Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


Test topshirig‘ining alternativ shakllari-



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə46/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

Test topshirig‘ining alternativ shakllari-o‘quv kursi bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida turli (ochiq, yopiq) shaklda, qiyinchilik darajasi ortib boruvchi test topshiriqlari variantlari hisoblanadi. Agar alternativ shakllari validligi yuqori bo‘lsa, test sinovidan olingan natijalar test topshiriqlarining qaysi variantidan foydalanishga bog‘liq bo‘lmaydi. O‘qituvchi test topshiriqlarining variantlarini shakllantirishda ularning miqdor va mazmun jihatdan teng qiymatli bo‘lishiga e’tibor qaratishi zarur.

Test topshiriqlarini aprobastiyadan o‘tkazish-o‘quv kursi bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida tuzilgan test topshiriqlari amaliyotga qo‘llashdan oldin muayyan guruhlarda aprobastiyadan o‘tkazish, ularni amaliyotda qo‘llash uchun zaruriy shart sanaladi. Aprobastiya olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil qilinishi, talabalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan tipik kamchiliklarning oldini olish chora- tadbirlarini belgilash, maboda test topshiriqlarining javoblarida xatoliklar bo‘lsa, ularni bartaraf etish imkoniyatini beradi.

O‘quv kursi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish- o‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan kurs bo‘yicha boblar va mavzular bo‘yicha avval savollar to‘plami va ularning javoblari, keyin savol va javoblarni bob va mavzular bo‘yicha raqamlab chiqishi, ushbu raqamlar asosida test topshirig‘i va ularning pasportini shakllantirishi lozim. Ushbu materiallar majmuasi ma’lumotlar bazasini tashkil etib va o‘quv kursi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmuaning asosiy tarkibiy qismi sanaladi. O‘qituvchi ma’lumotlar bazasidan o‘rin olgan test topshiriqlarini saralab, ularni joriy, oraliq va yakuniy nazoratda foydalanish maqsadida guruhlaydi.

O‘quv kursi bo‘yicha test topshiriqlari banki-bitta o‘quv kursi bo‘yicha turli mualliflar tomonidan shakllantirilgan test topshiriqlari o‘quv maqsadlarga muvofiq, umumiy tartibga solingan, aprobastiyadan o‘tkazilgan, qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan test topshiriqlari majmuasi bo‘lib, talabalarning tayyorgarlik darajasini ob’ektiv nazorat qilish va aniqlash imkonini beradigan didaktik vosita.


Yüklə 462,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə