Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə31/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

7 – amaliy mashg‘ulot:
Nutqiy mavzu: Iqtisod va hayot
Gram. mavzu: Matndagi termin va iboralarning ma'nosini izohlash. Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar.
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini izohlash.
2. Mamlakat iqtisodiyotida yuz bergan yangiliklar haqida xabar tayyorlash.
3. Iqtisodiy terminlar tarkibidagi qisqartma otlar lug‘atini tuzish.
4. Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar.


IQTISOD VA HAYOT
Inflatsiya

Inflatsiya – iqtisodiyotga tegishli jarayon bo‘lib, bunda muomaladagi qog‘oz


pulning haddan tashqari ko‘payib ketishi ro‘y beradi. U chiqarilgan qog‘oz pullar
miqdori o‘zgarmagan sharoitda ishlab chiqarishning pasayishi natijasi ham ro‘y
berishi mumkin. Inflatsiya baholar o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi tufayli ham yuz beradi. “Inflatsiya” so‘zi qayerdan kelib chiqqan?
Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida grinbek
deb ataluvchi qog‘oz pullarning haddan ortiq miqdori (450 mln.qog‘oz pullar)
muomalaga chiqarilgan, ammo ularning xarid qobiliyati 2 yil ichida 60 foizga
tushgan. Natijada inflation – bo‘rtib chiqish ma’nosini beruvchi lotin so‘zidan paydo
bo‘lgan “Inflatsiya” tushunchasi ilk bor ishlatila boshlangan.
Inflatsiya – iqtisodiy organizmning paydo bo‘lgan moliyaviy buzilishga tezkor
reaksiyasi, uning oldini olish harakati, tovarlar va pul o‘rtasida muvozanatni
saqlashga erishish lozimligini ko‘rsatuvchi belgidir. Yoyilish joyini hisobga olgan holda quyidagi inflatsiya bo‘lishi mumkin:
– lokal (bir mamlakat doirasida);

– jahon (bir necha davlatlar yoki mintaqalarda);
Rivojlanish tavsifiga bog‘liq holda quyidagi inflatsiyani ajratish mumkin:

– ochiq (hech kim uni ushlab turmaydi va boshqarmaydi);
– yashirin (bu holda davlat sun’iy yo‘l bilan baholar o‘sishini ushlab turadi va
yangi deb aytiladigan tovarlarga baholarni oshradi va h.k.).
Baholar o‘sish sur’atlarini hisobga olgan holda inflatsiya quyidagicha bo‘ladi:
– o‘rmalovchi, me’yorida bo‘ladigan inflatsiya, bunda baholar sekin, lekin
to‘xtovsiz o‘sadi;
– sakrab boruvchi. Bunda baholar keskin o‘sa boshlaydi. Sakrab boruvchi
inflatsiyada uzoq muddatli va ayrim o‘rta muddatli bahosi qimmat
loyihalarning amalga oshirilishi to‘xtatiladi.
Inflatsiyaning yana bir turi – giperinflatsiyadir. Bunda kreditlar faqat o‘ta qisqa muddatga beriladi. Giperinflatsiya ro‘y bersa, aholi puldan qochadi, pullar o‘ta qadrsizlanadi. Aholi esa o‘z mablag‘larini pul shaklida tutib turishga bo‘lgan xohishini yo‘qotadi va ularni moddiy ne’matlarga sarflaydi. Inflatsiya, naqd pullarning qadrini yo‘qotib, har xil sinflar o‘rtasida daromadlar va boylikning qayta taqsimlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, mehnatkashlar ahvolining yomonlashiviga olib keladi, ularning hayot darajasini pasaytiradi, ishsizlikni ko‘paytiradi. Davlat pul siyosatini mustahkamlash, daromadlarni tartibga solish, baholarni cheklash bilan inflatsiya o‘sishiga bardosh beradi.



Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə