Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


GRAMMATIKA. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə30/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

GRAMMATIKA. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.

O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish,
terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari
o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek
tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga
kelishi ham shu davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim
berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy
tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili
lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi
ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan
edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni
lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-
yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy
masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik
jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi,
mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi. Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. 1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi. Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an’anasini davom ettirib, ko‘rsatilgan “Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek
qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan,
uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e’lon
qilindi. Atamaqo‘m mana shu prinsiplarga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning
turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasini chiqara boshladi. Shuni aytish kerakki, tilda an’anaviy tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor. Qadimgi iqtisod atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr,
ya’ni bozor iqtisodiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati
bilan iqtisod terminlar beqiyos boyib bormoqda. O‘zbek tilining iqtisodiy
terminlarini to‘plash, sistemalashtirish, ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish va shu
asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga solish zarurati tug‘ildi.

Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə