Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 200,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü200,38 Kb.
#157938
1   2   3   4   5   6   7
otabek aka kurs ishi54

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4
Moyli Lafasov, Usmon Jo‘rayev JAHON TARIXI Akademik lilseyiar va kasb-hunar kollejlari uchun darslik 
«Turon-Iqbol» nashriyoti, 2007. 


11 
IIbob
2.1BMT faoliyati.
Vasiylik Kengashi 7 aʼzo mamlakat qoʻl ostidagi 11 vasiylik 
hududida xalqaro nazoratni taʼminlash, shuningdek, ularning hukumatlari bu 
hududlarda oʻz-oʻzini boshqarish yoki mustaqillikning zarur chora-tadbirlarini 
koʻrishlari uchun xalqaro nazoratni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. 1994-yilga 
kelib vasiylik hududlarining barchasi oʻzlarini boshqara boshladilar yoki alohida 
davlatga aylanib mustaqillikka erishdilar, yoxud mustaqil qoʻshni davlatlar bilan 
qoʻshilishdi. Eng oxiri boʻlib bunday tadbirni Qoʻshma Shtatlari qoʻl ostida boʻlgan 
Tinch okean orollari (Palau) vasiylik hududi amalga oshirdi va 185-
aʼzo davlat boʻlib 
qoldi.Hozirgi paytda, tarkibiga Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aʼzosi kirgani 
sababli Vasiylik Kengashi ishlari, asosan, tugallandi, uning ish tartibi qoidalariga 
tegishli oʻzgartirishlar kiritildi, yaʼni u oʻzining yigʻilishlarini faqat shart-sharoit taqozo 
etgan hollardagina oʻtkazadigan boʻldiXalqaro Sud — Butunjahon sudi sifatida 
hammaga maʼlum boʻlib, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh sud organidir. 
Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan saylangan 15 sudyadan 
tashkil topgan Xalqaro Sud davlatlar oʻrtasidagi mojarolarni bartaraf etish bilan 
shugʻullanadi. Davlatlarning — sud muhokamasida qatnashishlari ixtiyoriydir, biroq 
davlatlar shunga rozi boʻlsalar, ular Sud qaroriga boʻysunishlari shart. Shuningdek, 
Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi iltimoslari bilan Sud konsultativ xulosalar 
chiqarish ishlari bilan ham shugʻullanadi. Qurol-yarogʻlar tarqalishiga chek qoʻyish, 
shuningdek, yalpi qirgʻin qurollarining qisqartirilishi, pirovardida, ularning barcha 
zahiralari yoʻqotilishiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti qurolsizlanish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish, shu sohada tavsiyalar 
ishlab chiqish va tadqiqotlar tashabbuskori boʻlish uchun doimiy forum vazifasini 
oʻtaydi. U qurolsizlanish boʻyicha Konferensiya va boshqa xalqaro tashkilotlar 
doirasida olib boriladigan koʻpqirrali muzokaralarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu 
muzokaralar natijasida Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi keng qamrovli 
shartnoma (1996-
yil) va yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi shartnoma kabi 
xalqaro kelishuvlar roʻyobga chiqdi. Shuningdek, bundan boshqa kimyoviy (1992-
yil) va bakteriologik (1972) qurollarning zahiralarini tayyorlash, ishlab chiqish va 


12 
toʻplashni taʼqiqlovchi, dengiz va okeanlar tubiga (1971-yil) va kosmik fazoga (1967-
yil) yadro qurolini joylashtirishni taʼqiqlovchi shartnomalar, shu singari yana boshqa 
turdagi qurollarni taʼqiqlovchi yoki chegaralovchiartnomalar tuzilgan edi. 1977-yilda 
yer usti minalaridan foydalanishni taʼqiqlovchi konvensiyaga 100 dan ortiq davlat 
imzo chekdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti mana shu konvensiyaga va vayron 
qiluvchi turdagi qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi boshqa xalqaro 
shartnomalarga barcha dav
latlarni qoʻshilishga chaqirdi. BMT shuningdek, oʻq otar 
va yengil qurollar ustidan nazoratni kuchaytirishning ham tarafdoridir. Bosh 
Assambleya karoriga binoan xalqaro konferensiya oʻq otish qurollari bilan 
noqonuniy savdo qilish boʻyicha masalani 2001-yilda koʻrib chiqadi.Venada 
joylashgan atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik, kafolatlar borasidagi bitimlar 
tizimi asosida faoliyat koʻrsatib, tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun 
moʻljallangan atom ashyolari va jihozlaridan harbiy maqsadlarda foydalanilmasligini 
taʼminlashga javob beradi. Gaagada joylashgan Kimyoviy qurollarnitaʼqiqlash 
boʻyicha tashkilot jahonning barcha mamlakatlari kimyoviy obyektlari haqida 
maʼlumot yigʻish bilan shugʻullanadi va kimyoviy qurollar boʻyicha Konvensiyaga 
amal qilis
h uchun nazoratni taʼminlash maqsadida doimiy kuzatuv olib boradi.
5
 

Yüklə 200,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə