Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə23/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

3-savol bayoni.
Nikoh oldi omillari klassifikatsiyasida qayd etib o’tilgan omillardan yana biri yoshlarni oila qurgunlariga qadar bir-birlarini qancha vaqt bilganliklari, ular qanday sharoitlar va shartlarga ko’ra tanishib oila qurishlaridir. Bu omillar nikoh mustahkamligiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin. Albatta, oila qurishdan oldin bo’lajak er-xotinlar bir-birlarini ma’lum bir muddat bo’lajak er yoki xotin sifatida bilib yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, individual sifatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari, shaxsiy yo’nalganliklari haqida adekvatroq tasavvur va ma’lumotlarga ega bo’lsalar, bu tasavvur va ma’lumotlar ularga birgalikdagi hayotlarida bir-birlarini tushunib, bir-birlariga moslashib ketishlariga yordam berishi mumkin.
Hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi ma’lumki, oila kodeksiga binoan nikohdan o’tish uchun ariza berganlaridan so’ng bir oy (aniqrog’i 33 kun) muhlat beriladi. Mabodo, shu fursat mobaynida ular o’z niyatlaridan qaytib qolgudek bo’lsalar, ularning talabi qondirilib, ko’zda tutilgandek, nikoh qayd qilinmaydi. Hech bir yashiradigan joyi yo’qki, respublikamizda istiqomat qilayotgan yoshlarning hammasi ham nikohdan o’tishga oid mavjud qonun-qoidalardan yetarli darajada xabardor emaslar va ayrim hududlarda hamma vaqt ham bu qoidalarga amal qilinavermaydi. Lekin yoshlarimiz ayniqsa, Siz —o’quvchi yoshlarimizga nikoh-oila munosabatlarining qonuniy jihatlaridan ham xabardor bo’lib qo’yish foydadan holi emas. Xo’sh, shu fuqarolik holatini qayd etish bo’limlari tomonidan berilgan 33 kun muhlat yoshlarimizning bir-birlarini mumkin qadar bilib olishlari uchun etarlimi? Bo’lajak er-xotinlar bir-birlarini to’la bilib olishlari uchun qancha vaqt kerak? Bu erda gap biror-bir buyumni, texnika yoki kompyuterni emas, odamni bilish haqida ketayapti. Psixologlarning ta’kidlashicha,odam bu eng murakkab bilish ob’ektidir. Uni hechqachon va hech kim mutlaq va batafsil bila olmaydi. Chunki uhar kuni rivojlanishda, shakllanishda, o’sishda, o’zgarishdabo’lgan murakkab biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiypsixologik, ijtimoiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuinio’zida mujassamlashtirgan eng oliy va shu bilan birga eng murakkab mavjudotdir. Uning sir-sinoatlari koinot sir-asrorlaridanortiq bo’lsa ortiqki, aslo kam emas. Shuning uchun biryil, o’n yil birga o’qigan yoki bolalikdan birga o’sgan biron-biro’rtog’ingizning xulqida, xatti-harakatida kuzatiladigan ayrimholatlar hozirgacha ham Sizni hayron qoldirishi yoki odamlarbir umr birga yashab bir-birlarida kutilmagan holatlarni, xulqatvorifodalanishini ko’rishi mumkin. Bulardan ko’rinib turibdiki, odamni to’la-to’kis bilib bo’lmaydi. Lekin birga turmush qurib, yaxshi yashab ketish uchun lozim bo’lgan minimum bilimlarga ega bo’lish uchun bo’lajak turmush o’rtoqlar bir-birlarini qancha vaqt bilishlari kerak? Ko’pchilikda «qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi-da», degan javob xayolga kelishi mumkin. Haqiqatan ham, nikohgacha tanishish muddatining qisqaligi — maqsadga muvofiq emas. Bizning o’tkazgan tadqiqotlarimiz oila qurgunga qadar bir-birlarini bir oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan er-xotinlar orasida ko’pchilikni tashkil qilishini ko’rsatdi. Shuningdek, bir-birlarini oila qurgunga qadar 5—10 yil va undan ko’p vaqt bilishlari ham bo’lajak er-xotinlarga bir-birlariga nisbatan hissiylikning o’tmaslashib qolishiga olib kelishi ham mumkin ekan.
Psixologik adabiyotlarda bo’lajak er-xotinsifatida bir-birlarini yarim yildan bir yilgacha bilishlik muddati eng maqbul muddat deb ko’rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-birlari haqida nisbatan bilish mumkin bo’lgan bilimlar, ma’lumotlar minimumiga
ega bo’lishga ulgurishlari mumkin. Albatta bu vaqtni ham ideal vaqt deb hisoblab bo’lmaydi. Bu erda muhimi yoshlar bir-birlarini qanday jadallikda, qanday maqsadda, qanday vosita, usullar yordamida va qanday «ko’z» bilan o’rganishligidadir. Ma’lumki sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto olamga ham «rangin ko’zgu» orqali qaraydilir. Seviklisining hatto kamchiliklari, nuqsonlarini ham fazilat deb qabul qiladilar. To’ydan keyin esa hatto ayrim fazilatlar ham kamchilikdek ko’rinadi. Shuning uchun yoshlarimiz bir-birlariga (ayniqsa, kamchiliklariga) to’ydan oldin ikkala ko’zlari bilan, to’ydan keyin esa yarimta ko’z bilan qarashlari lozim. Ya’ni to’ydan oldin birbirlarini yaxshilab, sinchiklab o’rganishga va to’ydan keyin ayrim kamchiliklariga ham e’tibor bermaslikka odatlanishlari lozim.
Nikoh oldi omillarining xarakterlilaridan yana biri yoshlarning tanishish shartlaridir. Ular ham o’z navbatida turli-tumanlikka ega. Kimdir o’qish, ish joyida, kimdir o’zi, kimdir biror-bir o’rtog’i, dugonasi, qarindoshi, kimdir sovchilar yordamida,
kimdir ko’chada, jamoatchilik joylarida, transportda, turli marosimlar, to’ylar, kechalar, o’tirishlar va hokazo shartsharoitlarga ko’ra tanishishlari mumkin. Albatta, bularning hammasida shu yoshlarning individual xususiyatlari, ma’naviy-axloqiy jihatlari, madaniyati, tarbiyasi, shu yoshlar yashagan hudud, undagi milliy urf-odatlar, an’analar, etnik xususiyatlar muhim ahamiyatga egadir.
O’zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh oilaning yuzaga kelish shartlari orasida keng tarqalganlaridan biri sovchilik tufayli oilalarning yuzaga kelishidir. Chunki bizda deyarli barcha oilalarning yuzaga kelishi yigit tomonidan kelinnikiga sovchilar borishi bilan boshlanadi. Bunda yoshlar bir-birlarini oldindan bilishlari, sevishlari, shunchaki uchrashib qolishi yoki sovchilar orqali qidirib kelin topishidan qat’i nazar albatta, kelinnikiga sovchilar borishi nikohning yuzaga kelishidagi etnik shart, rasm-rusum, urfodatlardan biri hisoblanadi. Bularning barchasini nikoh mustahkamligida o’ziga xos o’rni bor. Agar yoshlar o’zlari sovchilar yordamisiz bir-birlari bilan tanishgan, bir-birlarini topishgan bo’lsalar, bunda ular birinchi navbatda, tanlagan odamining o’zlarining ko’ngliga, didiga, idealiga mos kelishi yoki kelmasligiga e’tibor beradilar. Bu albatta, kelgusi hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillar hisoblanadi. Lekin bu o’rinda hamma yoshlarimiz ham o’zlariga va bo’lajak turmush o’rtog’iga adekvat baho bera olmasliklari, o’z «tengi»ni topishda adashishlari, bu borada ularning «yoshligi» hayotiy tajribalarining etishmasligi kabilar ularga xalaqit berishi ham mumkin. Agar ular sog’lom fikrlay oladigan, yuqorida aytib o’tganimizdek, oilaviy hayotga psixologik etuk bo’lsalar, ularning xatoga yo’l qo’yishi, adashishi ehtimollari kam bo’ladi. Agar shoshma-shosharlik
qilsalar, «etti o’lchab bir kesmasalar» shak-shubhasiz omadsizlikka uchrashlari mumkin.
Umuman o’zlariga juft tanlashda psixologik etuklikka asoslangan holda, etuk nigoh bilan va mas’uliyat bilan yondoshib o’zlari mustaqil ravishda juft tanlashi yoshlarda keyinchalik o’z qarorlari uchun mas’uliyatlilikni his qilish, o’z oilasi mustahkamligi uchun kurashish, hatti-harakat qilishni, uning muvaffaqiyati uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olishni ta’minlaydi. Yoshlarimizni qarorlarining etukligi, qat’iyligi ulardagi oilaviy hayot uchun, o’z oilasi uchun mas’uliyatlilik, javobgarlikning yuqori bo’lishi hissi ham oila mustahkamligini ta’minlovchi muhim omildir. Xalqimizning etnik xususiyatlariga xos bo’lgan nikohning yuzaga kelish shartlaridan biri — sovchilikdir. Sovchilik ham azal-azaldan shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biridir. Uning ham o’ziga yarasha talablari, shartlari, mas’uliyati mavjud. Sovchilikka borilganda sovchilar bo’lajak er-xotinlar, qudalarni har tomonlama o’rganib, ularning bir-birlariga qay darajada mos kelishlik jihatlarini puxta o’rganib chiqishga harakat qiladilar. Sovchilikda surishtirish orqali bo’lajak kelinkuyov, uning oilasi, avlodi haqida har tomonlama ma’lumotlar olishga harakat qilinadi. Umuman sovchilikning milliy, etnik, an’anaviy amallariga, talablariga rioya qilish ham nikoh mustahkamligining muhim shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham sovchilik masalalariga o’tmishda katta e’tibor berilgan va sovchilikka eng tajribali, mulohazakor, oqil odamlar tanlangan. Biroq hozirgi vaqtda sovchilik talablariga amal qilmaslik, uni qo’pol buzish hollari ham tez-tez uchrab turibdi. Hozirgi vaqtda sovchilikka borilar ekan, tanlanajak kelinning, bo’lajak qaynona yoki sovchi bo’lib borgan odamning didiga qay darajada mos tushishi, uning ota-onasi, har ikkala oilaning moddiy ijtimoiy holati, mavqeyi kabilarga ko’proq e’tibor berilib, bu jarayonlarning bosh sababchilari, bo’lajak kelin va kuyovning manfaatlari, ularning bir-birlariga mos kelishi yoki kelmasligi jihatlari unutilib qo’yayotganlik hollarini ham kuzatishimiz mumkin. Bunday vaziyatlarda shubhasizki, yoshlarning o’zlarini oilaviy hayotlari haqidagi masalalarini hal etishdagi ishtiroklari, ularning fikri, bunga nisbatan munosabatlari hisobga olinmay qolishi mumkin. Bu esa ularga qurilajak oila mustahkamligi, uning manfaati uchun mas’uliyatlilik, javobgarlik hislarining shakllanmasligiga, oilaviy hayotda qiyinchilik, murakkablik, turli to’siqlarga (ularning bo’lishi muqarrar) duch kelib qolinganda, javobgarlikni sovchilar, bu oilaning yuzaga kelish masalasini «hal qilgan» boshqa bir odam zimmasiga yuklash, uni ayblash hollarini yuzaga keltirishi mumkin. Bu kabi holatlar shubhasiz, yosh oila mustahkamligiga jiddiy xavf tug’diradi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə