Оила психологияси


-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə3/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish
1-MAVZU: OILA PSIXOLOGIYASI FAN SIFATIDA
Maqsad: Oila psixologiyasi faninig predmeti, maqsadi, vazifalari to`g`risida tushuncha berish, oila psixologiyasi fani haqida tushuncha berish orqali talabalarni axloq-odob tarbiyasini shakllantirish, oila psixologiyasi to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirish, bo`lajak pedagog-psixologlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.
Mavzuga oid kalit so`zlar: Oila, psixologiya, predmet, fan-texnika taraqqiyoti, etnopsixologiya, oila kodeksi, nikoh, jamiyat.


Asosiy savollar:

  1. Oila psixologiyasi fanining maqsadi

  2. Oila psixologiyasi fanining vazifalari

  3. Oila psixologiyasi fanining boshqa fanlar bidan bog’liqligi.

1-savolning bayoni:
Oila psixologiyasi o’quv kursining maqsadi siz yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlashdan iboratdir.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o’zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, yung yaqin bo’lgan jilaviy munosabatlar ham takomillashib, o’ziga xos tarzda murakkablashib boradi.
Oila psixologiyasi fanining predmeti-oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini tashkil etishi, jamiyatnining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy takomillashuviga, shaxlarni bir-biriga qo’yadigan talablari oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning debochasi sifatida sevgi, muxubbat, oila va oilaviy munosabatlar yuzaga keladi bu esa o’z navbatida oila psixologiyasining ilmiy taqiqot predmeti sifatida o’rganilishi talab etiladi.
Oila psixologiyasi fanining vazifasi–oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar ko’nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Oilanining shaxsni shakllanishidagi roli haqida yoshlarga tasavvur berish, yoshlarga oilaviy hayotga kuzatiladigan o’zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan tanishtirish, yoshlarga oilaviy hayotda bo’ladigan muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvur bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonlarga tayyorlash, yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan, muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga o’rgatish, yoshlarni muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini o’rgatish, yoshlar o’zlarining turmush o’rtoqlarini to’g’ri tanlash malakalarini shakllantirish, yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash, yoshlarga oilaning mustahkamligini ta’minlovchi bilim va malakalarini shakllantirish, yoshlarni oilaviy muloqatga tayyorlash, yoshlarni oilani rejalashtirishgao’rgatish kabi vazifalar o’quvchilarga berilishi ko’zda tutilgan.
Insonning tirik mavjudod sifatida harakatda bo’lish turli xil ehtiyojlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ulardan ba’zi birlarini mustaqil amalga oshirilsa, ba’zilarini esa faqatgina kim bilandir birgalikda amalga oshirish mumkin. Agar nikoh paydo bo’lgan davrlarda xo’jalik ishlari, iqtisodiy ishlar, avlod qoldirish va tarbiyalash funktsiyalari ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrga kelib psixoterapevtik funktsiyalar, emotsional qo’llab-quvvatlash funktsiyalarining ahamiyati kuchaymoqda. Er-xotinlik munosabatlari hozirgi zamonaviy ko’rinishda ekzistentsional mazmunga erishganlik pozitsiyasidan baholanadi va er va xotin o’rtasidagi psixologik munosabatlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Nikoh bo’lishi uchun asosiysi his-tuyg’ular hisoblanadi. Aynan sevgi-muhabbat hislari oila qurishga undaydi (olib keladi). Hatto shubhali bo’lgan “hisob-kitobli nikoh”da ham sevgi paydo bo’lishi ehtimoli bor.
Har bir odam noyob va takrorlanmasdir, ushbu noyoblikning ikkinchi tomoni yolg’izlik qismatidir (insonning o’z shaxsiy xususiyatlarini takrorlanmasligini va turmushini noyobligi).
Insonning o’z turmush tarzini noyobligi va shaxsiy xususiyatlari va ko’rinishlarini takrorlanmasligini anglanganligi yolg’izlikni engishga undaydi. Kimdir uni tushunishi, qabul qilishi va kimgadir kerak bo’lishi kerak. Inson sevish va sevilishni xohlaydi. Buni esa u nikoh va oiladan topishni mo’ljallaydi, tahmin qiladi.
Oila psixologiyasi bo’yicha chet el psixologlari tomonidan juda katta izlanishlar qilingan. Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham ko’plab ibratli, kuzatish va tajribalar asosida chiqarilgan xulosa va tavsiyalar mavjud. Shunga qaramasdan ushbu fan etarli darajada tan olinmagan va metodik tomondan ta’minlanganligi ham kam darajada bo’lgan. Hatto fanning ushbu tarmog’iga kelajagi yo’q va mustaqil fan emas degan nopisandlik bilan qarashlar ham bo’lgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin: oilani o’rganish bo’yicha eksperimental metodikalarni qo’llanalishi qiyin kechishi, shaxsiy tajribalar
ishonarli emasligi, so’rovnoma metodlarini ishonchliligi kamli va hokazolar. Psixologik bilimlar fundamental fanga asoslangan holda ya’ni, shaxs, faoliyat, guruhlar, psixik rivojlanish qonuniyatlariga tayanadi. Oila psixologiyasiga esa jiddiy qaralmagan.
Faqat 1960 yillarning oxiri va 1970 yillarni boshlaridan boshlab nikoh va oilako’pgina fanlarda tadqiqot predmeti bo’la boshladi, shu jumladan psixologiyani ham. Boshida nikoh va oila muammosi asab va psixik kasalliklar profilaktikasi masalalari bo’yicha mutahassislar va oiladagi tarbiya muassasalari bo’yicha mutaxassislar e’tiborini torta boshladi. Keyingi yillarda er-xotinlik hayoti muammolari va ota-ona va bola munosabatlari korrektsiyasi bo’yicha psixologik konsultatsiyalar amaliy psixologiyada rivojlana boshladi
Zamonaviy oilalarni rivojlanish dinamikasi ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lgan bir holatda, nikoh va oilani o’rganish shaxs va ijtimoiy psixologiyada nihoyatda dolzarb ehtiyojga aylandiki, u ham bo’lsa mavjud oilalarga psixologik yordam ko’rsatish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qonuniyatlarni izlash maqsadida.

XXI asr sharoitda insonni o’z yolg’izligini qanday engishi kerakligi, qanday qilib o’zga odam bilan mustahkam va garmonik ittifoq tuzish va qanday qilib butun umr davomida saqlab turishi masalalari bo’yicha keskin savollar turibdi. S.L.Rubinshteyn bu haqda juda to’g’ri fikr aytgan (7-bet, 4-qator)






1.Oila psixologiyasi fanining maqsadi deganda nimani tushunasiz?


2.Oila psixologiyasi o’quv kursining vazifalari nimalardan iborat?



Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə