Оила психологияси


E.Shostrom (1994) er bilan xotin o’rtasidagi “ishqiy” pozitiv munosabatlarning quyidagi ko’rinishlarini bayon etadi



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə38/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

E.Shostrom (1994) er bilan xotin o’rtasidagi “ishqiy” pozitiv munosabatlarning quyidagi ko’rinishlarini bayon etadi:
bir-biriga bog’lanib qolish yoki o’zaro g’amxo’rlik qilish hissi. Bu shu qadar kuchli bo’lishi mumkinki, er-xotin boshqa bir insonga shunga o’xshash yaqin munosabatni his etmay qoladi. Natijada ba’zan o’g’lini qizg’angan qaynona kelini bilan turli narsalarni bahona qilib, nizo chiqaraveradi.
do’stlik – er va xotinning bir-birlarida eng nodir sifatlarni, jumladan, o’ziga xoslik va individuallikni tan olishni nazarda tutadigan hissiyot;
eros – sevgining romantik ko’rinishi bo’lib, er-xotinning bir-biriga nisbatan xissiy-jinsiy mayllarining kuchini belgilaydi;
empatiya esa, erning yoki xotinning o’z turmush o’rtog’iga doimiy g’amxo’rligi, uni tushunishi va kerak bo’lsa, altruistik fidoiyligini baholovchi hisdir;
o’zligini sevish, qadrlash – bir tomondan er-xotinning har qanday sharoitda o’zida eng afzal jihatlarni anglay olish va boshqa tomondan, kerak bo’lsa, yori tufayli o’z xohish-istaklarini jilovlay olish, fidoiylikni namoyon qilishga imkon beruvchi hissiyot.
E.Shostromning fikricha, “er va xotin vaqti-vaqti bilan bir-birlariga zug’um qilish, xafa qilishga ma’nan haqlidirlar”, lekin bunday munosabatlarning yakuni yaxshilik bilan tugashi, shu bahona bir-birlarini yanada yaxshi va yaqindan bilishlariga turtki bo’lishi kerak.
Er va xotin o’rtasidagi salbiy munosabatlarga asos bo’luvchi hissiyotlarga omillar quyidagilarni kiritadilar:
achchiqlanish – oilaviy hayotda ko’p uchraydi, chunki u o’zaro g’amxo’rlik va bog’liqlik kamaygan sharoitlarda o’z-o’zidan paydo bo’ladi; F. Perlzning yozishicha, “Vaqti-vaqti bilan bir-biridan achchiqlanib turish – demak, bir-birini sevish va o’zaro muomalaga bo’lgan intiqlikdir”.
aybdorlik – o’zining qilmishi uchun o’ch olishday gap, ko’pincha bu hissiyot ataylab namoyon etiladi;
arazlash – turmush o’rtog’idan o’ch olish maqsadida namoyon etiladigan his-tuyg’u;
nafrat– turmush o’rtog’iga go’yoki dushmaniga qaraganday muomala qilish va bu yo’lda ba’zan uzoq vaqt gaplashmay qo’yish yoki ataylab o’zini yomonday ko’rsatishdir. Afsuski, bu hissiyot oilaviy hayotda tez-tez bo’lib turadi. Lekin u odamni ichidan zil ketishiga, ich-etini eb qo’yishiga olib keladi;
tanqidqilish – qo’rqoqlikka o’xshaydi, aniq munosabatlarning xarakterini namoyon etishga imkon bermaydi, Shostromning fikricha, bu hissiyot achchiqlanishga o’tgani ma’qul;
turmush o’rtog’idan yiroqlashish, ketib qolish – bu ham ma’lum ma’noda bir-birini nazoratda ushlashning bir ko’rinishi, lekin vaziyatni aniq oydinlashtirib olishga xalaqit beradi;
befarqlik – umuman munosabatlarni yashiruvchi xis bo’lgani uchun u aloqalarning yomonlashib ketishini tezlashtiradi, hattoki, bunda psixoterapevtik yordam berish ham mushkul bo’lib qoladi.
Shu kabi munosabatlar mohiyatan shaxslararo munosabatlarning ko’rinishlarini ifoda etadi.



Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə