Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 200,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü200,38 Kb.
#157938
1   2   3   4   5   6   7
otabek aka kurs ishi54

 
 
 
 
 
 
 
 
 
3
Moyli Lafasov, Usmon Jo‘rayev JAHON TARIXI Akademik lilseyiar va kasb-hunar kollejlari uchun darslik 
«Turon-Iqbol» nashriyoti, 2007. 



1.2.

BMT tuzilishidan maqsad

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni 
barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va 
u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida 
chaqirilishi mumkin. 
Kengash 15 aʼzodan tashkil topgan. Ularning beshtasi — Xitoy, 
Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qoʻshma Shtatlari va 
Fransiya 
— doimiy aʼzolar hisoblanadi. Kengashning qolgan oʻn aʼzosi Bosh 
Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar. Keyingi yillarda Birlashgan 
Millatlar Tashkilotida Kengashning aʼzolar tarkibini oʻzgartirish, bu tadbir zamonaviy 
va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti. 
Kengashning qarorlari, uning uchun toʻqqiz aʼzo ovoz bergan taqdirdagina qabul 
qilingan hisoblanadi. Kun tartibidagi masalaga Kengashning doimiy aʼzolaridan 
birortasi qarshi ovoz bersa, shuningdek, veto huquqidan foydalansa qaror qabul 
qilinmaydi.Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda 
bu mojaro avvalo tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. 
Kengash, balki bartaraf etish tamoyillarini ishlab chiqadi yoki hakam vazifasini 
oʻtaydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda Kengash oʻt ochishni toʻxtatish 
choralarini koʻradi. Shuningdek, u tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan 
janjallashayotganlarni ajratishga yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi 
missiya yuborishi mumkin.Kengash oʻzi qabul etgan qarorlarning bajarilishini 
taʼminlash boʻyicha tadbirlar qabul qilishi mumkin. U iqtisodiy jazo choralari qoʻllashi 
yoki qurollarni yetkazib berishga embargo qoʻyishi mumkin. Juda kamdan-kam 
hollarda Kengash oʻzi qabul qilgan qarorni bajarish uchun aʼzo-mamlakatga 
birgalikdagi harbiy harak
atlarga qadar boʻlgan „barcha zarur vositalarni“ qoʻllashga 
vakolat beradi. Shuningdek, Kengash Bosh kotib lavozimiga muayyan nomzodni va 
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi aʼzolarni tavsiya etadi.Bosh Assambleya — 
oʻziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari koʻrib 
chiqilayotgan majlislarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi boʻlgan barcha 
mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir aʼzo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro 
tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi aʼzolarni 



qabul qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan, 
tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablagʻ ajratish singari muhim masalalar 
koʻpchilik, aniqrogʻi, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi.Boshqa masalalar 
boʻyicha qarorlar, odatdagidek, koʻpchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi 
yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yoʻli bilan emas, balki, konsesus 
asosida qabul etilishi uchun maxsus saʼy-harakatlar olib borilmoqda. 1999/2000-
yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrofmuhitni muhofaza etish 
va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 
masala koʻrib chiqilishi kerak edi. Oʻz qarorlari gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlsa 
ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy 
talabi hisoblansa ham Assambleya oʻz qarorlarini majburan qabul 
qildirmaydi.Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentyabrdan dekabrga 
qadar boʻlgan muddat davomida oʻtkaziladi. Assambleya zarurat tugʻilganda oʻz 
ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tugʻdirgan 
masalalar boʻyicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar oʻtkazishi mumkin. 
Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan Millatlar 
Tashk
ilotining oltita bosh qoʻmitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom 
etadi Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleyaning umumiy rahbarligi ostida 
harakat qilib Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi muassasalar 
faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy sohada muvofiqlashtirib turadi. Xalqaro iqtisodiy va 
ijtimoiy muammolarni muhokama etish va shu sohadagi siyosat borasida tavsiyalar 
ishlab chiqish uchun bosh anjuman hisoblangan Kengash taraqqiyot maqsadlarida 
xalqaro hamkorlikni mustahkamla
shda muhim rol oʻynaydi. Kengash ish faoliyatida 
BirlashganMillatlar Tashkiloti va Fuqarolar jamiyati oʻrtasidagi oʻsha muhim hayotiy 
muloqotni qoʻllab-quvvatlagan holda tegishli nohukumat tashkilotlari bilan 
maslahatlashadi.Kengash tarkibiga Bosh Assambleya tomonidan uch yilga 
saylanadigan 54 nafar aʼzo kiradi. Kengash har yili — Nyu-York va Jenevada
galma-galdan 
— oʻzining bir oy muddatga choʻziladigan sessiyasini oʻtkazadi. 
Sessiya davomida muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muhokama etish uchun 
ministrlar darajasida majlis, 1998-yildan esa sessiya doirasida insonparvarlik 


10 
masalalarini koʻrib chiqish bosqichi oʻtkazilmoqda.Kengashning ishlari yil 
mobaynida oʻz yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib turadigan va Kengashga hisobot 
beradigan yordamchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Masalan, inson huquqlari 
komissiyasi dunyoning barcha mamlakatlarida inson huquqlariga qanday rioya 
etilayotganligini nazorat qiladi. Boshqa tashkilotlar ijtimoiy taraqqiyot, xotin-
qizlarning ahvoli, jinoyatchilikdan ogoh etish, giyohvandlikka qarshi kurash va atrof 
muhitni muhofaza etish masalalari 
bilan shugʻullanadilar. Beshta hududiy komissiya 
iqtisodiy taraqqiyot va oʻz hududlarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 
yordam beradi 

Yüklə 200,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə