Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə9/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

3-savolning bayoni. Ma’lumki, islom dinining muqaddas manbalaridan bo’lmish Qur’on va Hadislarda ham odob-axloq, ayollarning
Turmushdagi o’rni va vazifalari, er va xotin o’rtasidagi munosabatdar, bolalar tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va muhabbat masalalarida keng o’rin berilgan.Quytda hadislar to’plamidan bir necha misollar keltiramiz:”Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o’z ahli-ayoliga foydasi ko’p tegadigan kishidir”(18-hadis), “Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan odamlarning haqlirog’i-bu uning onasidir” (34-hadis), “Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”(38-hadis), “Qachonki er o’z xotiniga va xotin o’z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi, bordi-yu kaftini kaftiga qo’ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to’kiladi” (44-hadis)
Sizlarning har biringiz bamisoli cho’pondirsizlar va o’z qo’l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar, Podshoh o’z fuqorolariga, er o’z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o’z xo’jasi moliga, farzand o’z otasi mulkiga mas’uldir. Demak har birlaringiz mas’uldirsizlar” (116-hadis), “Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros barolmaydi” !136-hadis)Keltirilgan namunalardan ko’rinadiki, demak diniy manbalarda ham oilaning muqaddas ekanligi, erkak va ayollarning oila oldidagi burch va mas’uliyatlari, ota-onaning bola va o’z navbatida farzandning ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xotiniga hurmat va e’zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan.


Nazorat savollair:
1.“Avesto”da oila xususida qanday fikrlar bildirilgan?
2.Buyuk sharq mutafakkirlarning oila xususidagi qanday qarashlar bildirishgan va fikrlaridan misollar keltiring.
3.Islomda oilaviy munosabat masalalariga qanday e’tibor berilgan?


Adabiyotlar ro`yxati:

  1. Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik –T.:Fan va texnologiya. 2008. 152 b.

  2. Shoumarov G.B. taxrir ostida. «Oila psixologiyasi».T.: Sharq,-272b.

  3. Buxoriy-Al Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil. Hadis. VI jild. AL-Jomi’ As-Sahih(Ishonarli to’plam). –T.:, «qomus», 1992. –527 b.

  4. Faxr ul Banot Sibg’atulloh qizi. Oila saboqlari. –T.:, 1992. –96 b.

  5. Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.:, Ma’naviyat, 1998. –112 b.


Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə