Oliy matematika, statistika va ekonometrika


 Chetki hadlarni aniqlash metodlari: quti shaklidagi diagrammalar va z-darajalar



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   237
statistika (4)

6. Chetki hadlarni aniqlash metodlari: quti shaklidagi diagrammalar va z-darajalar
*
 
Ba’zan, ma’lumotlar qatorida mos kelmaydigan yoki noodatiy ko’rsatkichlarni aniqlash muhim hisoblanadi. Biz 
tasvirlamoqchi bo’lgan, ma’lumotlar bazasining qiymatlariga nisbatan judayam katta yoki juda kichik ko’rsatkichlar - 
chetki had
 deb ataladi. 
Chetki hadlarni bir necha sabablar orqali tushuntirish mumkin. Birinchisi, chetki had bilan aloqador bo’lgan 
ko’rsatkich yaroqsiz bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rsatkichni ishlab chiqishda foydalanilgan tajriba protsedurasi 
noto’g’ri ishlagan bo’lishi mumkin yoki tajribani olib boruvchi ko’rsatkichni noto’g’ri qayd etgan bo’lishi mumkin, yoki 
ma’lumotlar kompyuterda noto’g’ri kodlangan bo’lishi mumkin. Ikkinchisi, chetki had noto’g’ri klassifikatsiyalangan 
ko’rsatkichning natijasi bo’lishi mumkin, ya’ni ushbu ko’rsatkich tanlama to’plamning qolgan qismi shakllantirilgan 
bosh to’plamdan farqli bir boshqa to’plamga tegishli bo’lishi mumkin. Va nihoyat, chetki had bilan aloqador ko’rsatkich 
to’g’ri qayd etilgan bo’lishi mumkin va tanlama to’plamning qolgan qismi olingan to’plamdan ham olingan bo’lishi 
mumkin, lekin juda ham kam uchraydigan voqea hodisani ifodalaydi. Bu kabi chetki hadlar odatda tanlama to’plamning 
nisbiy chastotasi juda ham assimmetrik bo’lganda paydo bo’ladi, chunki assimmetrik taqsimot qatorlarida to’plamning 
boshqa ko’rsatkichlariga nisbatan juda ham katta yoki juda kichik elementlar bo’lishi kuzatiladi. 
 
Ma’lumotlar qatoridagi boshqa qiymatlarga nisbatan juda ham katta yoki juda ham kichik bo’lgan elementlar 
(yoki ko’rsatkichlar) 
chetki had
deb ataladi. Chetki hadlarni quyidagi sabablarning biri bilan tushintirilishi 
mumkin: 
1. Ko’rsatkich noto’g’ri kuzatilgan, qayd etilgan yoki kompyuterga noto’g’ri kiritilgan
2. Ko’rsatkichlar turli bosh to’plamlardan olingan. 
3. Ko’rsatkich to’g’ri, lekin juda ham kam uchraydigan voqea hodisani ifodalaydi. 
 
 
 
Chetki hadalarni aniqlashda qo’llaniladigan ikkita foydali usullar: biri grafikli, biri sonli metod bu – quti shaklidagi 
diagramma va z-darajadir. Quti shaklidagi diagramma ma’lumotlar qatorining kvartillariga asoslanadi (2.7-bo’limda 
tarifi keltirilgan). Aniqroq qilib aytganda quti shaklidagi diagramma pastki va yuqori kvartillar orasidagi kvartillararo 
kenglikka (IQR) bog’liq bo’ladi:
IQR = QU - QL 
 
 

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə