Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə48/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

Nazorat savollari:

  • Testologiya fanining maqsadi va vazifalarini aniqlang.


  • Oliy ta’limda o‘qitish jarayonining yaxlitligi va tizimliligini izohlang.


  • Oliy ta’limda fanlarni o‘qitishda ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlariga izoh bering.


  • Standart va nostandart testlarga ta’rif bering.


  • Nostandart testlarning qiyinlik darajalari tasnifini tushuntiring.


  • O‘quv maqsadlarining Blum taksonomiyasining mohiyatini aytib bering.


  • Talabalarlarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda test topshiriqlaridan foydalanish yo‘llarini izohlang.


    Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Garry G. Azgaldov.Alexander V. Kostin Alvaro E. Padilla Omiste. The ABC of Qualimetry. Toolkit for measuring theimmeasurable Ridero 2015.


  • Bloom B.S. a.o. Handbook on Formative and Summative Evaluation of Student Learning. N - Y., McGraw-Hill, 2014. – s-232.


  • AMALIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI 1-amaliy mashg‘ulot:



    Professor-o‘qituvchilarning zamonaviy modeli va kvalimetrik diagnostikasi

      REJA:

    • Oliy ta’lim muassasi professor-o‘qituvchisining zamonaviy modeli va tahlili.


    • Oliy ta’lim muassasi professor-o‘qituvchisining zamonaviy professiogrammasi.


    • Oliy ta’lim muassasi professor-o‘qituvchisining zamonaviy modeli va tahlili.

    Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi, shu jumladan, oliy ta’lim muasssasasida ishlayotgan professor-o‘qituvchining shaxsi tabiiy unikal sistema bo‘lib, uning shaxsiy va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, hozirgi zamon professor-o‘qituvchisining modelini loyihalashtirish mushkul.


    Shunga qaramasdan, professor - o‘qituvchisining modelini umumiy va yagona holda tuzish, shu bilan bir qatorda, har shaxsning o‘z xususiyatlarini rivojlantirishi, o‘ziga xosligini saqlab qolishi, o‘z qiziqishlariga muvofiq holda ilgariga intilishiga imkon berish zarur.

    Mutaxassis modeli - aniq bir kasb bo‘yicha mutaxassisning umumlashgan obrazli tuzilmasi bo‘lib, u muayyan tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi.


    Shuni e’tiborga olgan holda uzluksiz ta’lim tizimi uchun professor -o‘qituvchisining modelini tuzishga harakat qilindi. Ushbu modelni tuzish uchun Respublikamizda mavjud me’yoriy hujjatlardagi o‘qituvchilarning umumlashgan modeli tahlil qilindi.
    Jumladan, mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va 1999-2005 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar» to‘plamida pedagogning umumlashgan modeli berilgan.
    Model asosini pedagogga qo‘yiladigan talablar tashkil etib, u o‘zida shaxs fazilatlari, o‘qita olish, tarbiyalay olish va ta’lim oluvchilar bilimlarini
    adolatli baholay olish va nazorat qila olish kabi tarkibiy qismlarni mujassamlashtirgan.
    Pedagog shaxsining fazilatlariga talabchanlik, vijdonlilik, hazil-mutoyiba hissi, obro‘, xayrixohlik, adolatlilik kiritilgan. Bularning ichida obro‘ shaxs fazilati emas, balki shaxsning fazilatlari tufayli erishiladigan mavqei sanaladi.
    Bizning nazarimizda, o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga yordam beradigan fazilatlariga ilmga chanqoqlik, kirishimlilik, kamtarinlik, mehnatsevarlik, intizomlilik, fidoyilik, mehribonlik, bag‘rikenglik, odamoxunlik, xushmuomalalilik va h.k kiritish maqsadga muvofiq edi.
    Yuqorida qayd etilgan modelning tarbiyalay olish qismiga yuksak ma’naviyatli, pedagogik madaniyat va ma’rifatli, shaxsiy odob namunasi, nufuzi, vatanparvarlik va burch hislari, gumanitar va gumanistik tayyorgarlik, o‘quv- tarbiyaviy ishlarning tashkili kiritilgan. Mazkur talablarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalar hisobga olinishi va aniq belgilanishi kerak edi.
    Modelning o‘qita olish tarkibiy qismiga qo‘llab-quvvatlash va o‘quv jarayoni muhiti, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, chet tillarni bilishi, fanni chuqur bilish, kasbiy layoqatlilik, bilimdonlik, yangi pedagogik texnologiyalarga ega bo‘lish, ilmiy-uslubiy ish, ilmiy-tadqiqot ishi, o‘z ishini doimiy takomillashtirishga intilish, me’yoriy hujjatlarni bilish, kompyuter texnologiyasiga ega bo‘lish, axborot baza va resurslar kiritilgan. Bizning nazarimizda, bu guruhdagi talablar o‘qituvchining ilmiy-nazariy, ilmiy- metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqishi lozim edi.
    O‘qituvchining umumlashtirilgan modelida pedagogning o‘qita olish va tarbiyalay olish funkstiyalarining ajratilishi ilmiy asoslanmagan, chunki bu ikki funkstiya yagona ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, shuningdek, o‘qitishning ta’lim-tarbiyaning uzviyligi prinstipiga zid holatdir. Shu bilan bir qatorda mazkur model tahrir talab, undagi talablarni aniqlashtirish lozim.
    Modelning ta’lim oluvchilar bilimlarini adolatli baholay olish va nazorat qila olish tarkibiy qismiga talabalarning bilimlarini reyting-nazoratini bilish va qo‘llay olish, standartlangan testlarni ishlab chiqish va qo‘llay olish kiritilgan.
    Shuni qayd etish kerakki, tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash, o‘quv-tarbiya jarayonidan olingan natijalarni tahlil qilish va mazkur jarayonning borishiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas va eng muhim
    zaruriy qismi sanaladi. Ma’lumki, pedagogning ushbu tayyorgarligini uning ilmiy-metodik tayyorgarligidan ajratish mumkin emas.
    Respublikamizda birinchi marta tayyorlangan pedagoglarning umumlashtirilgan modelining tahlili, uning bugungi kun talabiga javob bermasligi, unda uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan talablar o‘z aksini topmaganligi, tahrir talabligi, ba’zi qismlarni aniqlashtirish, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi asosiy masalalarni kiritish va ilmiy-pedagogik nuqtai nazaridan qayta ishlash lozimligini ko‘rsatdi.
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə