|
Oliy matematika, statistika va ekonometrikastatistika (4)Ortga nazar tashlash
z-darajaning sonli qiymati tahlil qilinayotgan ko’rsatkichning nisbiy miqdorini aks ettiradi.
Katta qiymatga ega bo’lgan musbat z-daraja shuni nazarda tutadiki, ushbu ko’rsatkich boshqa ko’rsatkichlarning
deyarli hammasidan kattaroq, katta qiymatga ega bo’lgan manfiy z-daraja qiymati esa ushbu ko’rsatkich boshqa
ko’rsatkichlarning deyarli barchasidan kichik ekanligini ko’rsatadi. Agar z-daraja 0 ga teng bo’lsa yoki 0 ga yaqin
bo’lsa, ko’rsatkich tanlama yoki bosh to’plam o’rtachasining yaqinida joylashadi.
Agar biz ko’rsatkichlar taqsimoti qo’rg’on shaklda ekanligini bilsak, yanayam aniqroq xulosa qilishimiz mumkin.
Ushbu holatda, z-darajaning quyidagi tadbig’ini keltirilishi mumkin:
Qo’rg’on shaklidagi taqsimot qatorlari uchun z-darajaning tadbig’i
1. Ko’rsatkichlarning – taxminan 68% – 1 va 1 oralig’idagi z-daraja qiymatiga ega.
2. Ko’rsatkichlarning taxminan 95% – 2 va 2 oralig’idagi z-daraja qiymatiga ega.
3. Ko’rsatkichlarning taxminan 99.7% (deyarli hammasi) – 3 va 3 oralig’idagi z-o’lchash qiymatiga ega.
10-rasm.
Qo’rg’on shaklidagi taqsimot uchun z-darajalar to’plami
E’tibor bering, z-darajaning tadbig’i empirik qoida orqali berilgan qo’rg’on shaklidagi taqsimot uchun bir xil. (3-
jadval). (µ- σ) va (µ + σ) oralig’idagi barcha ko’rsatkichlar µ ning bitta standart chetlanishi oralig’ida yotgani uchun
ko’rsatkich (µ - σ) dan (µ + σ) gacha bo’lgan oraliqda yotadi degan izoh ko’rsatkich bosh to’plamda -1 va 1 oralig’idagi
z-darajaga ega bo’ladiga degan izoh bilan teng kuchlidir. Ushbu z-darajalar 2.30-rasmda tasvirlangan.
|
|
|