Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati


«TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O’ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI» (O’zLiDeP) HAQIDA



Yüklə 105,86 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü105,86 Kb.
#167162
1   2   3   4   5   6
Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati

«TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O’ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI» (O’zLiDeP) HAQIDA
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda bo'lib o4gan Ta'sis qurultoyida tashkil topgan.
2013 yil 1 yanvar holatiga O’zLiDeP a'zolarining soni 175951 nafarni tashkil etadi. O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining boshlang'ich partiya tashkilotlari soni 7737 tani tashkil etadi.
O’zLiDePning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari:

  • siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta'minlash;

  • partiyaning kuch va imkoniyatlarini boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda mamalakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik institutlarining rivojiga keng yo’l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalqimiz, avvalo, yoshlar ongi va hayotiga singdirishga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

  • partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta'sir o'tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta'minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog’liq muammolarni hal qilish, O’zbekistonning xalqaro obro'yini oshirishda, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarini Vatanga muhabbat va sadoqat, o'z elim, o'z yurtim, jon O’zbekistonim, deya g’ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo'shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo’li, qadriyatlari, milliy va diniy an'analari, urf-odatlarini qadrlash, shu bilan birga, bircha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo’l qo'ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish;

  • o’zi uchun siyosiy platforma deb tanlab olgan liberal-demokratik g'oya va maqsadlarni o'z faoliyati orqali keng omma ongiga singdirish, bu borada safini kengaytirishga yo’naltirilgan har tomonlama chuqur o’ylangan partiya siyosatini targ'ib qilish ishlarini amalga oshirish.

Shu g'oyalarni hayotga tatbiq etishda fidoyilik ko'rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida tavsiya etish va saylovchilar ishonchini qozongan deputatlar zimmasiga qonunchilik va ijro hokimiyatida vakillik vazifasini yuklash hamda ularning faoliyatini boshqarish.
O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining S'ezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 3 yilda kamida bir marotaba o'tkaziladi. O’zLiDePning matbuot organi: -"XXI-asr" ijtimoiy siyosiy gazetasi.
Yüklə 105,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə