Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə41/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat savollair:

  1. Oilada muloqot haqida nimalarni bilasiz?

  2. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi deganda nimani tushunasiz?

  3. Odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonini ko’rsating.

  4. Romantik munosabatlarga asoslangan munosabatlarning turlari haqidagi fikrlaringiz.

  5. E.Shostrom er-xotin o’rtasidagi “ishqiy” pozitiv munosabatlarni qanday bayon etgan..


Adabiyotlar ro`yxati:

  1. Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik –T.:Fan va texnologiya. 2008. 152 b.

  2. Shoumarov G.B. taxrir ostida. «Oila psixologiyasi».T.: Sharq,-272b.

  3. Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.:, Ma’naviyat, 1998. –112 b.

  4. Shoumarov G.B. “Muhabbat va oila”.-T.:Ibn Sino, 1994.-120b.



7-MAVZU: YOSH OILALARNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
Maqsad: Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari to`g`risida tushuncha berish, yosh oila va sog’lom turmush tarzini barqarorlashtirish haqida tushuncha berish orqali talabalarni axloq-odob tarbiyasini shakllantirish, oila psixologiyasi to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirish, bo`lajak pedagog-psixologlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.
Mavzuga oid kalit so`zlar: Oila, er- xotin munosabatlari, yosh oila, ijtimoiy psixologi muammo, sog’lom turmush tarzi, o’rta oilaviy hayot muddati, sog’lom turmush tarzi

Asosiy savollar:
1.Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari
2. Yosh oila va sog’lom turmush tarzini barqarorlashtirish


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: yosh oila, ijtimoiy psixologi muammo, sog’lom turmush tarzi
1-savol bayoni.


Yosh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni, er va xotinning pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to’g’riroq bo’lib, qachon turmush qurganligidan qat’iy nazar, albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom ma’noda katta mehnat stajiga ega bo’lmaydi, va ko’p hollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo’lib, uy bekasi bo’lib o’tirib qolishi ehtimoli katta. Agar ikkinchi yondashuv bo’yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko’ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o’rtacha ko’rsatgichi ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish lozim. Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi rag’batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo’yicha professional malakaga erishish asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila qurgan yoki xali ham turmush qurmagan bo’lishi ham mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya kabi rivojlangan Evropa va Amerika davlatlarida, Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi yil sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o’tib ketmoqda. Juda erta turmush qrish qanchalik oila va uning barqarorligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lsa, kech turmush qurish ham qator salbiy asoratlar va moddiy-ma’naviy qiyinchiliklar bilan, eng muhim er va xotinning salomatligi holati, tug’ilajak zurriyodning sog’lom tug’ilishi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi.
Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • juda yosh oila – nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;

  • yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha;

  • o’rta oilaviy hayot muddati – 10 yildan 19 yilgacha;


  • Yüklə 2,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə