Oila psixologiyasi. Reja


Oilada shaxslararo munosabatlar



Yüklə 258,58 Kb.
səhifə3/5
tarix24.05.2023
ölçüsü258,58 Kb.
#112533
1   2   3   4   5
11-Ma\'ruza

Oilada shaxslararo munosabatlar.
Oilada shaxslararo munosabatlar: Er xotin munosabatlari, ota onalar va farzandlar, qaynona kelin munosabatlarinio`z ichiga oladi. Oilaviy munosabatlarning muloqot madaniyati o`z – o`zini bilish va boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati, kishilarning xulqi va holatlariga nisbatan adekvat munosabat bildira olish, har bir odamga nisbatan muloqot shahli usuli va stillarini tanlay bilishdan iboratdir. Oilada shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo`lmaydi, er xotin, ota ona va farzandlar o`rtasidagi munosabatlar o`zigaq hos harakterga ega. Ota ona va farzandlar o`rtasidagi nizolarga quyidagilar sabab bo`ladi: Dunyo qarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi ba`zi bolalarni mehnatga o`rgatilmaganligi va buning oqibatida, yengil – yelpi hayot kechirishga o`rganib qolishi, ota – onalarning psixologik – pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi, ota – onalar bolalarda 3,6,13,14 yoshlarda muqarrar ravishda bo`lib o`tadigan krizislarni bilmaydilar, ba`z iota – onalarning ichkilikka ro`jo` qo`yishi, giyohvandlikka berilishi, ayrim yoshlarning farzandlik burchini unitib qo`yishi.
Hozirgi zamon oilalarining asosiy funksiyalari.
Har bir oila ijtimoiy tizim strukturasi sifatida jamiyat oldida ma`lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari deganda: Jamiyatning oilaga ta`siri, umumiy ijtimoiy tizimda, oilaning o`rni, oilaning hal qiladigan ijtimoiy – jamoatchilik funksiyalarini tushunish lozim. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari quyidagilar:



Oilaning iqtisodiy funksiyasi – oila o`zining iqtisodiy funksiyasi orqali jamiyatga davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi.


Oilaning reproduktiv funksiya oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda – oila sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo`lishi lozimligi nazarda tutiladi. Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – shaxs ma`naviyati uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e`tiqotidagialoqador ko`nikmalar majmui asosanoilada shakllanadi, oila – haqiqiy ma`naviyat o`chog`i, tarbiya omili va muhitidir. Oilaning kommunikativ funksiyasi – oila a`zolarining o`zaro muloqot va o`zaro tushunishga bo`lgan ehtiyojini qondirishga hizmat qiladi. nekriativ funksiyasi – o`zaro jismoniy, moddiy, ma`naviy va psixologik yordam ko`rsatish,bir – birining salomatligini mustahkamlash, oila a`zolari dam olishini tahlil etishdir. Oilaning felitsitologik funksiyasi – oilaviy munosabatlar tizimida shaxsiy baxtga erishishga intilish holatidir. Oilaning reguliyativ funksiyasi – oila a`zolari o`rtasidagio`zaro munosabatlarni boshqarish,birlamchi ijtimoiy nazorat o`rnatish, oilada ustunlik va obro`ni amalgam oshirish jarayonidir. Oilaning relaksatsiya funksiyasi – oilaning relaksatsiya funksiyasi – oila a`zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy – jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini qayta tiklash demakdir.
O`zbekistonda rasman e`tirof etilgan nikoh yoshidagi yigit-qizlarning barchasi ham aslida oilaviy hayotga tayyor bo`lmaydi. Ayniqsa, malakali mutaxasis bo`lish niyatida oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirgan talabalar oldida ma`lum ma`noda kasbiy tayyorgarlik bilan bit qatorda oilaviy hayotga tayyor bo`lish muammosi ham mavjud. Zero, aynan shu toifa yoshlarni oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Bu esa oliy o`quv yurtlarida malakali mutaxasislar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqdir.
O`zbekistondagi oilalarning aksariyat qismi yosh oilalarga to`g`ri keladi va ularning muayyan qismi bir vaqtning o`zida oliy o`quv yurtlarining talabalari hamdir.

Yüklə 258,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə