Oilada ma’naviyat va ma’rifatning tarkib topishi mundarija kirish


Oilada axloqiy munosabatlarni yo’lga qo’yishda oilaviy an’analar, urf-odat va milliy qadriyatlarning ahamiyati



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə5/10
tarix19.04.2023
ölçüsü52,08 Kb.
#106373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oilada ma’naviyat va ma’rifatning tarkib topishi mundarija kiris (1)

1.2. Oilada axloqiy munosabatlarni yo’lga qo’yishda oilaviy an’analar, urf-odat va milliy qadriyatlarning ahamiyati
Inson moddiy jixatdan qanchalik boy bo’lmasin ammo ma’naviy jixatdan qashshoq bo’lsa u ilm ma’rifatga erisha olmaydi va shu bilan birga komil shaxs bo’la olmaydi.
Milliy qadriyatlarimiz urf – odat va an’analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkaziladigan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharof bilan o’ta oladi. Shunday ekan xalqimizning madaniy merosi, yuksak mahnaviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirish ayniqsa yosh avlodni ma’naviy yetuk fidoiy kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u bilan qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mexnat qilish kerak. Oila bolaning ma’naviy – axloqiy fazilatlarigagina emas, balki uning o’z – o’zini anglashiga, milliy ongiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Shu jumladan oilaning bolaga tarbiyaviy ta’siri doirasini ham kengaytirishga olib yetadi. Bunda oiladagi turmush sharoiti, undagi tartib – intizom, urf – odat va an’analar bolaga yo ijobiy yoki salbi ta’sir etish mumkin.
Ayrim onalar uchun ko’tarinki rux doimiy barqaror bo’ladi. Bunday oilalarda kelishmovchilikka, nifoqqa o’rin qoldirmaydi. Oilaning har bir a’zosi o’zaro mehribon, g’axo’r ittifoqli bo’ladi. Mehnat har birining ijtimoiy majburiyati, oila a’zolari hayotida ro’y berayotgan har qanday voqyea hamma tomondan shodiyona va tantanali hisoblanadi.
Tabiiyki bunday oilada o’sib tarbiyalanayotgan o’g’il va qiz, g’amxo’r, mehribon, o’rtoqlariga iltifotli, mehnatsevar, tirishqoq bo’lib o’sadilar. O’zbek oilalarida mansub an’analar va ularning bolalarining ma’naviy – axloqiy tajribasidagi ta’siri nihoyatda katta ekanligi hayot tajribasi hisoblangan.
BULAR:
Diniy va zamonaviy bayram an’analari.
Kundalik turmush an’analari.
Oilaning maishiy turmush an’analari.
O’zbek xalq an’analari mazmunan boy va keng bo’lib, unda turli shakldagi: mazmuni, usuli, yo’nalishi vositalari va maqsadi jixatdan farq qiladigan yo’nalishlari. Har bir yili o’zbek oilalarida an’anaviy bayram – Navro’z zo’r xursandchilik bilan kutib olinadi. Bu qadimiy bayram tabiatning uyg’onishi, uning go’zalliklarini namoyish etuvchi ramziy xususiyatga egadir. Navro’zni dastlab oilalarda, so’ngra shahar va qishloqlarda, dala – bog’larda, sayllarda ko’tarinki rux bilan nishonlashga odatlangan.
O’rta Osiyo va Qozig’istonda juda mashhur bo’lgan «gul sayli, u xosil bayrami», «qovun sayli» va boshqa shu kabi bayramlar hamda marosimlar esdan chiqarildi. Oilaviy an’analarni o’rganish, uning xalqchilligini, milliy xususiyatini bilish, xalqning ma’naviy go’zalligi va bilishdir.
Mustaqillik xayotimizning hamma jabxalariga dadilroq kirib borgani sari har bir xalq, har bir millatning tarixidan bugungi kunda ham dastur qilib olsa bo’ladigan an’analari chuqurroq o’rganib, jonlashtirish kerakligini anglayapmiz.
Biz shartli ravishda ijtimoiy – siyosiy an’analar deb atagan bu an’analar jamiyat va oila manfaatlarining mafkuraviy mevalarining qaror tanishida namoyon bo’ladi.
Yana biz shartli ravishda oilaviy – ijtimoiy urf – odatlar va an’analar deb ataydigan an’analar ham bor. Bularga yangi shakllarda tashkil qilinayotgan va o’tkazilayotgan nikox marosimlari, oila a’zolarini sharafini jamoa bo’lib ximoya qilish, tug’ilgan kunning muborakbot etish, onalar bayrami, yubiley, yigit va qizlarning yetuklik yoshini nishonlash, kumush oltin to’ylar, nafaqaga kuzatib qo’yish, shunga o’xshashlarni kiritib qo’yish mumkin.


Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə