Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə8/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

1-savolning bayoni.
Sharq mutaffakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning roli yuqori qo’yilgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar- halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo’ladigan yuksak fazilatlar, avvolo, ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy-axloqiy sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berilgan. .
Zardushtiylikning qadimiy kitobi- “Avesto”da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinnning teng mas’ulligi, farzand tarbiyasi to’g’risidagi fikrlar bayon etilgan. Oilaning tinch va farovon bo’lishi nimalarga boo’liq ekanligi haqida esa: “Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin va farzandlariga o’rin ajratib bersa, uyida noz-ne’matlari muxayyo bo’lib, xotin va farzandlarifarovon yashasa, uyida e’tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalariham mo’l-ko’l bo’lsa, o’sha manzil muxtaramdir”,- deb yozilgan.
Bu kitobda ko’rsatilishicha, oilada ota etakchi bo’lgani ma’qul. Shuningdek unda ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarda hammak rioya etishi lozim bo’lgan. Eng ahamiyatli jihati shundaki, unda er-xotinni o’zaro sodiq, g’amxo’r, mehribon bo’lishlari lozimligi va ayolning haq-xuquqini himoya qilish o’sha davrda ham qonun darajasida ko’tarilganligi ma’lumdir.Umuman olganda, zardushtiylik davridanoq oila masalalariga katta e’tibor qaratilgan bo’lib, bu esa oilaning jamiyatda tutgan o’rni va mavqeyini mustahkamlash uchun azal davrlardanoq zamin yaratilganligini kuzatamiz.


2-savolning bayoni
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan biri bo’lib kelgan. Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Xotam ibn Toy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Yaavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abduruf Fitradt, Abdullo Avloniy kabi sharq mutafakirlarning oila xususidagi dono fikrlarining bayoni beriladi.

Maxsus manbalarda qayd etilishicha, qur’on, hadis va boshqa muqaddas kitoblarda oila masalalarining yoritilishi. O’tmish mutafakkirlarining oila mohiyati haqidagi fikr-mulohazalari. Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalarning oila, oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari.


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlab o’tganlaridek, "Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Halollik, rostgo’ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan".
Darhaqiqat, Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida Markaziy osiyoda yashab kelayotgan xalqlar, jumladan, o’zbek xalqining oilaviy hayoti, undagi o’zaro munosabatlarning (ayniqsa er-xotin) milliy psixologik xususiyatlari, er-xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud.
Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o’rganar ekanmiz, ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o’zbek xalqining og’zaki ijodi, eposining (o’zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko’ramiz.
Chunonchi, o’zbek xalqining og’zaki ijodi va eposlarida mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do’stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go’zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom, oila sha’ni va g’ururini himoya qilish, tug’ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug’langan. Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug’mish, Go’ro’g’li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o’zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko’rishimiz mumkin.
"Qadimiy eposlarda ayollar bilan erkaklar teng ijtimoiy mavqega ega shaxslar sifatida gavdalanadi, ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan" .
Tug’ilish, tug’ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug’langan. Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug’mish, Go’ro’g’li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o’zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko’rishimiz mumkin.
Darhaqiqat, Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida Markaziy osiyoda yashab kelayotgan xalqlar, jumladan, o’zbek xalqining oilaviy hayoti, undagi o’zaro munosabatlarning (ayniqsa er-xotin) milliy psixologik xususiyatlari, er-xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud.
Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o’rganar ekanmiz, ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o’zbek xalqining og’zaki ijodi, eposining (o’zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko’ramiz.



Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə