Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə2/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISh






MUNDARIJA

Kirish....................................................................................................4-5 bet


Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi )...................................................6-111 bet
Amaliy va seminar mashg’ulotlari ishlanmalari......................................112-156 bet
Glossariy.............................................................................................. 157-160 bet
Ilovalar:
Fan dasturi............................................................................................
Ishchi fan dasturi........................................................................................162-174 bet
Qo’shimcha didaktikmateriallar ............................................................175-185 bet
Test savollari.................................................................... .................. 186-201 bet

KIRISh


Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Buyuk o‘zbek xalqi qadim-qadimdan farzand, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelgan. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati esa qadimdan ota-bobolarimiz tomonlaridan shakllanib kelgan asl milliy va diniy qadriyatlarimizni bugungi kundagi ahamiyati nechog‘lik muhim ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Zero, hayotimizni mukammal ahloq tamoyillari asosida barpo qilish va albatta, ta’lim-tarbiya berib kelayotgan ertamiz ishonchi bo‘lmish yosh avlodlarimizga bog‘liqdir. Zotan mustaqil davlatimiz istiqboli uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarurdir.


Ota-bobolarimiz ta’lim-tarbiyaning asosini oiladan boshlaganlar. Oila tarbiya maskanidir. Oilada barkamol farzand tarbiyasi uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma’nan yetuk, aqlan va axloqan go‘zal bo‘lib yetishi bilan belgilanadi.
Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog’laydi, ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli bahtiyor his etadi.
Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi oilalarga birlashib yashaydi, qolgan uch foizi – ya’ni, yolg’iz qolgan keksalar, ota-onadan etim bo’lib qolgan va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik O’zbekistonda istiqomat qilayotganlar ham oila a’zolari, yaqinlari, yurtdoshlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan darig’ emas. Shu ma’noda oila – inson o’z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsad-muddaolarini mushtarak qilgan, o’zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan muqaddas makondir.
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko’rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o’zbek xalqining og’zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’ladigan odob-axloq qoidalari, me’yorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo’lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o’zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo’llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar ko’rinishida bayon etilgan.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg’or vakillari diqqat-e’tiborida bo’lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning kamolotida uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi.
Davlatimiz tomonidan hozirgi davrda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratayotganligi bejiz emas, albatta "Oilaga e’tiborimizni tubdan o’zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, e’zozlash, qo’llab-quvvatlash bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor".
Jumladan, 1994 yil butun dunyo jamoatchiligi va xalqaro YuNESKO tashkiloti tomonidan "Xalqaro oila yili" deb e’lon qilinishi, 1998 yil Respublikamizda "Oila yili" deb belgilanishi va bularning uzviy davomi sifatida 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog’lom avlod yili", 2001 yil "Onalar va bolalar yili", 2002 yil "Qariyalarni qadrlash yili", 2003 yil "Obod mahalla yili" va 2004 yil "Mehr va muruvvat" yili deb nomlanishi buning yorqin dalilidir. 2011 yil 8 dekabr kunida ham bejiz kirib kelayotgan 2012 yilni “Mustahkam oila” yili deb e’lon qilinmadi. Bu esa har bir pedagog-tarbiyachini o’sib kelayotgan yosh avlodning onigida mustahkam oila haqida tushuncha hosil qilishi, uning pedagogik-psixologik, ma’naviy-ahloqiy jihatlarini tushuntirishi, ularda oila muqaddasligi tushunchasini shakllantirishi zarur.
Ana shunday xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarning kun tartibida turishi oila hayoti, undagi shaxslararo munosabatlar mustahkamligi va uning farovonligi kabi masalalar ijtimoiy psixologiyaning asosiy kategoriyasi va shaxslararo munosabatning asosi sifatida nihoyatda dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi.
"Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog’lom va mustahkam bo’lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi". Ko’rinib turibdiki, oilaviy hayot masalalari hozirgi davr fani tadqiqot yo’nalishining ustuvor sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Respublikamizda "Oila" ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi hamda hukumat tomonidan "Oila kodeksi" (1998) qabul qilinishi bugungi kunda oilalarning mustahkam va barqarorligini saqlash uchun qilinayotgan muhim amaliy ishlardan hisoblanadi.
Afsuski, oila-nikoh munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib borayotganligi dunyoning deyarli ko’pchilik mamlakatlarida: Amerika Qo’shma shtatlari, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Boltiq bo’yi davlatlari, Rossiya va boshqa qator davlatlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda o’zbek oilalari hayotida oila-nikoh munosabatlarining zaiflashuvi va uning buzilishlari yuqorida qayd etilgan davlatlardagiga qaraganda ancha kam bo’lsa-da, afsuski ajralishning asoratlari oila a’zolari va qarindosh-urug’lar o’rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilalarning buzilishi va uning oqibatida yuzaga keladigan turli xildagi asoratlar ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya fanlarining tadqiqot predmeti sifatida keng o’rganishni taqozo etadi.
O’zbekiston psixologlari tomonidan o’zbek oilalariga xos muammolarni o’rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o’zbek oilalaridagi milliy o’ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har tomonlama o’rganilib tahlil qilingan .
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar tarbiyasi butun millat oldidagi ulkan mas’uliyatli vazifa ekanligini ta’kidlab: “Agar farzandimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas. Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!”, deya takidlaydilar.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə