Оила психологияси


Oila psixologiyasi o’quv predmeti sifatida: aktual muammollar



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə5/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oila psixologiyasi o’quv predmeti sifatida: aktual muammollar
Insonning, odamzodning tirik mavjudod sifatida mavjudligi turli xil ehtiyojlarni amalga oshirishni talab qiladi. Ulardan ba’zilarini voyaga etmagan odam tomonidan mustaqil qondirilsa, ba’zilariga esa faqatgina kim bilandir birgalikda erishish, amalga oshirish mumkin. Agar nikoh joriy paydo bo’lgan paytdan boshlab (erkak va ayolning birlashganidan) iqtisodiy, xo’jalik, avlod qoldirish, tarbiyaviy funktsiyalar ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrga kelib hamma joyda oilaning psixoterapevtik va emotsional (hissiy) qo’llab-quvvatlash funktsiyasining ahamiyati kuchaymoqda.
Er-xotinlik o’zining zamonaviy ko’rinishida hayotiy mazmunga (ekzistentsional) erishganlik nuqtai nazaridan baholanadi va er-xotinlar o’rtasidagi psixologik munosabat sifatida namoyon bo’ladi.
Nikoh (oila qurish) uchun his-tuyg’ular zarur bo’ladi. Hatto “hisob-kitobli nikohlar”da ham sevgi paydo bo’lishi mumkin.
Har bir odam noyob takrorlanmas bo’lib, bu noyoblikning orqa tomoni esa azaliy taqdiriy yolg’izlik bo’ladi. O’zining noyob va takrorlanmasligini odamning borligini noyob ekanligini va o’z shaxsini, sifatlarini va xususiyatlarini takrorlanmas, o’zgacha ekanligini anglab etishi uni yolg’izlikni engishga undaydi. Kimdir uni tushunish, qabul qilishi, kimgadir zarur bo’lishi kerak. Odam sevishi va sevimli bo’lish qattiq istaydi. Buni u faqatgina nikoh va oilada topishga umid (tahmin) qiladi.
Oila psixologiyasiga oldinlari uncha e’tibor berilmagan. Metodikalar bilan juda kam qurollangan edi. Faqatgina 1970 yillar boshlarida nikoh va oila bir nechta fanlarning maxsus tadqiqotlar predmetiga shu jumladan, psixologiyaning ham tadqiqot predmetiga aylana boshladi. Oila muammolariga e’tibor eng avvalo psixik va asab kasalliklarini profilaktikasi va oiladagi tarbiya muammolari tufayli olimlarni diqqatini tortdi. Keyingi yillarda oila maslaxatxonalarida oilaviy hayot muammolari va ota-ona va bola munosabatlari korrektsiyasi rivojlanib bormoqda.
3-savolning bayoni

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə