Oila va oilaviy munosabatlar o’rtasidagi qarashlar


Kaykovus Unsurulmaoni — 63 yoshida o‘g‘liga atab



Yüklə 22,75 Kb.
səhifə6/8
tarix17.12.2023
ölçüsü22,75 Kb.
#149711
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5258378475386975873

Kaykovus Unsurulmaoni — 63 yoshida o‘g‘liga atab
«QOBUSNOMA» yozib, unda o‘zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi.Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning «Ota-ona haqqini bilmoq zikrida» bobida bayon etilgan: «Har
bir farzandki, oqil va dono bo‘lsa, ota-ona, mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay».
Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» yoki «Qalblarning sevgisi» deb nom qo‘yilishi bejiz emas. Insoniyat dunyosida mavjud bo‘lgan 3 xil sevgining naqadar go‘zal, tabiiy va insoniyat taraqqiyoti uchun zarurligini zikr qiladi. Insoniy sevgi, chin muhabbat, ikki xil — Jinsning turmushda barkamollik kasb etishi kabi g‘oyalarni
tarannum etgan bu nodir asar bugungi davrimiz uchun ham g‘oyat g‘immatlidir.
Navoiy ayol kishining oiladagi o‘rniga quyidagicha to‘xtaladi:
«Yaxshi xotin — oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo‘lsa — ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa — jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar saranjom turadi.
Turmushda boshingga har qanday jafo tushsa, hamdarding u. Teskari aylanuvchi falakdan har balo kelsa, ko‘makdoshing u. Ko‘nglingga g‘am yuzlansa, u hamroh, badaningga xastalik va zaiflik kelsa, uning ham joni halak, ammo xudo ko‘rsatmasin, nomuvofiq xotin uchrasa, o‘z uyingda halokatli illat paydo bo‘ladi. U beandisha, shallaqi bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi va yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azob chekadi. Tili achchiq bo‘lsa, barchaning dilini yaralaydi, pokiza bo‘lmasa, eriga yuzi qoralik keltiradi, agar mayxo‘r bo‘lsa, uy odobi yo‘qoladi, axloqsiz bo‘lsa, oila rasvo bo‘ladi»
“O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolatini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl-nasabasi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushurdimo’g’illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib , xotinlariga yaqinlashishni ma’n etdim. Zero, sharobni ta’sirida dunyoga kelgan farzand nasl-nasabini buzilishiga ta’sir etgay debon shu pokiza yulni tutdim”
Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimda jiddiy ahamiyat berilgan. Ular «Nasihatnoma», «Pandnoma», «Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oila muqaddas, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog‘liq ekanligi haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalar hikoya qilinadi Shunday kitoblardan biri turk olimi Yusuf Tovasliy to‘plagan «Hikmatlar xazinasi»dir, unda kelin bo‘luvchi qizga beriladigan ona o‘giti kishining diqqatini o‘ziga tortadi. Unda ona uzatilayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: «Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdur, o‘git hammaga zarurdir. Nasihat bilmaganga o‘rgatadi, bilganni esiga soladi. Alloh bergan qonunga ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollarerkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni

Yüklə 22,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə