Оила психологияси


-MAVZU: OILAVIY NIZOLAR va ularning turLARI



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə48/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua



9-MAVZU: OILAVIY NIZOLAR va ularning turLARI


Maqsad: Oilaviy nizolar psixologiyasi to`g`risida tushuncha berish, er-xotin nizolarining kelib chiqish sabablari haqida tushuncha berish orqali talabalarni axloq-odob tarbiyasini shakllantirish, oila psixologiyasi to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirish, bo`lajak pedagog-psixologlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.
Mavzuga oid kalit so`zlar: Oila, er- xotin munosabatlari, nizo, konflikt, odob-axloq, qaynona-kelin, ovsinlar, er-xotin, konstruktiv, destruktiv
Asosiy savollar:
1. Oilaviy nizolar psixologiyasi to’g’risida tushuncha.
2. er-xotin nizolarining kelib chiqish sabablari.
3. Oilaviy nizolar turlari.


1-savol bayoni.
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o’rtasidagi nizolardir. Xo’sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o’zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro’y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo’ladimi? Bu kabi savollarni yana ko’p davom ettirish mumkin.
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo’lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo’lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to’xtalib o’tamiz. Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko’plab ertaklar eshitib, keyinchalik o’zlari ham ularni turli kitoblardan o’qib o’sgan yoshlar o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo’lda duch kelgan qora kuchlarni engib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu qirq kunduz to’y berib, murod-maqsadlariga erishadilar».
Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi. Bunga sizlar ham ko’p martalab guvoh bo’lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o’z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo’lgan o’zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so’ng o’g’il bolalar xuddi o’z otasidek va qizlarimiz o’z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo’lishni orzu qiladilar. Chunki ular o’z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo’luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko’rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo’lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko’rsatish an’analari mavjud.
Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo’ladi. Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og’ushida oila qurgan yoshlar, o’zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari o’zlari kutganlaridek bo’lmayotganligi, turmush o’rtog’ini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (to’ydan oldingi) holatiga nisbatan ma’lum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o’zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar.
Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o’zaro munosabatlari rivojlanishining o’ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o’zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog’liq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun muqarrar bo’lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o’z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir. Xo’sh bu jarayonlar, ya’ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular er-xotinning o’zaro munosabatlariga qay darajada ta’sir etadi?
O’tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, lekin u me’yorda bo’lsa ishtahani ochadi, me’yoridan ortib ketsa, og’iz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajadayuzaga keladi. Oila qanday bo’lishidan qat’i nazar nizolardanmutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan) bo’la olmaydi.
Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosizbo’lmaydi. Bu nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabatlarinirivojlantiruvchi katalizator vazifasini o’taydi. Lekin nizoningnizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi,takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko’rabir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo’qki,shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi vaboshqa ma’lumotlari (ko’rsatkichlari)ni aniq belgilab berish(olish) mumkin bo’lsa. Bunda hamma narsa subyektning o’ziga,uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga,uning qo’yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqaomillarga bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, bir-birlariga aynan o’xshash, mos ikki odamning bo’lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligitakrorlanmasdir.
Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun me’yorida bo’lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi, yoki biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo’lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a’zolarining o’zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkin va hokazo.
Shunday ekan jamiki oilalarga xos bo’lgan nizolar va ularning sabablarini yagona bir o’lcham yoki xarakteristika Bilan ko’rsatib berish masalasi ham mantiqqa to’g’ri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni o’rganish, ular a’zolarining o’zaro munosabatlarini taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiylikdan har bir odam o’zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar chiqarib olishi lozim bo’ladi.
Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli bo’lishligini (ekanligini) da’vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə