Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 200,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü200,38 Kb.
#157938
1   2   3   4   5   6   7
otabek aka kurs ishi54

 
 
 
 
 
 
 
5
https://cyberleninka.ru/article/n/birlashgan-millatlar-tashkiloti 


13 
2.2
 BMT tinchlikni barqaror etishi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
eng bosh vazifalaridan biri 
— butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. Nizomga 
binoan aʼzo-mamlakatlar oʻzlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch yoʻl bilan hal 
etadi, qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbata
n qoʻllamaydilar, ularga tahdid 
solmaydilar.Koʻp yillar mobaynida xalqaro krizislarni bartaraf etish va paydo 
boʻlgan mojarolarni hal qilishga yordam berishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
muhim rol oʻynadi. U tinchlikni oʻrnatish, tinchlikni saqlab qolish va insonparvarlik 
yordami koʻrsatish borasida koʻplab operatsiyalar turkumini amalga oshirdi. 
Shuningdek u birmuncha jiddiy tus olgan mojarolarni ham bartaraf etishga 
muvaffaq boʻldi. Mojarolar kelib chiqqan hollarda u zoʻravonlikning tub ildizlarini 
qi
rqish va mustahkam tinchlik uchun asoslar yaratishga yoʻnaltirilgan va 
koordinatsiyalashtirilgan yanada qatʼiy chora-tadlbirlar qabul qiladi.Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti bu borada diqqatga sazovor natijalarni qoʻlga kiritdi. Masalan, 
1962-yilgi Karib krizisini, 1973-yilgi Yaqin Sharq janjalidagi keskinlikni bartaraf 
etishga muvaffaq boʻldi. 1988-yili BirlashganMillatlar Tashkilotining tinch yoʻl bilan 
hal etish borasidagi saʼy-harakatlari Eron-Iroq urushini bartaraf etish imkonini 
berdi, undan keyingi yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 
oʻtkazilgagn muzokaralar tufayli sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqildi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 90 yillarda Quvayt mustaqilligini tiklashga yordam 
berdi, Kambodja, Salvador, Gvatemala va Mozambikda fuqarolar urushini 
toʻxtatishda, Gaiti va Syerra-Leonda demokratiya asosida saylangan hukumatni 
tiklashda katta rol oʻynadi, shuningdek, qator boshqa mamlakatlardagi 
kelishmovchiliklarni bartaraf etdi va hal qildi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
oʻzining 
tinchlik oʻrnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda 
qarama-
qarshi boʻlib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. 
Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi oʻz saʼy-harakatlari 
doirasid
a mojaroni bartaraf etish va tinchlik oʻrnatish yoki uni, masalan, 
muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yoʻllarini tavsiya qilishi 
mumkin.Tinchlikni barqaror etish ishida Bosh kotib muhim rol oʻynaydi. U Xavfsizlik 
Kengashi eʼtiboriga oʻz fikri boʻyicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid 


14 
solayotgan har qanday muammoni havola etishi mumkin. Bosh kotib „beminnat 
xizmat“dan, vositachilik funksiyasidan foydalanishi yoki sahna ortida bevosita oʻzi 
yoki maxsus vakil orqali „tinch diplomatiya“ bilan ish olib borishi kerak. Bosh kotib, 
shuningdek, holat kesinlashguniga qadar janjalning oldini olish uchun 
„ogohlantiruvchi diplomatiya“ mexanizmidan ham foydalanishi mumkin. Bundan 
tashqari faktlarni aniqlash, hududiy doirada shugʻullanayotgan tinchlik 
oʻrnatuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatlarda — tomonlarga ishonchni 
mustahkamlashga yordam koʻrsatadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining siyosiy 
boʻlimlarini ochish uchun missiya joʻnatishi mumkin.Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining faoliyati 
— jabr-zulmning tub sabablarini imkon qadar koʻproq 
bartaraf etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham tinch qurilishning eng muhim 
unsurlaridan biri 
— taraqqiyot uchun yordamni ayamaslikdir. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti tizimning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlikda va davlatlar orasidagi 
donor mamlakatlar hamda nohukumat tashkilotlari ishtirokida butun jamiyatning 
baxt-saodati uchun, qonun-qoidalar ustuvorligini barqaror etish uchun mojarolar 
oqibatlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda saylovlar oʻtkazish va inson 
huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan, boshqarishni takomillashtirishni qoʻllab-
quvvatlaydigan yordam koʻrsatadi. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu 
mamlakatlarga mojarolar oqibatida izdan chiqqan maʼmuriy tizimni, sogʻliqni 
saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga 
yordam beradiMazkur faoliyatning 1989-yilda Namibiyada saylovlarning 
oʻtkazilishini, Mozambikda minalardan tozalash dastoʻrini va Gaitida fuqaro 
politsiyasi xodimlarini tayyorlashni kuzatish kabi baʼzi turlari Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining tinchlikni oʻrnatish boʻyicha operatsiyalari doirasida amalga oshirildi, 
bu holda ushbu faoliyatning baʼzi jihatlari tinchlikni oʻrnatish operatsiyasidan keyin 
ham davom etishi mumkin. Faoliyatning boshqa, masalan, Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Liberiyada tinch qurilish jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz 
boʻlimini ochishi, Kambodjada Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari 
boʻyicha boʻlimining faoliyat koʻrsatib turishi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
G
vatemalada mamlakat hayotining qariyb barcha jabhalariga taʼsir koʻrsatib, 


15 
tinchlik bitimlari tuzilishiga yordam berayotgani kabi turlari hukumatlarning 
iltimosiga binoan amalga oshiriladi.Xavfsizlik Kengashi oʻzining tinchlikni saqlash 
va xalqaro xavfsizlik borasidagi saʼy-harakatlari doirasida Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining tinchlikni saqlash bhyicha operatsiyalarining vakolat va mandat 
doiralarini tasdiqlab beradi. Muzokaralar davrasida uzoq muddatga moʻljallangan 
qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning 
koʻpchiligida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatayotgan yoki oraliq zona tashkil 
etgan harbiy xizmatchilar ishtiroki koʻzda tutiladi. Boshqa operatsiyalarda 
saylovlarni tashkil etishga yordamlashadigan yoki inson huquqlari himoya etilishini 
nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro mutaxassislar ishtirok etishlari 
mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining Makedoniyasida amalga oshirilgan 
shunga oʻxshash baʼzi operatsiyalar ehtiyot chorasi sifatida talqin etildi va u harbiy 
harakatlarni kengayib ketishining oldini oldi. Koʻpgina hollarda operatsiyalar tinch 
muzokaralarga amal qilinishini nazorat etishga yoʻnaltiriladi va hududiy 
tashkilotning tinchlik oʻrnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga 
oshiriladi.Tinchlik oʻrnatish operatsiyalari bir necha yilga qadar davom Tinchlik 
oʻrnatish operatsiyalari bir necha yilga qadar davom etishi mumkin. Masalan, 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hindiston va Pokistonning Jammu va Kashmir 
shtatlari oʻrtasidagi oʻt ochish toʻxtatilishi lozim boʻlgan liniya boʻylab faoliyat 
koʻrsatayotgan operatsiyasi 1949-yildan buyon davom etadi, Kiprda Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchilari 1964-yildan beri posbonlik 
qilmoqdalar. Boshqa bir tomondan, 1994-
yil Liviya va Chad oʻrtasidagi Aozu 
mintaqasida operatsiya oʻtkazish uchun bir oydan ortiqroq muddat zarur 
boʻldi.1948-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatuvchi eng birinchi 
missiyasi shakllangan soniyalardanoq Tashkilot ixtiyoriga 118 mamlakat ixtiyoriy 
ravishda 750 000 nafar harbiy xizmatchi va fuqaro politsiyachilari ajratdilar. Ular 
minglab fuqaro mutaxassislar bilan birgalikda tinchlik oʻrnatish borasida amalga 
oshirilgan 53 operatsiyada ishtirok etdilar.
]
Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-
harakatlari tufayli dunyoni bizning hammamiz uchun 
yanada bexatar va sogʻlom, 
yanada istiqbolli va pok qilish uchun hukumatlar bilan yuzlab koʻptomonlama 


16 
shartnomalar tuzilgan. Xalqaro huquq normalarining bu kengqamrovli majmui va 
inson huquqlari standartlarining ishlab chiqilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
eng ulkan yutuqlari hisoblanadi.
]
1948-yili Bosh Assambleya tomonidan qabul 
qilingan Inson huquqlari deklaratsiyasida barcha erkak va ayollar uchun umumiy 
boʻlgan asosiy huquq va erkinliklar, jumladan, yashash, ozodlik va fuqarolik 
huquqlari, fikr, vijdon va din erkinliklari, mehnat qilish, bilim olish va boshqarishda 
ishtirok etish huquqlari eʼlon qilingan.Ishtirokchilari koʻpchilik davlatlar hisoblangan 
ikki xalqaro bitim bu huquqlarga yuridik jihatdan majburiy xarakter kasb etadi. 
Bitimlarning biri iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar. Ikkinchisi esa 
— fuqarolik 
va siyosiy huquqlarga bagʻishlangan. Deklaratsiya bilan birgalikda ular inson 
huquqlari haqidagi Xalqaro billni tashkil etadi.Deklaratsiya inson huquqlari 
borasida, jumladan, irqiy kamsitish va xotin-qizlarni kamsitishga barham berish 
toʻgʻrisidagi konvensiya; bolalar huquqlari haqidagi konvensiya, qochoqlik maqomi 
va genotsidga barham berish, oʻz taqdirini oʻzi hal etish, zoʻravonlik bilan yoʻqotib 
yuborish toʻgʻrisimdagi deklaratsiyalar va taraqqiyot huquqi kabi 80 dan ortiq 
konvensiya 
va 
boshqa 
deklaratsiyalarni 
tayyorlash 
uchun 
poydevor 
qoʻydi.Normalarni ishlab chiqish faoliyati nihoyasiga yetayotgan ayni paytlarda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining inson huquqlari borasidagi ishlarida asosiy 
eʼtiborni joriy etilgan normalarni hayotga tatbiq etilishiga qaratmoqda. Inson 
huquqlari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi butun faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi Oliy komissar har qanday buzgʻunchilikning oldi olinishi, har 
qanday jinoyat taftish etilishiga erishib, inson huquqlari yanada yaxshiroq 
muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida hukumatlar bilan hamkorlik 
qiladi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha komissiyasi 
hukumatlararo organ hisoblanib, davlatlar tomonidan inson huquqlarini himoya 
qilishga bagʻishlangan masalalarni ommaviy koʻribigʻish ishlarini amalga oshiradi. 
U inson huquqlari buzilgan muayyan holat toʻgʻrisida maʼruza taqdim etish uchun 
yoki baʼzi bir mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi ahvolni oʻrganish uchun 
mustaqil ekspertlar 
— „maxsus maʼruzachilar“ tayinlaydi. Jeneva-dagi Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Boʻlimida keng jamoatchilik uchun inson huquqlari 


17 
buzilganligi haqidagi axborolar beradigan faksimal aloqaning bevosita ochiq 
liniyasi (41-22-917-
0092) faoliyat koʻrsatmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
inson huquqlari boʻyicha tashkilotlari ilgaridan ogohlantirish va mojarolarning oldini 
olish, tu
rli tadbirlarini qoʻllash, shuningdek, kelishmovchiliklarning tub ildizlarini 
qirqishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish yoʻllari bilan faoliyat 
koʻrsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi qator 
komissiyalari inson huquqlari komponenti bilan joylashtirilgan: shunday 
komponent, jumladan, Gruziyadagi va Gvatemaladagi missiyalar tarkibida mavjud. 
Gaitida esa bu ish Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerika davlatlari 
tashkilotining birgalikdagi operatsiyalari doirasida olib boriladi. Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining inson huquqlari sohasidagi barcha tadbirlari hozirgi paytda 27 
mamlakat va hududlarning turli joylarida amalga oshirilmoqda.Inson huquqlariga 
gʻoyat katta hurmat-eʼtibor Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyotga 
yordamlashish borasidagi saʼy-harakatlarida yana ham sezilarli oʻrin egallaydi. 
Jumladan, taraqqiyot huquqi oʻzida barcha fuqarolik, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va 
ijtimoiy huquqlarni mujassam etgan dinamik jarayonning muhim unsuri sifatida olib 
qaraladi va bu 
— jamiyatning barcha aʼzolari farovonligining oshishiga yordam 
beradi. Taraqqiyot huquqining kalitini topish 
— qashshoqlikka barham berish bilan 
izohlanadi, bu esa, oʻz navbatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy 
maqsadlaridan biridir.
]
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti oldiga xalqaro huquq va uning kodifikatsiyasini ilgʻor taraqqiyot yoʻliga 
burishdan iborat aniq vazifa qoʻygan. Bu ishning natijasi hisoblangan 
konvensiyalar, shartnomalar va normalar xalqaro tinchlik va xavfsizlikni 
mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun asos 
yaratadi.
6
Bu konvensiyalarni ratifikatsiya etgan davlatlar huquqiy jihatdan uni 
bajarishga majburdirlar.Xalqaro huquq komissiyasi xalqaro huquqiy mavzudagi 
hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, ular keyin konvensiyaga qoʻshilishi va 
davlatlarning ratifikatsiyasi uchu
n zarur boʻlishi mumkin. Bu konvensiyalarning 
baʼzilari davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni reglamentga solish huquqiy 
6
http://library.navoiy-uni.uz/files/birlashgan_millatlar_tashkiloti.pdf 


18 
normalarining asosini tashkil etadi. Jumladan, diplomatik aloqalar haqidagi 
konvensiya, xalqaro ochiq suv oqimlaridan foydalanish turlarini reglamentlaydigan 
konvensiya shunday hujjatlardandir. Dengiz huquqi boʻyicha konvensiya barcha 
mamlakatlarga Dunyo okeani boyliklariga teng huquq bilan kirib borish, uni 
ifloslanishdan muhofaza qilish va kema qatnovi hamda tadqiqotlar erkinligiga 
yordam berish uchun yoʻnaltirilgan. Giyohvandlik vositalarini noqonuniy 
aylantrishga qarshi kurash haqidagi konvensiya giyohvand moddalarni tarqatishga 
qarshi kurashda gʻoyat muhim xalqaro-huquqiy vosita hisoblanadi.Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasi oʻzaro 
muvofiqlashtirish va xalqaro savdo sohasida huquqiy normalarni tayyorlashga 
yordamlashish maqsadida qoida va boshqarish tamoyillarini ishlab chiqmoqda. 
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro ekologik huquqni ishlab chiqish 
kashshofi hamdir. Yerlarning choʻlga aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 
konvensiya, xavfli chiqindilarni tashish haqidagi konvensiya kabi kelishuvlar 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof muhit dasturida oʻz takomilini 
topmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari 
tomonidan terrorizmga qarshi kurashning asosiy huquqiy quroli hisoblangan 
xalqaro bitim ishlab chiqildi.Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz 
bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu 
mojaroda 1993-yili harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash 
uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994-yili Kengash Ruandadagi 
genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil 
etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud 
majlislari oʻtkazdilar. 1998-yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta 
genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni 
tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya 
bo
ʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan 
jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy 
maqsadlaridan biri 
— inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning 
uchun javobgarlik masʼuliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil 


19 
qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan 
soʻng, 1998-yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi 
qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. 
Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, 
jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini 
qoʻllab-quvvatladi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro 
insonparvarlik huquqi sohasid
a qator konvensiyalar ishlab chiqishga oʻz hissasini 
qoʻshdi.Adolat va tenghuquqlilikni barqaror etish borasidagi turli chora-tadbirlar 
1945-
yili oʻz egalari boshqarmaydigan hududlarda 750 million kishi yashar edi. 
Ushbu son bugungi kunda 1,3 millionni tas
hkil etadi. Bu gʻoyat jiddiy tadbir 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaram hududlarda yashayotgan xalqlar 
orzu-
umidlarining qoʻllab-quvvatlanganligi va ularning mustaqillikni tezroq qoʻlga 
kiritishlari uchun berilgan yordam tufayli amalga oshdi. Bosh Assambleya qaram 
mamlakatlar va davlatlarga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilgan 
1960-yildan buyon 60 ga yaqin sobiq qaram hududlarda yashayotgan xalqlar 
mustaqillikka erishdilar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻla huquqli 
aʼzolariga aylandilar. Assambleya oʻz oldiga 2000-yilgacha kolonializmdan xalos 
boʻlish maqsadini qoʻygan.Oʻttiz yildan ortiq muddat davomida Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti tomonidan olib borilgan muayyan operatsiyalar majmui tufayli aparteid 
singari butu
n dunyoga maʼlum boʻlgan Janubiy Afrikadagi irqiy segregatsiya 
tizimiga barham berildi. 1994-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi 
kuzatuvchilari ishtirokida bu mamlakatda barcha irqlar vakillari uchun ochiq 
boʻlgan birinchi saylovlar oʻtkazildi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan 
kunlaridanoq barcha xalqlar tinchligini barqaror etish va barcha shakllardagi 
irqchilikka qarshi kurashish ustida ish olib boradi. Bosh Assambleya qaroriga 
muvofiq 2001-yilda Janubiy Afrikada irqchilik, irqiy kamsitishlar, ksenofobiya va 
shu kabilarga toqat qilib boʻlmaslik masalalariga bagʻishlangan konferensiya 
oʻtkaziladi.
7
 
7
http://pravacheloveka.uz/oz/articles/zbekiston-va-birlashgan-millatlar 


20 

Yüklə 200,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə