Oilada ma’naviyat va ma’rifatning tarkib topishi mundarija kirish



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə2/10
tarix19.04.2023
ölçüsü52,08 Kb.
#106373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oilada ma’naviyat va ma’rifatning tarkib topishi mundarija kiris (1)

Mavzuning dolzarbligi ana shu fikrlar nuqtai – nazarida kurs ishiga tanlangan mavzu o’zining dolzarbligi va muximligi bilan ajralib turadi. Shuni ta’kidlaymizki xalqning keng qatlamlarini va birinchi o’rinda yoshlarni umuminsoniy va milliy ma’naviy talablariga mos ravishda tarkib toptirish o’ta muhimdir.
Tanlangan muammo hozirgi paytda o’rganish arafasida turibdi, chunki uni o’rganish har tomonlama ma’noda tahlil qilish kelajak avlodni ijobiy tomondan shakllantirish masalasini hal qilishda katta rol o’ynaydi.
Ana shu narsa yoshlarda milliy ong, milliy g’ururni shakllantirishiga yordam beradi. Haqiqatdan ham taqqos qilib tadqiqotchi qayd etgani kabi bolalarda milliy g’urur, milliy ong, milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyat an’analari orqali shakllanadi va tarbiyalanadi.Tarbiyaga o’rgatilgan fazilatlarni o’quvchilardan qanday qilib talab qilish mumkin axir? Xalqimizda «Aql, bozorda sotilmas» - degan naql bor. Shunday ekan oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash har birimizning hoxish irodamizga qat’iy nazar olib borish shart bo’lgan hayotiy extiyojdan kelib chiqadigan zaruriyatdir. Yuqorida yuritilgan fikr – muloxazalarimizdan kelib chiqqan holda ishimizning maqsadi o’quvchilarni o’z millati va uning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari, an’analari, urf – odatlari haqida to’la ma’lumot berish, o’zligini anglash, milliy ong, g’ururga ega bo’lish bilan bog’liq milliy bilim ko’nikma va odatlarni shakllantirish eng muximi bolani o’z qadrini bilishga va o’zgalarni qadrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Bizning yuqorida bayon etilgan ilmiy ishimizning maqsadidan kelib chiqqan holda kurs ishimizning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.
- Milliy an’analari haqida nazariy va amaliy tushunchalar berish.
- Milliy an’analar yosh avlod tarbiyasida, ularda milliy g’urur, milliy ong, milliy iftixor, milliy o’zlikni anglash bevosita ijobiy ta’sir qiladigan vositaligi haqida o’quvchilarda ishonchni hosil qildirish, tushuntirish anglatish haqida samarali takliflar kiritish.
- Milliy an’analari tiklanayotganligi, ularga nisbatan kishilar munosabatini o’zgarayotganligi, eng muhimi ma’naviyatni rivojlanish borasidagi, davlat siyosatining izchil va qat’iyat bilan olib borayotganligi oilaviy tarbiyaning mazkur muammosini ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatni ochilayotganligini tushuntirish.
- O’quvchilarda milliy an’analarni qadrlash, hurmatlash tuyg’usini o’stirish va tarbiyalashning o’ziga xos jixatlarini tahlil qilish va hakozo.
Oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda milliy urf – odatlar va qadriyatlarning tutgan o’rnini va o’rgatish va tahlil qilish asosiy maqsadimiz ekan. Shu maqsadda o’zbek xalqi udumining tiklanishi millat milliy an’analar chuqur milliylik bilan umuminsoniylik bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganishdan ruhiyatga xulq – atvor falsafasiga ega bo’lish jarayonlarini tahlil qilishdan iborat. Xo’sh bu maqsad va vazifalar qanday amalga oshiriladi.
Bizningcha bu vazifani ilmiy hal qilishning to’g’ri yo’li o’quvchilar ongida xalqning tarixi va millat sifatida rivojlanishi haqida ham milliy an’analar to’g’risida ilmiy ma’lumot berishdan boshlash demakdir. Buning uchun har bir millat mavjud ekan albatta u millatning rivojlanishi uchun tarbiya mazmuni mohiyati o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilib qo’ymog’i kerak. Aksincha, shunday tarbiyaviy tadbir olib borilmasa, millatning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati va axloqi haqida to’la ilmiy ma’lumotga ega bo’la olmaydi. Tarbiyani milliy qadriyatlar asosida olib borib bormoqchi bo’lsak, ularni e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar avvalo ota – ona o’ziga mujassamlashgan bo’lishi zarur. Demak ota – ona oilada bolalarni milliy qadriyatlar asosida, ularda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi uchun qanday ta’lim – tarbiya berishi lozim degan savol tug’iladi?
Bu savolga javobni kurs ishimiz orqali yoritib berishni lozim topdik.
Bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni shart – sharoitlari va usullarini aniqlash.O’rganayotgan muammoga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish.
Mavzuning dolzarbligini yana bir muhim sabablaridan biri sobiq tuzim davrida qator urf – odatlarimiz, an’analarimizna putur yetganligi tufayli ularda kelib chiqadigan va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy qadriyatlarimiz ham xira torta boshladi. Xalqimizga xos bo’lgan xushmuomilalik, andishalik, bolajonlik, kattaga xurmat – kichikkka muruvvat, mehr – shavqat ko’rsatish, xalollik kabi odatlarimiz sekin – asta yo’qola boshladi.

Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə