Оила психологияси


Ijtimoiy va oilaviy munosabatlar



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə40/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Ijtimoiy va oilaviy munosabatlar. Bola tajribasining asoslaridan biri undagi ota-ona oilasi ta’sirida shakllanadigan ijtimoiy fe’l-atvordir. Ya’ni, o’zaro ishonch, o’zini-o’zi baholash, Men-kontseptsiyasi ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari ta’sirida bola ongida shakllanadigan hislatlardir. Bola ota-onasining o’zaro muloqotlariga qarab, umri mobaynida kuzatib, bilib-bilmay ularga taqlid qilib, tinchlik – xotirjamlikda, o’zaro hamjihatlikda yashashga o’rgansa, aka-uka, opa-singillariga qarab, jamiyatdagi murakkab o’zaro muomala holatlarida o’zini qanday tutishga o’rganadi, hayotning ma’nosini tushunib boradi, dunyoqarashi, dunyoviy hamda diniy e’tiqodlarining shakllanishi ham ayni shu munosabatlar ta’sirida ro’y beradi.
Er-xotin munosabatlari avvalo adaptatsiya, ya’ni bir-biriga asta-sekin ko’nikib, moslashib borish jarayonidan boshlanadi, zero, ularning har biri yangi muhitga, yangi ro’zg’orga o’z oilasida orttirgan shaxsiy tajribasi, oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari bilan kirib keladi. Natijada ota-onasi oilasida olgan tajribaning bir qismidan voz kechgani holda, yangi munosabatlar uchun yangi fazilatlarni o’zida tarbiyalay boshlaydi.
Oila qurmoq bu o’zini boshqa birovga ishonib topshirmoqdir. Erkaklarga ishonmaslik, “Erkak zotining hammasi bir go’r” degan gaplarni shior qilib osib olgan ayolning hech qachon bu borada omadi kelmaydi, chunki u magnitdek bo’lmag’ur erkakdarni tortadi, natijada ishonch e’tiqod darajasiga chiqadi va undan baxtsiz ayol taqdiri bitiladi.

Mavzuga oid rivoyatO‘zing suymaganni boshqaga ravo ko‘rma
Saodat asrida Payg‘ambarimiz (s.a.v) as’hobi ila suhbatda edilar. Bir yigit kirib keldi va odobsizlik bilan:

As’hobi kirom bu muomaladan qattiq xafa bo‘ldilar. Ular orasida g‘azablangan, yigitni urib Payg‘ambarimiz (s.a.v) huzurlaridan chiqarib tashlamoqchi bo‘lganlar bo‘ldi. Ba’zilar do‘q qildilar, chunki yigit nihoyatda hayosiz muomala qil- gandi.
Suyukli Payg‘ambarimiz (s.a.v): «Ul yigitga tegmang, beri kelsin», — dedilar. Yigitni yonlariga o‘tqazib:

  • Yigit, birovning onang ila bunday yomon ish qilishini istaysanmi? Bu jirkanch harakat senga xush keladimi? — deb so‘radilar.

Yigit shiddat bilan:

Rasululloh (s.a.v):

  • Unday bo‘lsa, bu jirkanch ishni qilmoqchi bo‘lganing — ayolning avlodlari, yaqinlari ham bundan xursand bo‘lmaydilar. Agar bu xunuk ishni sening onang, singlingga qilsalar yaxshi- mi? Yoki xolang, ammang va yoki qarindoshlaringdan biri ila shu ishni istasalar yaxshi ko‘rasanmi? — deb so‘raganlarida yigit o‘rnidan sapchib turib «yo‘q» deb javob berdi.

Rasululloh (s.a.v):

  • Boshqa odamlar ham bu ishdan xursand bo‘lmaydilar va hech biri buni yaxshi ko‘rmaydilar, — dedilar va yana so‘radi- lar:

  • Ayt, singling shunday qilsa suyunasanmi?

Yigit:

  • Yo‘q, aslo! — dedi qat’iy va hech kim bilan bunday ish­ni xush ko‘rmasligini aytdi.

Shundan keyin Hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v) muborak qo‘llarini yigitning ko‘ksiga qo‘yib bunday duo qildilar:

  • Allohim! Sen bu yigitning qalbini pokiza qil. Nomusi va sharafini muhofaza ayla va gunohlarini kechir.Yigit Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning huzurlaridan xursand bo‘lib chiqdi.


Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə