Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Issiqlik mashinasini F.I.K



Yüklə 249,58 Kb.
səhifə8/9
tarix11.12.2023
ölçüsü249,58 Kb.
#145452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fizik kattaliklar.Kinematika asoslari

1. Issiqlik mashinasini F.I.K
Issiqlikni ishga aylantiruvchi, ishqalanishsiz va qaytar protsess bilan ishlaydigan mashina uchun, albatta, ham isitgich, ham sovitgich bo’lishi kerak. Agar mashinaning isitgichdan oladigan issiqligini Q1 sovitgichga beradigan issiqligini Q2 desak, u vaqtidagi Q1—Q2 ishga aylanishi mumkin bo’lgan issiqlikni ko’rsatadi. Bu ayirma mashinaning foydali ishi (A) ni tashkil qiladi. Mashina-ning foydali ish koeffitsienti, yuqorida ko’rib o’tilganidek, quyidagicha bo’ladi:

1824 yilda S. Karno qaytar protsess (Karno tsikli) bilan ish-laydigan issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti mashinada ishlatilayotgan modda xiliga bog’liq bo’lmay, faqat qizdirgich bilan sovitgichning absolyut temperaturalari Т1 va Т2 ga bog’liq ekanligini isbotladi.
Isitgich va sovitgich temperaturalari orasidagi ayirma qancha katta bo’lsa, mashinaning foydali ish koeffitsienti ham shuncha katta bo’lishi yuqoridagi formuladan ko’rinib turibdi. Agar Т2=0 bo’lsa, η=1 bo’ladi. Biroq T2 nol bo’lmaydi, chunki absolyut nolga erishish mumkin emas; shuning uchun, har kanday mashinada ham η hamma vaqt 1 dan kichiq. Demak, hatto mutlaqo ishqalanmay ishlaydigan Chadeal mashinada ham issiqlikni mexanikaviy ishga batamom aylantirish mumkin emas. Shuni ham aytib o’tish kerakki, mashinadan sovitgichga beriladigan issiqlik ishga aylanish nuqtai nazaridan tamomila foydasizdir. Bu energiya go’yo yo’qolgan, tarqalib ketgan, ishga aylana olmaydigan, bog’lanib qolgan energiyadir.


tenglamadan:

kelib chiqadi. Bu tenglamada:
sovitgichga o’tgan foydasiz.issiqlik. Agar Т1 va T2 bir-biriga yaqin bo’lsa, foydali issiqlik (Q1 — Q2) juda kam bo’ladi. Foydali ish (Q1 — Q2 = А) quyidagi formula bilan ifodalanadi: .



2. Qiya tekislikning foydali ish koeffitsiyentini aniqlsh,qattiq jismlarning zichligini gidrostatik tortish vositasida toppish
Mashina yoki mexanizmlar vositasida ish bajarilganda ishqalanish kuchlarini yengish uchun energiya sarflanadi. Bu energiya mashina yoki mexanizmlarning turli qismlarini qizdirishga, ya‘ni ichki energiyaning oshishiga sarf bo’ladi. Odatda, ichki energiyadan ish bajarish uchun foydalanish imkoni bo’lmaydi.
Shuning uchun mashina yoki mexanizm o’ziga berilayotgan energiyani naqadar samarali ishlatishini ko’rsatadigan kattalik – foydali ish koeffitsienti (qisqacha FIK) bilan xarakterlanadi.
Mashina yoki mexanizmning
Yüklə 249,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə