Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


Kvalimetriya va qarorlar qabul qilish nazariyasi



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə63/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

Kvalimetriya va qarorlar qabul qilish nazariyasi.



Biror bir jism, ob’ekt, jarayon yuzasidan qarorlar qabul qilishda qarorlar qabul qilish nazariyasi asosida mezonlar ishlab chiqiladi. Mazkur mezonlar asosida jism, ob’ekt, jarayonning matematik modeli yaratiladi va uning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

Tabiiy va ishlab chiqarilgan jism, buyum, iste’mol mahsulotlarini foydalanishga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda matematik model asosida ekspertizadan o‘tkaziladi va sifat ko‘rsatkichlarga qanchalik mos kelishi aniqlanadi.

Shu jihatdan olganda kvalimetriya qarorlar qabul qilish nazariyasining asosini tashkil etadi.

    Kvalimetriya va tizimlar tahlili.



Tabiat va jamiyatda mavjud tizimlarning tahlili ilmiy tadqiqotlar, qarorlar qabul qilish nazariyasini o‘z ichiga oladi.

Tizimlarni tahlil etishning muhim muammosi ob’ektning matematik model, ishlab chiqarishdan ko‘zda tutilgan maqsadga mosligi, sifat va miqdor ko‘rsatkichlar talabiga javob berishini uzviylikda aniqlash sanaladi.

Tizimlarni tahlilining ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishdan ko‘zda tutilgan maqsadga erishish jarayonlarining talab darajasida o‘tkazilganligi, ob’ektga qo‘yilgan talablarga javob berishi, ishlab chiqarishdan ko‘riladigan foyda, tizim tarkibiy qismlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Kvalimetriya va tizimlar tahlilini bir-biriga qiyoslab bo‘lmaydi, chunki ular bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘ladi.

Tabiat, ishlab chiqarish va jamiyatda qo‘llaniladigan tizimlar, ularning tarkibiy qismlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda

kvalimetriya metodlari asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    Kvalimetriya va ob’ektlarni amaliyotga qo‘llash nazariyasi.



Mazkur tarmoq yaratilgan ob’ektning foydali tomonlariini tajriba yo‘li bilan maksimal darajada o‘rganishga tayanadi. Ob’ektning yutug‘i va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini belgilaydi. Ob’ektning foydali ish koeffistentini o‘rganish ba’zi hollarda konstruktiv natijalarni beradi. Bu jarayonda ob’ektning foydali ish koeffistentini aniqlash mezonlarining to‘g‘ri, haqqoniy belgilanganligini asoslash, alternativ mahsulotlar bilan qiyoslash, ba’zan tavakkalchilik asosida qarorlar qabul qilish ko‘zga tashlanadi.

Kvalimetriyaning metodologiyasi va metodlarini qo‘llash mazkur ob’ekt va jarayonlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari asosida baholash va qarorlar qabul qilishga imkon yaratadi.

Bu jarayon uchta bosqichda amalga oshiriladi.

Dastlabki bosqich. Amalda qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish mahsulotlarining foydali tomonlarini aniqlashda kvalimetriya metodlarini qo‘llash kutilgan samarani beradi.

Ba’zi ko‘pgina amaliy muammolarni hal etishda nafaqat tartib shkalasidan, balki keng miqyosdagi umumiy maqsadlarni e’tiborga olish va kvalimetriya metodlaridan foydalanish juda qo‘l keladi.

Ikkinchi bosqich. Ko‘p hollarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ahamiyatini belgilashda iste’molchilar va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan taklif, talab va shartlari ustuvor sanaladi. Bu yondashuv asosida bozor iqtisodiyoti davrida mazkur taklif, talab va shartlarni to‘liq amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu erda mijozlarning taklif, talab va shartlari asosida bozorga chiargandan keyin emas, balki avval ekspertiza yo‘li bilan aniqlash lozim bo‘ladi.

Kvalimetriya bu muammoni ekspertiza metodi yordamida osongina hal

etadi.

Uchinchi bosqich. Ko‘pchilik hollarda ob’ektning foydali tomonlari bitta

ko‘rsatkich bilan aniqlanadi, aslida uning foydali tomonlarini aniqlashda bir

nechta ko‘rsatkichlarni majmua holda qo‘llash orqali aniqlash tavsiya etiladi.

Bu jarayonda kvalimetriyaning metodologiyasini qo‘llash, ob’ektning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxlitlikda aniqlash lozim bo‘ladi.

    Yüklə 462,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə