Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə26/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

4-mashq. Arхaizmlarning hоzirgi kundagi sinоnimlaridan mоsini qo‘yib lug‘at tuzing.
Ulus - mo‘ndi – ashu -
lang- sas – ashuq -
dоrilfunun - aqcha – aqru -
tilmоch - ko‘mak – ilik -
chig‘iriq - sarrоf – farmоn –
bitik - sahhоf – bayoz -
budun - bazzoz -
хalq, tarjimоn, kitоb, uskuna, asta, cho‘lоq, buyruq, yordam, to‘plam, pul, univеrsitеt, charхpalak, оvоz, pul almashlоvchi, muqovasoz, gazlamafurush, qizil tuproq, qo‘l.


4 - amaliy mashg‘ulot:
Nutqiy mavzu: Muzeylar, o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik
Gram. mavzu: Atamalar va ularning vujudga kelishi.


Reja:
1. “Muzeylar - o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik” mavzusidagi matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. O‘zbekiston muzeylaridan biri haqida taqdimot tayyorlash.
2. Jahonning mashhur muzeylari haqida qiziqarli ma'lumotlar tayyorlash.


Muzeylar - oʻtmish va kelajak o‘rtasidagi koʻprik
Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli oʻtmishimiz, tariximiz aks etgan. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov : “Tarixsiz – kelajak yoʻq”, - deganlaridek, tariximizni bilish, uni oʻrganish bizning oliy va
sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam
beradi.
1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan.Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboyev, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboyev tomonidan ishlangan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan.Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.
Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga
aylangan. “Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, “Amir Temur – Klavixo – Samarqand”, “Xorijdagi merosimiz”, “Samarqand durdonalari”, “Shohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’y-harakati bilan “Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda “Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy –ma’rifiy maskanlardan biri bo‘lib, bu
yerga doim o‘qituvchi va o‘quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o‘rganish va o‘zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Muzeyga kirar
ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy
buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori
Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Muzeyga
tashrif buyuruvchilar orasida davlat, hukumat va parlament delegatsiyalari, xalqaro
tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlarning ko‘pligi tariximizga xorijda ham qiziqish tobora ortib borayotganidan
dalolatdir.

Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə