Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUN IJODKORLIGI



Yüklə 105,86 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü105,86 Kb.
#167162
1   2   3   4   5   6
Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUN IJODKORLIGI
O’zbekiston Respublikasi Kons­titutsiyasining 82- moddasida qo­nunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lgan subyektlar aniq belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Sudi, Oliy xo’jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar. Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy Majlisga taqdim etiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash uchun deputatlar orasidan qo’mitalar va komissiyalar saylaydi. Parlamentning navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko’rish vа uni o’tkazish bo’yicha qo’mita va komissiyalar rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuziladi. Oliy Majlis zarur bo’lgan hollarda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish vа boshqa kichik komissiyalar tuzadi va ularning tarkibiga olimlar, mutaxassislar jalb etiladi. Qonunlar loyihalarini ko’rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo’mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko’rish qanday borayotganligi ommayiy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini Oliy Majlisda doimiy ishlamaydigan deputatlarga oldindan yuborish, ularning takliflari va fikr-mu­lohazalarini olish tartibi joriy qilingan. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan o’tkaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo’yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosa­larini Oliy Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari huzurida tegishli qo’mitalar, kotibiyat, bo’limlar va partiya fraksiyalari rahbarlari, ishchi guruhlarining a’zolari va ekspertlar ishtirokida puxta va atroflicha muhokama etish yo’lga qo’yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuy, ularning puxta va sifatli bо’lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar ishida O’zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada уах­shilashga muttasil e’tibor berishi O’zbekiston parlamenti faoli­yatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonun­larning samaraligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-1999- yillarda 15 ta sessiya o’tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo’shimcha va o’zgarishlar kiritildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifi­katsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi: "Еng muhimi, birinсhi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o’tgan davr mobaynida ko’ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan murakkab bir sharoitda, Оliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqaror­likni saqlab turishda ishonchli omil bo’ldi".
I. А. Karimov. Vatan ozodligi - oliy saodat. Asarlar, 8- jild, 60- bet.
Birinchi chaqiriq respublika Oliy Маjlisining 1999- yil 19-20- avgust kun­lari bo’lib o’tgan 15- sessiyasi ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to’g’risida qaror qabul qildi. 1999- yil 5- dekabr kuni Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar bo’lib o’tdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo’lgan saylov­larda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Saylovlar aholining fаоl ishtiroki va yuqori siyosiy ko’tarinkiligi bilan o’tdi, jami 250 nafar , vakil deputat etib saylandi. Nаtijаlаr O’zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga mos ravishda, chinakamiga muqobillik asosida bо’lib o‘tganligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik orgаnlаndаn sаylаngаn 111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasldan saylangan 48 kishidan, "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan saylangan 20 kishidan, "Adolat sotsial-demokratik" partiyasi­dan saylangan 11 kishidan va "Мilliy tiklanish" partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchi­lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro’yxatga olindi. Вu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko’payganligini ko’rsatadi. Вu o’z navbatida Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg’in o’tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi. Mazkur sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qo’mitalari va komissiyalari tashkil etildi:
. Budjet, bank va moliya masalalari qo’mitasi.
. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi.
. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi.
. Agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat qo’mitasi.
. Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo’mitasi.
. Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo’mitasi.
. Ijtimoiy masalalar va bandlik qo’mitasi.
. Fan, ta’lim, madaniyat va spbrt masalalari qo’mitasi.
. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi.
. Matbuot va axborot qo’mitasi.
. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi.
. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi.
. Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 30-31- avgust kunlari bo’lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan "Yoshlar ishlari qo’mitasi" shaklida qayta tuzildi).
. Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissyasi.
. Oila va ayollar muammolari komissiyasi.
. Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’zining tarkibiy tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan bloklar soni jihatidan bi­rinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukamallashdi. Вu mamlakatimizda amalga oshirilayot­gan demokratik islohotlarning tobora chuqurlashib borayotgan­ligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalari­ning tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta partiya fraksiyalari vа 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni rivoj­lantirishda yangi bosqich bo’ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilаn mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari, intilishlari, muаmmо­larining yechimlarini topishiga yo’naltirilgan "Yoshlar ishlari komissiyasi"ning tuzilishi va keyinroq uning "Yoshlar ishlari qo’mitasi"ga aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. Parlament tarkibida "Oila va аyоllаr muammolari komissiyasi"ning tuzilishi oilani mus­tahkamlash, xususan yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, ijti­moiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko’tarish bilan bog’liq bо’lgan muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Oliy Majlis tarkibida "Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi" ning tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonini tez­lashtirishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston mustaqil taraqqiyoti dаvridа respublika bir palatali раrlаmenti yangi Jamiyat qurishning ishonchli huquqiy asoslarini yara­tuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, res­publika parlamenti bir palatali bo’lsa-da, qonun chiqarish jarayoni ancha jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o’zi talab qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilаn dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy vakuum tezroq to’ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va bаrqаrorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko’ra besh yo’nalishga bo’lish mumkin. Birinchi yo’nalishga - O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik huquqiy davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi.
. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida" Qonun, 1991- yil 31- avgust. 1991- yil 30- senta­brda ushbu qonunga konstitutsiyaviy maqom berish to’g’risida qonun qabul qilingan.
. "O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- noyabr.
. "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- noyabr.
. "O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyul.
. "Umumiy hаrbiy majburiyat va hаrbiy xizmat to’g’risida" vа "Muqobil xizmat to’g’risida" Qonunlar, 1992- yil 3- iyul.
. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi", 1992- yil 8- dekabr.
. "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 10- dekabr.
. "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 6- mаy.
. "Davlat sirlarini saqlash to’g’risida" Qonun, 1993- yil 7- mаy.
. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.
. "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.
. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” Qonun, 1993- yil 28- dekabr.
. “Xalq deputatlarining viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida” Qonun, 1994- yil 15- may.
. “Milliy Xavfsizlik to’g’risida” Qonun, 1996- yil 24- aprel. 1997- yil avgust.

“Partiya” so`zining kelib chiqishi lotincha “qism”, “bo`lak” ma`nosini bildirib dastlab Qadimmgi Gretsiya va Yunonistonla paydo bo`lgan. Bugungi siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy xayotida munosib o`ringa ega bshlishi, avvalo siyosiy maqomni aniq tasavvur etishi, jamiyat siyosiy xayotida tutgan o`rni, maqsad va vazifalariga mos amaliy faoliyat ko`rsatishi bilan belgilanadi.


AQShda partiyalar faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunchilik tizimi mavjud. Bu qonunchilikni asosiy qismini shtatlarning aloxida qonunlari tashkil etadi. AQShda 2 ta asosiy partiya qolgan partiyalardan ustunlikka ega.
Bu partiyalardan biri «Respublika» partiyasi bo`lib, 1854 yili tashkil topgan. «Respublika» partiyasi faoliyati AQSH halqining turli tabaqalarni o`z orqasidan ergashtirsa ham, asosiy maqsadi monopoliyalar manfaatini ximoya etish.
«Respublika» partiyasi raqibi «Demokratik» partiyadir. U 1928 yili tashkil topgan, halq orasida katta eotiborga ega. Asosiy maqsadi millatni rivojlantirish uchun, tadbirkorlikka qaratilgan. Tadbirkorlarga sharoitlar yaratib berish, buning uchun har xil ko`rinishlar o`tkazish kerakligini talab qilinadi. Ularni saylov paytida ayniqsa uyushmalar qo`llab quvvatlaydi. Tashqi siyosatda harbiy ustunlikka erishishni maqsad qilib qo`ygan.
Ikkala partiya ham kuchli bo`lib, AQSH Kongressida o`z fraksiyalariga ega. Aynan shu ikkala partiya orasidan prezidentlikka nomzod qo`yiladi. Bu partiyalar bir biriga juda o`xshash. Bu partiyalardan tashqari boshqa partiyalar ham mavjud. Masalan, proxibitsionistlar partiyasi(alkogol ichimliklar savdosini taqiqlashni maqsad qilib olgan). Yana uchta partiya bor(sotsial demokrat, ishchilar sotsialistlar, sotsialistik leyboristlar partiyasi), ammo ulraning mavqei baland emas.

Meksika davlatida siyosiy partiyalar huquqiy xolati 1977 yilgi siyosiy partiyalar to`g`risidagi federal qonun bilan tartibga solinadi. Bunga ko`ra partiyalar o`z nomzodlarini saylovga qo`yishi uchun 2 shartni bajarishi lozim.


nomzodlarni qo`llash haqida 85 ming imzo yiish,
shtatlarning yarmi va har bir shtatdan 3 000 ovoz yiish darkor.

Meksikadagi ko`zga ko`ringan partiyalardan biri «Institutsion revolyutsion partiya»dir. U 1929 yili tashkil etilgan, o`z orqasidan aholining keng qatlamini ergashtira oldi. U 3 sektorga bo`linadi;


1963 yili mustaqillikka erishgan bir paytda Keniyada ikkita umummilliy parlament bor edi.


Keniyaning Afrika milliy itifoqi partiyasi kuchli siyosiy iashkilot bo`lib, ular o`z saflariga mamlakatning turli qatlamlarini birlashtirgan va mustaqillikka erishishga harakat qilgan. Keniyaning Afrika milliy itifoqi partiyasi 1960 yili 30dan ortiq tashkilot va partiya va qabila guruhlaridan tashkil topgan. Bu partiya aozolari asosan dexqonlar ishchilar va ziyolilar edi. U xukumat tepasida bo`lgan yillari iqtisodni mustahkamlashga harakat qildi. Partiya nizomiga ko`ra Keniyaning 14 yoshli fuqarosi 2 yilga partiya biletini sotib olib unga aozo bo`lishi mumkin. partiyaga aozo bo`lish har xil ishlarni bajarishni talab etmaydi. Partiyaning yuqori organlari partiya konferensiyasi va partiya komiteti xisoblanadi. Partiyaning 150-200 ming aozosi bor.
Keniyaning yana bir partiyasi Afrikaliklar demokratik partiyasi bo`lib, ular mayda qabilalarni ximoya qilish, Keniyada demokratik davlat tuzish tarafdoridir.
1963 yili parlament saylovlarida Milliy ittifoq partiyasi demokratik partiya ustidan alabaga erishdi. Bu partiya parlamentda 2/3 o`rinlarga ega bo`ldi. Bundan so`ng demokratik partiya tarqatildi va uning aozolari Keniya milli yittifrqi partiyasiga aozo bo`lishdi.
1968 yili parlament tomonidan qonun qabul qilingan bo`lib unga ko`ra hokimiyat har qanday davlat manfaatlariga zara yetkazadigan siyosatni olib boruvchi partiyani ro`yxatdan o`tkazmasligi mumkin. 1969 yili xukumat ushbu qonun talablariga javob bermaydigan KPU partiyasini ish faoliyatini to`xtatdi.
Bundan so`ng mamlakatda hech qanday partiya faoliyat qursatmay qoldi. Keniyada KAPU partiyasi faoliyat ko`rsatmoqda, YA`ni bu yerda yakkapartiyaviylik tizimi o`rnatildi.
Buyuk Britaniya qonunchiligda partiyalar xaqida aytib o`tilmagan.
Buyuk Britaniyada konservatorlar partiyasi muhim urin tutadi. U monopolistlarni va yirik yer egalarini manfaatlarini kuvvatlaydi. Bu partiya o`z orqasida ishchilarni ham ergashtira oldi. Konservatorlar partiyasi aozolari badallik to`loqlarini to`lamaydi. Bu partiyani moliyaviy jixatdan monopolistlar ta`minlaydi. Bu partiyaning kariyb 9 mln. aozosi bor. Ular xususiy tadbirkorlikni maoqullaydi.
Konservatorlar partiyasi asosiy raqibi liberallar partiyasidir. Bu partiya 20 asr boshlarida kasaba uyushmalar yordamida tashkil etilgan. Bu partiyaga butun bir tashkilot yoki jismoniy shaxslar ham aozo bo`la oladi. Xozirgi kunda leyboristlar partiyasiga 280 ming aholi, 6.5 mln. odamlar kasaba uyushma orqali 43 ming odam boshqa tashkilotlar orqali aozo bo`lgan. Bu partiya ishchilar partiyasidir. 1983 yilgi saylovlarda bu partiya yirik malubiyatga erishdi u 27.6 % ovoz oldi xolos. Buyuk Britaniya xayotida neofashistik partiya, «Milliy front », o`z o`rniga ega. bu partiya 19767 yili to`zilgan.
Liberallar partiyasi 1877 yili tashkil topgan. 20 asr boshlarida konservatorlar bmilan kurash olib borgan, ammo keyinchalik o`z ahamiyatini yo`qotdi.
Hindiston qonunchiligida partiyalar xaqida aytilmagan. Hindistonda partiyalar tez almashadi va parchalanadi.
Eng nufo`zli partiya «Xind Milliy Kongressi»partiyasi bo`lib, u 1885 yili to`zilgan. Bu partiya 1947-1977 yillarda hokimiyat tepasida bo`lgan. 1976 yili bu partiyadan «Indira Xind Milliy kongressi» partiyaisi ajralib chiqdi.
O`ng kuchlarni «Bharatiya djakata partiyasi», «Djanata parti», «Domet mazdur kisan parti» birlashtiradi.
Hindiston kommunistik partiyasi 1925 yili tashkil etilgan bo`lib, u so`l kuchlarni birlashtiradi. Bu partiya asosan Bihar va Utar provesh shtatlarida o`rni katta.
Yaponiya konstitutsiyasida partiyalar xaqida hech narsa deyilmagan, ammo ijtimoiy fondlarni nazorat qiluvchi qonun bor.
Yaponiyada asosiy partiyalardan biri Liberal demokratik partiyadir. U 1955 yili tashkil topgan. Bu partiya Yaponiya va AQSH o`rtasidagi aoloqalarni mustahkamlash tarafdori. 1955 yildan beri LDP Yaponiyada saylovlarda muntazam olib keladi. 1986 yili LDP parlamentdagi 500 o`rindan 300 o`rinni egallagan.
1964 yili buddistlar «Adolatli boshqarish patiyasini»tuzishgan. Ularning maqsad noaniq tuzum «gumon sotsializm»dir.
Yaponiya sotsialislarning eng o`ng guruhi 1960 yili Demokratik sotsializm partiyasini tuzishdi. Bu partiya kommunizmga qarshidir.
Yaponiya sotsialistik partiyasi ishchilarga juda zo`r ta`sir etadi, chunki uni Kasaba uyushmasi bosh kengashi quvvatlaydi. Ularning maqsada Yaponiyada sotsialistik jamiyat qurishdir. Ular kommunistlar bilan birga ishlasada, xukumat tuzishda aloxidadir.
Yaponiya kommunistik partiyasi 1920 yili to`zilgan. Uning 480 ming aozosi bor. Ularning maqsadi AQSH va Yaponiya monopoliyalariga qarshi kurashdir. Ularning oyasi Yaponiya demokratik davlat qurish.
Yaponiya partiya tizimida LDP xukmronlik qiladi. Saylovda hech bir partiya unga qarshi chiqmaydi. LDP va YAKP birlashishi ularning mavqeini mustahkamlab qo`ydi.
Italiyada siyosiy partiyalar ma`lum darajada konstitutsiyaviylashtirilgan bo`lib, konstitutsiyada fuqarolarning erkin birlashishi va davlatni boshqarishda katnashishi aloxida belgilab qo`yilgan. 1974 yilgi qonun amalda partiyalarning davlat moliyaviy ta`minlaydi. Partiyalar davlatga kelgan daromad manbai xaqida ma`lumot beradilar. Italiyada ta`sirchan va nufo`zli partiya bu Xristan demokratik partiyadir. U 1993 yilda Vatikan bilan uzviy bog`liq xolda tashkil etilgan. Bu partiya Italpyan monopolistik guruhlarning eng qudratlilarni manfaatlarini ximoya qiladi.
O`z siyosiy kuchi orqali dehkonlarni va shaharli ishchilarni nazorat qiladi va ushlab turadi. XDP saflarida 1,8 mln. aozo bor. XDP katolik cherkov bilan uzviy bog`liqdir. XDP bir necha jamoa tashkilotlarni va kasaba uyushmalarni ximoya qiladi. XDPning asosiy siyosiy oyasi katolik cherkovni kuvvatlaydi, xususiy mulk daxlsizligini tarib qiladi, ishchi va dexqonlar harakatiga qarshi chiqadi. Tashqi siyosatda AQSH harbiy aloqalarni mustahkamlash tarafdori. Italiyada neofashistik partiyalar ta`siri kam. Urushdan keyin fashistlar tarafdori birlashdi. 1947 yilda Italpn sotsial kafolat partiyasini to`zdilar.
1972 yilda monarxistlar bilan qo`shilib yangi nom «Italpyan sotsial harakati»nomini oldi. Bu partiya tarafdorlari turli xildir. Bu partiya teroristik guruhlar bilan doimiy aloqadadir. Ishchi va dexqon partiyalarni birlashmalariga qarshidir. Bu partiya konstitutsion isloxotlar o`tkazish tarafdoridir. Italiya liberal partiyasi 1848 yilda tashkil topgan va xozirda nufo`zi baland emas. Ularinng oyasi xususiy tadbirkorlikka erk berish va davlatning bunga aralashmasligi. Italiyaning respublikachilar partiyasi liberallar partiyasiga o`xshab obro`yi katta emas.
Italiya sotsial demokratik partiyasi 1952 yilda to`zilgan. 1966 yilda sotsialistlarga ko`shilgan, oradan 3 yil o`tgach yana ajralgan. Bu partiyada asosan o`rta xol aholi, xizmatchilar, yuqori xaq oluvchi ishchilar birlashgan. Bu partiya safida 30000 aozo bor. Uning arboblari Italiya mehnat ittifoqiga raxbarlik qiladi. Ularning asosiy oyasi huquqiy davlat qurishdir. Ichki va tashqi siyosatda XDP bilan bolanib ketadi. Italiya sotsialistik partiyasi mamlakatdagi so`l partiyalardan xisoblanib 1892 yilda to`zilgan. Dastlab kommunistlar bilan keyin kapitalistlar bilan hamkorlik qildi. Uning saflarida 500 ming aozo bo`lib, 2/3 qismi xizmatchilar va ziyolilar. ISP vakillari, Kasaba uyushmalar va birlashmalar mahalliy davlat hokimiyat organlarida hamkorlik qilsada,ahamiyati kamdir. Mamlakatdagi yirik partiyalardan biri Italiya kommunistik partiyasi bo`lib, 1921 yilda tashkil topgan. IKP ommaviy partiyadir. O`z orqasida ishchilar sinfini, dexqonlarin va ziyolilarni demokratik doirasiga ergashtirdi. IKP SDP bilan birgalikda mamlakatdagi yirik ishchi- dexqonlar ittifoqlari, kasaba uyushmalari va birlashmalarini boshqardi. Italiya partiyaviy ommasi ko`p partiyaviylik tizimiga kiradi. Xukumatni 4-5 partiya tashkil etadi. Garchi XDP va IKP boshqfalardan ustun bo`lsada boshqa partiyalar madadisiz hech narsa qilolmaydi. 1946 yil 2 iyunpda referendum o`tkazildi. Unda asosiy masala davlat boshqaruv shakli va «ta`sis yiilishiga» saylov edi. Shundan so`ng



Yüklə 105,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə