Оила психологияси


-MAVZU: OILANING IJTIMOIY VAZIFALARI, OILAVIY ROLLAR



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə10/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua






3-MAVZU: OILANING IJTIMOIY VAZIFALARI, OILAVIY ROLLAR


Maqsad: Oilaning ijtimoiy vazifalari to`g`risida tushuncha berish, oila turlari, oilalarning vazifalari to`g`risida tushuncha berish orqali talabalarni axloq-odob tarbiyasini shakllantirish, oila psixologiyasi to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirish, bo`lajak pedagog-psixologlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.
Mavzuga oid kalit so`zlar: oilalarning vazifalari, ijtimoiy vazifa, oila turlari, nikoh, oiladagi muhit va shaxslararo munosabat, monogam”, nuklear oila, yosh oila, o’rta va etuk oilalar, avtoritar, demokratik, liberal va aralash tipdagi oila, relaksatsiya, reproduktiv


Asosiy savollar:

  1. Oilaning ijtimoiy vazifalari va ularning o`zaro bog`liqligi.

  1. Oiladagi muhit va shaxslararo munosabat

  2. Oila turlari

  3. Zamonaviy oilalarning vazifalari



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: oila muhiti, oila turlari, oilaning vazifalari, reproduktsiya, re kreativ.


1-savol bayoni.
Oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o’chog’i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funktsiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o’zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o’zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni tadqiq qilishda quyidagicha yo’l tutishni lozim topdik:
Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish. Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish.
Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o’zaro uyg’unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o’rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so’zsiz inqirozlarni oldini olishga puxta zamin hozirlaydi.
Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Quyida shu xususida mulohaza yuritiladi.
Hozirgi zamon oilasi “monogam” oilalardan iborat. Yosh avlod hayotining ko’p qismini o’z oilasida o’tkazadi. Shu boisdan bola turmushning murakkab tomonlari bilan xuddi shu ota-ona maskanida tanishadi. Shuninig uchun ham oila jamiyatning boshlang’ich yacheykasi sifatida bolalarning axloqi, yurish-turish, xatti-harakati, e’tiqod va dunyoqarashiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi hamda ularni turmush qurishga tayyorlab borishi lozim. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit va qizlar asta-sekin kamol topib boradilar.
Hozirgi zamon oilasidagi an’analar va turli marosimlarnig ijobiy ta’siri kuchli bo’lib, xalqimizning o’zoq o’tmishidagi ahloqiy hislatlarini ifodalovchi mehmondo’stlik, insonparvarlik, xushfe’llik, iltifotlilik, bolajonlik, uy va hovlini ozoda saqlash, bog’u-rog’lar barpo etish, xalq sayillari va mavsumiy bayramlarini birgalikda o’tkazishda o’z ifodasini topadi. Psixologik muhit – bu guruhdagi, kolllektivdagi kishilarning psixologik holati, kayfiyati, munosabatlarini yig’indisidir. Psixologik muhitlar juda ko’p, ammo ularning barchasini ikki kategoriyaga, qulay va noqulay kategoriyalarga bo’lish mumkin. Gruppa yoki kollektiv muhiti quyidagilar bilan aniqlanadi: gruppa yoki jamoa uchun tashkil qilingan o’qish, mehnat faoliyatining har qanday turida qoniqqanlik, xodimlar va rahbarlar bilan bo’lgan munosabatlarda – o’zaro bir-birini tushunishdan, barqaror kayfiyat, emotsional holat, har kimning emotsional muvaffaqiyatining darajasidan jipslashganlikdan kollektiv a’zolarni boshqarish va o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.
Oiladagi psixologik muhit – boshqa har qanday gruppada bo’lgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar o’z hayotining ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi.
Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilallarda o’ziga va xotiniga bo’lgan munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar. Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli bo’lishlari mumkin.
Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a’zolarida o’ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyg’ularni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo’ladi. Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional ko’rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiladi. Oila a’zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub’ektiv ko’rsatgichidir.
Kishilarning nomuvofiqligi oila a’zolariningg bir-birlari bilan muomalada va o’zaro harakatda bo’lgan ehtiyojlarining chegaralanganligida ko’rinadi. Bunday kishilarning bir-birlari bilan ajralishi va begonalanishi yuz beradi.
Muvofiqlikning turlari:

  1. Kishilarning g’oyaviy-ahloqiy birligi.

  2. Sotsial-psixologik muvofiqlik er-xotinning ma’lumoti, yoshi umumiy madaniy saviyasidagi farqlar ko’pincha sotsial-psixologik nomufoqlikni keltirib chiqaradi. Umumiy madaniyat darajasi shaxsning kamolot darajasi ahamiyatga egadir. Oila asosiy vazifalarini amalga oshirshidagi hamjihatlik ham oiladagi sotsial-psixolgik muvofiqlikka bog’liqdir.

  3. Psixologik va psixofiziologik muvofiqlik bu ko’pincha er xotinning xarakteri va temperamenti bilan belgilanadi.



Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə