Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati



Yüklə 105,86 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü105,86 Kb.
#167162
1   2   3   4   5   6
Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati


Partiyaning veb-sayti hamda elektron adresi: http://www.uzlidep.uz/
O’ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI HAQIDA
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi - O’zbekiston XDP) 1991 yil 1 noyabrdagi partiyaning Ta'sis qurultoyida asos solindi.
2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko'ra, partiya 378 ming 227 nafar a'zoni birlashtiradi. Partiya a'zolarini bevosita birlashtiradigan 10150 ta boshlang'ich tashkilot faoliyat ko'rsatadi.
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi O’zbekiston Respublikasinining ijtimoiy qollab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolarining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Eng avvalo, bular iqtisodiyotda band bo’lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlardir. Bular - pedagoglar, vrachlar, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalar, pensionerlar hamda, imkoniyatlari cheklangan kishilar.
O’zbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko'zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o'zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo’lab-quvvatlashiga umid bog'laydi.
Partiya o'zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari:
o'zbek tilida chop etiladigan "O’bekiston ovozi" gazetasi;
rus tilida chop etiladigan "Golos Uzbekistana" haftaligi.
Partiyaning Internet tarmog'idagi veb-sayti: http://www.xdp.uz/
O’ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI HAQIDA
2008 yil 20 iyun kuni O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va O’zbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo"lib o’tib, ikki partiya negizida yangi O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topdi.
2013 yilning 1 yanvar holatiga a'zolar soni 160814 nafar, Partiya 4882 boshlang'ich tashkilotlariga ega.
O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining asosiy maqsadlari:
- O’zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o'zlikni anglashning o'sishi, milliy g'urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg'usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
- o'z safida yurtning vatanparvarlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini, O’zbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro’-e'tiborini oshirish yolida safarbar etish;
- yoshlarni oz Vatanini hurmat qilish, sevish va u bilan faxrlanish, har qanday sharoitda milliy mustaqillikni, xalqning qadriyatlari, an'analari va urf-odatlarini asrash va himoya qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, uning ma'naviy ehtiyojlari va qiziqishlarini cheklashga bo'lgan urinishlarga qarshi kurashishga ta'sirchan hissa qo'shish.
Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo’lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Yüklə 105,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə