Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə11/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

Oraliq nazorat

20

Yozma yoki test shaklida



Fanning dars jadvalidagi vaqtiga mos holda

Yakuniy nazorat

50

Yozma yoki test shaklida

Fanning dars jadvalidagi vaqtiga mos holda

Jami

100







Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy balli har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq quyidagi formula orqali hisoblanadi:
YaB=DI+JN+ON+YaN
bu yerda: DI – dars mashg‘ultotlaridagi ishtirok; JN – joriy nazorat; ON – oraliq nazorat; YN – yakuniy nazorat.
Eslatma: dars mashg‘ultotlaridagi ishtiroki, joriy nazorat va oraliq nazoratlar uchun ajratilgan jami ballar (50 ball)ning kamida 60 foizini to‘play olmagan talabaning yakuniy nazoratga kirishiga ruxsat berilmaydi.
IX. Akademik talablar
O‘qituvchi va talaba o‘trasidagi o‘zaro munosabat samimiy va beg‘araz bo‘lishi
lozim, talaba mustaqil bajargan topshiriqlarni belgilangan tartibda elektron pochta yoki o‘quv platforma orqali yuboradi va javobni ham shu tartibda oladi. Belgilangan muddatda bajarilmagan topshiriqlar qayta qabul qilinmaydi. O‘qituvchi talaba tomonidan bajarilgan topshiriqlarni antiplagiat dasturida tekshiradi, originallik darajasi 70 foizdan past bo‘lgan ishlar baholash uchun qabul qilinmaydi. Talabaning bajargan topshirig‘i 2 martagacha antiplagiat dasturida tekshirilishiga imkoniyat beriladi, natija talab darajasida bo‘lmasa ish qabul qilinmaydi.
X. Ushbu sillabus Urganch RANCH Texnologiya universiteti kengashining 2023- yil “___” ______ dagi ____-sonli bayonnomasi bilan maʼqullangan.
XI. Taqrizchi
Primov I.A. Urganch davlat universiteti
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri,
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

O‘ZBEK TILI” FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR


1 - amaliy mashg‘ulot:


Nutqiy mavzu: O‘zbekiston – yagona Vatan.
Gram. mavzu: Hozirgi o‘zbek adabiy tili bo‘limlari va me’yorlari.


Reja:
1. “O‘zbekiston – yagona Vatan” mavzusidagi matnni o‘qish.
2. Matndan tayanch so‘z va iboralarni ajratib yozish. Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida qisqa ma'lumot yozish.
3. Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi.
O‘ Z B E K I S T O N – Y A G O N A V A T A N

O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashganligini hammamiz bilamiz. U 448,9 ming kv. km. maydondan iborat. O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri bo‘lib, davlat tili o‘zbek tilidir. Dunyo xalqlari O‘zbekistonni 1991-yil 1-sentabrdan mustaqil davlat sifatida biladi. O‘zbekistonning o‘z bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, pul birligi, qurolli kuchlari bor. 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va bu kun har yili bayram sifatida nishonlanib kelinyapti. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyoning qariyb barcha davlatlari bilan o‘zaro elchixonalar ochib, mustahkam aloqalar o‘rnatmoqda. O‘zbekistonning xalqaro obro‘yi kundan kunga ortib boryapti. O‘zbekiston yoshlari yangi ochilayotgan universitetlar, institutlar, kollejlar, litseylarda ta’lim olayotirlar. Yoshlar bilim olish, malaka oshirish, tajriba almashish uchun chet ellarga borib kelmoqdalar. Respublikamizda o‘zbeklar bilan bir qatorda qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, tojiklar, tatarlar, uyg‘urlar, ruslar, koreyslar, yahudiylar kabi o‘nlab boshqa millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek yashaydi. O‘zbeklar ham Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘izistondan tashqari, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy, Suriya, Iordaniya, Eron, Iroq, Birlashgan Arab Amirligi, Misr, Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Italiya, Angliya, AQSH, Hindiston, Pokiston, Yaponiya, Tayvan kabi mamlakatlarda yashaydilar. O‘zbekiston qadimiy va boy tarixga ega. Har yili Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalarni ko‘rish uchun ko‘plab sayyohlar tashrif buyurishadi. Bu yurtdan yetishib chiqqan Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ismoil Buxoriy, Zamaxshariy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Rumiy, Xoja Samandar Termiziy kabi yuzlab qomusiy allomalarning ilmiy, ijodiy meroslari faqat O‘zbekistonda emas, butun dunyo ilm maskanlarida o‘rganilyapti. O‘zbekiston nafaqat o‘tmishi, balki kelajagi ham buyuk mamlakatdir.





Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə