Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə49/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oilaviy nizolar turlari
1. Er-xotin o’rtasidagi.
2. Qaynona-kelin o’rtasidagi.
3. Qaynona-kuyov o’rtasidagi.
4. Ovsinlar o’rtasidagi.
5. Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi.
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o’rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko’ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:

  • er-xotin o’rtasidagi nizolar;

  • qaynona-kelin o’rtasidagi nizolar;

  • qaynona-kuyov o’rtasidagi nizolar;

  • ovsinlar o’rtasidagi nizolar;

  • ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolar.

Albatta, bu ro’yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin biz hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro’y berish ehtimoli nisbatan yuqori bo’lgan nizolarning eng asosiysi bo’lmish er-xotin o’rtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman oilada er-xotin o’rtasidagi nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek bo’lishi mumkin. Sxemadan ko’rinib turibdiki, har qanday oilada er-xotinning o’zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar.
Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko’ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro’y beradigan nizolarni ko’rib chiqaylik. Sxemada ko’rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi.
Ular, o’zlarining yuzaga kelishiga asos bo’lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi, kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko’ra bir-birlaridan farqlanadi. Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo’lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo’ladi.
Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o’z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo’la oladi. Ular asosan er-xotin o’rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o’zlarigina hisoblanadilar.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə