Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə12/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad: talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisoslik doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, ularning og‘zaki va yozma nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashga erishishdan iborat.


Fanning vazifalari:
– mutaxassisning kundalik mehnat faoliyati hamda turmushida zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olishlari va yozishlari;
– ixtisoslikka oid turli uslublarda matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirish;
– oliy ta’limda talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish;
– ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha matnlarni erkin tuza olish orqali o‘zbek tilini mukammal egallashga erishish;
– talabalarga davlat tilini zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda yetkazish.


O‘zbek alifbosi


Aa Bb Dd Ее Ff Gg Hh li Jj Kk Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz O‘o‘ G‘g‘ Sh sh Ch ch Ng ng '


Hozirgi o‘zbek adabiy tili bo‘limlari

Til o‘z ichki tuzilishiga ega. Tilning ana shu ichki tuzilishidan qaysi birini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani ham bir necha bo‘limlarga bo‘linadi.


1. Fonetika ( fon–tovush degani). Bu bo‘limda tovush tuzilishi, unli va undosh tovushlar, ularning o‘zaro munosabati, bo‘g‘in, urg‘u, tovushlarning tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan holatlardagi o‘zgarishi, so‘z tarkibida yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri, talaffuzi va imlosi o‘rganiladi.
2. Grafiya va orfografiya (grafo–yozaman, ofro–to‘g‘ri). Grafikada alfavit, ya’ni harflar tizimi, orfografiya(imlo)da to‘g‘ri yozish qoidalari o‘rganiladi.
3. Orfoepiya( epiya–talaffuz qilmoq). Bu bo‘limda to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlari o‘rganiladi.

Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə