolalar munosabatlari hamisha taran turadi. Shunga o’xshash holatlar tez-tez turar joyini almashtirishga moyil oilaga ham xosdir. Munosabatlar tarangligi nafaqat shu oilaning ichida, balki yangi turar joyga kelib yangi tengdosh o’rtoqlar va sinfdoshlar orttiradigan bolalarga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi tabiiydir

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə