2.2. Xiva xonligining tashqi siyosati.
XVI asrdan boshlab tarix sahnasida muhim iz qoldirgan O‗rta Osiyo
xonliklaridan biri Xiva xonligidir. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi o‗zining
geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo‗li bilan taminlanganligi
sababli O‗rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo‗lgan. Xiva xonligi karvon
yo‗llari ustida joylashgan. Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida
muhim o‗rin egallagan. Xiva xonligi G‗arb bilan Sharq o‗rtasidagi savdoda faol
qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi keng ishtiroki uning
hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog‗liq. Xonlik poytaxti bo‗lgan Xiva shahri
hunarmandchiligi uzoq tarixiy ananalarga ega. O‗rta asrlarda shahar
hunarmandchiligi ixtisoslashtirilgan edi. Jumladan, Xivada gilam to‗qish,
yog‗och o‗ymakorligi, to‗quvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari mavjud
bo‗lgan.
1753 yil Xiva va Buxoroda bo‗lgan rus savdogari D.Rukavkin paxta
ekinining mo‗lligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning
ma‘lum tartib qoidalarining yo‗qligini yozadi. Uning xabariga ko‗ra, bu erda hech
60
O‘shа jоydа. — l. 46–47.
qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish mumkin
bo‗lgan. Bu o‗rinda albatta xivaliklarning xususiy korxonalarni ochishga davlat
tomonidan to‗siqning bo‗lmaganligi etirof etiladi.
XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng
muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan. Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoklar
yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad, rangli shisha, sapfir kabi toshlardan
ko‗p foydalangan.
XIX asrning ikkinchi yarmida saqlanib qolgan hunarmandlar va savdogarlar
nomlari, Xiva bozorlarida tovarlar xilma-xilligi haqida tasavvur qilishga imkon
beradi. Jumladan, pazachier haydash asboblari yasovchilar, xarrak-temirchilar,
kuchanchi-buyincha yasovchi ustalar, misgar, zargar, pichoqchi, qinchi, bo‗yoqchi,
choponfurush, telpakdo‗z, konchi, kovushdo‗z, tavoqchi, qulfgar, kiyizfurush,
juvozchi, sholikor-sholitegirmonida ishlovchi, qassob, tuzchi, kallapoz-qo‗y kallasi
sotuvchilar, baliqchi, nonvoy, choy va tamaki sotuvchilar, baqqollar, yog‗och
furushlar, ko‗mirchi, shamchi, sovunchi, sarrof, jarchi va boshqalar.
Bozorlarda bazi hunarmandlarning do‗konlari ham bo‗lib, mahsulotni shu
erda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, do‗kon ham korxona, ham rasta
vazifasini o‗tagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar.
Po‗stindo‗zlar, ipak mato to‗quvchilar, etikchilar va boshqalar uylarida ishlaganlar,
va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar
61
. Xiva ananaviy metall
buyumlar ishlab chikarish markazi bo‗lib, XIX asrning o‗rtalarida u erda 38 misgar
bo‗lgan.
Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim rol
o‗ynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan meros
bo‗lib kelgan.
Mamlakatda
hunarmandchilikning
rivojlanishi
bevosita
iqtisodiy
taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan.
61
Fаyziеv А.F. Rеmеslо Хivi v pеrvоy pоlоvinе XIX vеkа.//Pоzdnеfеdеrаlniy gоrоd Srеdniy Аzii.
Tоshkеnt. 1990 g. Str. 170
Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning
azaldan moddiy va ma‘naviy madaniyat markazi bo‗lib kelganligini, xivaliklarning
boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib kelganligini XVI
asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat beradi.
Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan
savdo aloqalarida bo‗lgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan
rossiyalik va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik elchilarning
keltirgan ma‘lumotlarini tahlil qilish asnosida yoritishga harakat qilamiz.
Jumladan, 1585 yil 11 noyabrda xivalik elchi Xo‗ja Muhammadning
Rossiya podshosi Fedor Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari yuritilgan
har xil ranglar bilan bo‗yalgan, qimmatboho mashhad kamoni ham bo‗lgan
62
. Bu
esa Xivaning Eron bilan savdo qilganligining bir isboti hisobanadi
A.Chuloshnikov XVI asr o‗rtalarida Moskva davlatining O‗rta Osiyo
xonliklari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yoritish jarayonida rus hukumatining
Hindistonni bilishga intilishini ham e‘tibordan chetda qoldirmagan. Ko‗rib
o‗tilganidek, XVI asr ikkinchi yarmidan e‘tiboran Rossiya Hindistonga boradigan
karvon yo‗llarini qidirib O‗rta Osiyo va Eronga maxsus elchiliklar jo‗natgan edi.
Bu vaqtlarda Roosiya bilan Hindiston o‗rtasida bevosita iqtisodiy munosabatlar
yo‗lga qo‗yilmagan bo‗lsa ham, hind tovarlari o‗rtaosiyolik savdogarlar orqali Rus
erlariga kirib kelgan. A.Chuloshnikov o‗rta asrlarda O‗rta Osiyo bilan Rossiya
o‗rtasida savdo aloqalarining quyidagi usullari mavjud bo‗lganligini e‘tirof qiladi.
Birinchidan, shox va xonlar o‗rtasidagi savdo bo‗lib, ular ishonchli vakillari –
shaxslar, mehmonlar va savdogarlar orqali amalga oshirilgan. Ikkinchidan, xususiy
savdogarlarning erkin tovar ayirboshlashi, va nihoyat, uchinchidan, hadya
tariqasida xon va elchilarning nodir buyumlarni ayirboshlashi
63
.
XVII asrda ham Xiva xonligi bilan Rossiya o‗rtasida elchilik va savdo
aloqalari davom etgan. Elchilar Xiva xoni nomidan rus podshosiga tortiqlar olib
borgan. Hadyalar tarkibida hind tovarlari ham bo‗lgan. Masalan, 1641 yil noyabrda
62
Mаtеriаli pо istоrii Uzbеkskоy, Tаdjikskоy i Turkmеnskоy SSR. CH. 1. M., 1932. s. 99.
63
CHulоshnikоv А. Tоrgоvlya Mоskоvskоgо gоsudаrstvа s nаrоdаmi Srеdnеy Аzii XVI-XVII vv. V kn.: Mаtеriаli
pо istоrii Uzbеkskоy, Tаdjikskоy i Turkmеnskоy SSR. CH. 1. L-1932. s. 68
Xiva elchisi Muhammad Amin Bahodir tomonidan 100 ta hind viboykasi olib
kelinganligi, elchining o‗zida boshqa tovarlar qatorida 100 bo‗lak hind chiti, 4
idishda nil bo‗yog‗i bo‗lganligi ma‘lum
64
.
1646 yil 1 sentyabrda xivalik elchi Nazar Nodirqulov Astrobodda yo‗lda
kelayotgan vaqtida o‗g‗irlangan tovarlari ro‗yxatida boshqalar qatori 6 ta hind
dokasi, 5 ta hind tillo izufrey, 9 ta hind viboykasi, qo‗y terisidan ishlangan 10 ta
hind bosh kiyimi bo‗lgan
65
. 1645 yilda Xiva xoni Abulg‗ozixon hind podshosiga
xat yozib, unda ilgarilari urganch xonlari hind shoxlari bilan tinchlikda yashashgan
va savdogarlar bir-birlarining tomonlariga qatnab turganligini aytib, endilikda ikki
mamlakat o‗rtasidagi o‗sha do‗stlik va savdo aloqalarini davom ettirishni taklif
qilgan. Hozirda esa Urganch xoni Hindiston shoxi bilan do‗stlik aloqalari
o‗rnatgan bo‗lib, savdogarlar bir-birlarining mamlakatiga qatnab turadi, deb bu
haqda 1646 yil 7 noyabrda Astraxanga borgan Xiva elchisi Shayxbobo ma‘lumot
bergan
66
. Shu kabi xabarlar asosida XVI-XVII asrlarda Xiva bilan Hindiston
o‗rtasida do‗stona siyosiy va iqtisodiy savdo munosabatlari o‗rnatilgan, deyish
mumkin.
1667 yil 19 dekabrda Xiva elchisi Po‗lat-Muhammad mahkamada Xiva xoni
Hindiston shoxi bilan bordi-keldi qiladi va savdogarar har ikki tomonga borib erkin
savdo kiladilar deb javob bergan. Urganchdan Hindistonga quruqlik yo‗li bilan bir
yarim oyda boradi, degan. Ularning tovarlari hind, doka, qalampirmunchoq,
dolchin, buyoq va boshqa tovarlar
67
.
Rus elchisi Ivan Fedotov 1669 yil 13 iyunda Xiva xoni Anusha xon huzurida
bo‗lgan va Rossiyaga qaytib kelgach, o‗z axborotida buxoroliklar va xivaliklar bir-
birlari bilan o‗zaro savdo qilishi, bozorlarda uchratgan tovarlari, ularning narx-
navosi haqida ma‘lum qilgan. U Urganchlik savdogarlar Buxorodan viboyka, ip
gazlama va rang-barang ipak matolari keltirishini, lekin, buxorolik
savdogarlarning Xiva va Urganchga kam kelishini e‘tirof etgan. SHu bilan birga
64
Mаtеriаli pо istоrii Uzbеkskоy, Tаdjikskоy i Turkmеnskоy SSR. CH. 1. L-1932. s. 168
65
O‘shа аsаr. 198 b.
66
O‘shа аsаr. 317 b.
67
Russkо-indiyskiе оtnоshеniya v XVII vеkе. Sbоrnik dоkumеntоv. M., IVL., 1958. s. 162.
I.Fedotov hindlar va balxliklar Xivaga kelishmaydi hamda Xivada hind omborlari
ham yo‗q, deb xabar beradi. Qizig‗i shundaki, elchi Xiva bozorlarida sotilayotgan
tovarlar narxini Astraxanda sotilish narxi bilan taqqoslab, bu tovarlarni Rossiyada
sotishdan foyda chiqmaydi, deb hisoblagan
68
.
I.Fedotov ko‗rsatmalaridagi hindlar va balxliklarning Xiva bilan savdo
qilishmasligi haqidagi xabari ikki yil avval, ya‘ni 1667 yildagi Xiva elchisi Po‗lat
Muhammadning bergan ma‘lumotlariga zid keladi. Aftidan, I.Fedotov sharq
davlatlarda savdoning o‗ziga xos tamonlaridan bexabar bo‗lgan. Ko‗p holatlarda
O‗rta Osiyo xonlari bilan Hindiston shoxlari o‗rtasidagi savdo A.Chuloshnikov
eslatib o‗tgan savdo usullari orqali amalga oshirilgan..
Mahmud ibn Vali ―Bahr-ul asror‖ asarida Balx viloyati, uning jug‗rofik
o‗rni, odamlari, poliz va sabzavot ekinlari haqidagi bo‗limda u erda etishtiriladigan
va chetdan olib kelinadigan mahsulotlar haqida xabar berib, Xorazmdan
ko‗ktarnay qovuni, Buxorodan qora qovun, mulla payandagi va daroyi,
Samarqandning zagare qovuni va gilosi, shimoliy Xitoyning shaftolilari,
Xorazmning tut daraxtlari, Marg‗ilonning charxi deb atalgan o‗riklari,
Samarqandning sangak olmasi va boshqalarning Balxga keltirilganligi va hattoki u
erda etishtirila boshlanganligini ta‘kidlaydi
69
.
Demak, Xorazm qovunlari Balxda ham mashhur bo‗lgan. Ma‘lumki, qovun
suvsiz o‗smaydi, ko‗p sug‗orilsa unchalik shirin ham bo‗lmaydi. Mahmud ibn Vali
Xorazmda sug‗ormasdan qovun etishtirish siri haqida ma‘lumot beradi. Uning
yozishicha, yantoqning uzun tomiri uzunasiga kesilib, unga qovun urig‗i
joylashtiriladi, ya‘ni ekiladi. Qovun o‗sib chiqib, pishgunga qadar yantoq ildizi
suvi bilan oziqlanadi. Bunday qovun katta va shirin bo‗lgan
70
. Bu kabi qovun
etishtirish usuli hozirgi kunda ham Buxoro viloyatining ba‘zi cho‗l xududlarida
qo‗llaniladi. Mahmud ibn Vali Xorazmning rus erlari bilan savdodan katta foyda
olishini ta‘kidlab o‗tgan edi.
68
Хаnikоv YA.V. Pоyasnitеlnаya zаpiskа k kаrtе Аrаlskаgо Mоrya i Хivinskаgо хаnstvа, s iх оkrеstnоstyami. SPb.,
1851. s.39-40.
69
Mахmud ibn Vаli. Mоrе tаyn оtnоsitеlnо dоblеstеy blаgоrоdniх (gеоgrаfiya). Vvеdеniе, pеrеvоd, primеchаniya,
ukаzаtеli B.А.Ахmеdоvа. T.: 1977. s.24-25.
70
O‘shа аsаr. 44 b.
Xulosa shuki, XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi doimo rus davlatining diqqat
markazida bo‗lgan. Elchilarning va o‗rta asr mualliflarining bergan ma‘lumotlariga
ko‗ra, xonlik Hindiston bilan yaqin savdo aloqalarida bo‗lgan.
XVIII asrda Rossiya O‗rta Osiyo xonliklari bilan yakin savdo aloqalari
o‗rnatishga jadal kirisha boshlaydi. Bu davrda dengiz savdosining ahamiyati ortib
bora boshlaydi. Savdogarlar Astraxandan Kaspiy dengizi orqali Mangishloqqa, u
erdan quruqlik bilan Urganch, Xiva va Buxoroga borishgan.
O‗rta Osiyodagi agrar masalalar bilan shug‗ullangan E. Zelkina o‗rta asrlar
boshlarida Evropa bilan Hindiston o‗rtasidagi savdo aloqalarida O‗rta Osiyoning
alohida o‗rni bo‗lganligi, bu davrda savdo-sotiq juda ham gullab yashnaganligi,
ammo, XVI-XVII asrlarda bu savdo bir oz sekinlashgan bo‗lsa, XVIII asrda yana
jonlanish sezilganligini ta‘kilaydi. Muallif o‗rta asr bozorlaridagi qul savdosiga
ham e‘tiborini qaratgan. Qulchilik bozori ko‗proq Xivada bo‗lganligi extimol.
Zelkina ma‘limotiga ko‗ra, Xivaning katta bozorlarida 200 tagacha qullar bo‗lgan,
O‗rta Osiyoda qullar mehnati samarasiz bo‗lib, ular asosan uy ishlarida va
dalalarda ishlatilgan. U Xiva va Buxoroning Eron bilan chit, movut va qullar orqali
qizg‗in savdo qilganligini ta‘kidlaydi
71
.
XVIII asrning 40-yillari oxirlaridan Erondagi ichki vaziyatning og‗irligi va
g‗alayonlar hind savdosiga o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatgan. Eronda xonavayron
bo‗lgan hind savdogarlari endilikda e‘tiborlarini O‗rta Osiyo savdosiga qaratishga
majbur bo‗lgan. Avvallari unchalik rivojlanmagan hind savdosi, XVIII asrning
ikkinchi yarimida muntazam davom etadigan va keng miqyosda olib boriladigan
bo‗ldi.
Demak, birinchidan, Xiva xonligi Eron bilan savdo aloqalari o‗rnatgan
bo‗lgan, ikkinchidan xiva tovarlari hind savdogarlari qo‗li bilan Rossiyaga olib
borilgan, uchinchidan hindlar Eron orqali Xiva-Rossiya savdosida vositachi rolini
bajargan.
XVIII-XIX asrlarda Xiva xonligi muayyan dinamik taraqqiyot bosqichiga
erishgan edi. Qo‗shni Buxoro amirligi, Qozoq juzlari va bebosh turkman
71
Zеlkinа Е. Оchеrki pо аgrаrnоmu vоprоsu v Srеdnеy Аzii. M.: 1930. s. 20.
urug‗larining murakkab o‗rovi sharoitida bo‗lishiga qaramay, xonlikda ba‘zi stabil
holatlar kuzatiladi. SHu davrda Xiva o‗zining tashqi savdo munosabatlariga ham
katta ahamiyat bergan. Lekin to‗plangan materiallar shuni ko‗rsatadiki, Xivaning
tashqi iqtisodiy munosabatlari ko‗proq Rossiya va u orqali g‗arb mamlakatlari
tomon intilgan. Xuddi shuningdek, G‗arb mamlakatlarining, xususan, Angliyaning
Xivaga qiziqishi va u orqali Eronga chiqish tendensiyasi paydo bo‗lgan. Aslida bu
intilish XVI asrdan boshlab kuzatiladi. Masalan, Angliyaning Moskvada tashkil
etilgan savdo kompaniyasi Ioan Grozniy yorlig‗i bilan A.Jenkinson rahbarligidagi
savdo ekspeditsiyasiga sabab bo‗lgan.
Bu o‗rinda Xivaning sharq mamlakatlari bilan savdo munosabatlari qanday
kechgani masalasi etarli darajada ma‘lumotlar bilan ta‘minlangan emas. Bu haqda
XVI-XIX asrlar orasida Xivaga kelgan ko‗plab savdo karvon ekspeditsiyalari
tomonidan berilgan hisobotlardagi ma‘lumotlargagina tayanilishi mumkin. Shu
bilan birga Xivaga jo‗natilgan G‗arb mamlakatlarining, xususan, Rossiya va
Angliyaning XVIII-XIX asrlar davomidagi savdo ekspeditsiyalari ma‘lumotlariga
ham alohida to‗xtalishni maqsadga muvofiq deb topdik. Jumladan, 1726 yilda
Xivadan Subxonqulibek boshliq elchilik missiyasi Peterburgga kelib Ekaterina 1
saroyida qabul qilingan. Elchilikning maqsadi Petr 1 davrida Bekovich-
Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati tufayli uzilib qolgan savdo-iqtisodiy
munosabatlarni tiklash edi. Holbuki, Xiva tomonidan Petr 1 ga qadar Rossiya bilan
aloqalar o‗rnatish maqsadida 1585 yilda Xo‗ja Muhammad boshchiligidagi, 1641
yilda Muhammad Amin Bahodir, 1646 yilda Nazar Nodirqulov, shu yilning o‗zida
Shohbobo rahbarligidagi bir qancha elchilik missiyalari va nihoyat Petr 1 ning o‗zi
davrida Shoxniyozxon elchiligi amalga oshirilganligi yuqorida ta‘kidlab o‗tildi.
XVIII asrning 20 – 40 –yillari Rossiyaning O‗rta Osiyo xonliklari bilan
aloqalarida biroz sustkashlik seziladi. Bu holat Bekovich – Cherkasskiy
ekspeditsiyasining halokati tufayli 1716- yildagi Rossiya bilan Xiva o‗rtasidagi
savdo iqtisodiy aloqalarining to‗xtatilishi bilan bog‗liq edi..
1726 yilda Peterburgga xivalik elchi Subxonkulibek keladi. U rus
hukumati oldiga Rossiya bilan Xiva o‗rtasida savdo munosabatlarini qaytadan
yurgizish masalasini qo‗yadi. 1726 yil 17 sentyabrda Oliy maxfiy kengash
Rossiyadan Xivaga savdogarlarni jo‗natish xivaliklar uchun ham, Xivadagi
rossiyaliklar uchun ham foyda keltiradi, axir savdoning taqiqlanishidan ham
xazina va ham savdogarlar zarar ko‗rmoqda, degan xulosaga kelgan edi.
Subxonqulibek elchilik missiyasiga javoban Rossiya Oliy maxfiy kengashi
Xiva bilan savdo munosabatlari o‗rnatish to‗g‗risida maxsus qaror chiqargan va
Astraxandagi tayanch punktidan foydalanib, o‗sha paytlarda Rossiya bilan savdo
aloqalarida mashhur bo‗lgan Samarqandlik Yodgor Alimov rahbarligida Xivaga
rus savdo karvoni jo‗natiladi.
1728 yilda Xivaga jo‗natilgan ushbu karvon boshlig‗i Yodgor Alimovga
Rossiya savdo aloqalari uchun nafaqat Xiva haqida, balki Buxoro, Samarqand,
Balx, Badaxshon, Koshg‗ar, Toshkent, hatto Boburiylar Hindistonining Kobul va
Laxor shaharlarigacha - qanday imkoniyatlar borligini o‗rganish vazifasi
topshirildi. Ushbu savdo karvonini himoya qilish uchun Yoyiq kazaklaridan
tuzilgan otliq askarlar ajratildi. Yuqoridagi Oliy maxfiy kengash qarorida
Astraxanda va Rossiyaning boshqa shaharlarida Xiva va Buxorodan keltirilgan
mollar bilan savdo qilishga ruxsat berilgan edi.
1729 yilda Yodgor Samarqandiy Rossiyaga Buxoro va Xiva xonlari
nomidan elchilik yorliqlari bilan keladi. Xususan, unda Xiva xoni Rossiya
savdogarlarining xavfsizligini ta‘minlash majburiyatini olgan edi. Ikki yildan
so‗ng, ya‘ni 1731 yilda Xiva xoni Ilbarsxon Astraxan gubernatori Izmaylovga
maktub jo‗natib, karvonlarning xavfsizligini ta‘minlash haqida majburiyat olgan.
Xon karvonlarni Astraxandan kemalarda Mang‗ishloqqacha, va u erdan quruqlik
yo‗li bilan Xivagacha keladi. Xon Mang‗ishloqda savdogarlar uchun tuyalar va
himoya qilish uchun otliq askarlar hozirlab qo‗yishni o‗z zimmasiga olgan. Savdo
karvonlari Xivadan Rossiyaga qaytishda yana Mang‗ishloq orqali qaytishi va uning
himoyasini tashkil qilishi va agarda favqulodda baxtsiz hodisa sodir bo‗lsa, xon
hamma aybni o‗z zimmasiga olishi va ko‗rilgan zararni to‗lashi eslatilgan. Agarda
karvon bilan baxtsiz hodisa dengizda sodir bo‗lsa, u holda xon javob bermasligi
ham ta‘kidlangan. Xon savdo karvonlarining talanishini iloji boricha kamaytirish
va avvalgi savdo ishlarini qaytadan kengaytirishga umid bog‗laganligini bildirgan
edi.
Xuddi shunday mazmundagi majburiyatlar Xiva xoni tamonidan 1734 va
1736 yillarda takrorlangan edi. Va nihoyat, 1731 yil Rossiya hukumati polkovnik
I.I.Garber rahbarligida Xiva va Buxoroga qo‗riqchilar bilan savdo karvoni
jo‗natadi. Unga savdo yo‗llari xaritasini tuzish, Xiva va Buxorodagi iqtisodiy
ahvol haqida ma‘lumotlar to‗plash, Xiva va Buxoroning savdo aloqalari, ularga bir
yilda qanday tovarlar va qancha miqdorda kerakligi haqida ma‘lumotlar to‗plash
topshirilgan edi. Bundan tashqari, Garberga Hindistonga borish yo‗lini aniqlash,
oltin va qimmatbaho toshlar bor joylar haqida ma‘lumotlar yig‗ish vazifasi ham
yuklangan edi. Lekin 1732 yili yuqoridagi ko‗rsatmalar asosida jo‗natilgan karvon
yo‗lda qozoq sultoni Botirxon tomonidan talangani sababli maqsadga
erishaolmagan.
Shuni
alohida
ta‘kidlamoq kerakki, Rossiyaga O‗rta Osiyodan
keltirilayotgan tovarlar orasida Eron tangalari ham bo‗lgan. Masalan, 1749 yil
Orenburg orqali Astraxanga 14 savdogar 17896 rub.lik 17 partiya tovarlar, shu
jumladan, 10532 rub.lik 15 pud 10 funt og‗irlikdagi kumushdan iborat bo‗lgan 3
partiya tovarlar keltirilgan. 3 partiya kumush bu ―abbosiy‖ deb ataluvchi eronning
kumush tangalari hisoblangan. O‗rtasoiyolik savdogarlar kumushni Orenburgda
tovarlarga ayirbosh qilishgan. Kumushlar Moskvadagi pul zarbxonalarida har
zolotnigi (rus o‗lchov birligi), ya‘ni misqoli (4.25 grammga teng og‗irlik o‗lchovi)
18 kop.dan yoki bir pudi 691 r. 20 k.dan qabul qilingan
72
. Rossiyaga kumush
tangalar Xiva va Buxorodan o‗rtaosiyolik savdogarlar orqali keltirilgan. Demak,
XVIII asr o‗rtalarida Xiva bilan Eron o‗rtasida savdo aloqalari qalinroq bo‗lgan,
degan xulosa qilish mumkin.
Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlarni o‗rtaosiyolik savdogarlar, ya‘ni
xivaliklar, buxoroliklar va turkmanlar olib kelgan. 30-yillarda Astraxanga
keltirilgan jami tovarlarning taxminan 51% o‗rtaosiyoliklar zimmasiga tushgan.
72
YUхt А.I. Tоrgоvlya Хivi i Buхаri s Rоssiеy chеrеz Аstrахаn (20-40-е gоdi XVIII v.) //Pоzdnеfеоdаlniy gоrоd
Srеdnеy Аzii. T., 1990. s. 118.
Ular orsida xivaliklar etakchi mavqeni egallagan. 1734-1735 yillarda o‗rtaosiyolik
savdogarlar Astraxanga 17 ming rub.lik tovar olib kelgan bo‗lib, shundan 13
minggi xivaliklar zimmasiga tushgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Astraxan orqali Rossiya bilan Xiva va
Buxoro xonliklari o‗rtasidagi savdoda xivalik savdogarlar muhim o‗rinni
egallaganlar. Astraxan bojxonasiga keltirilgan tovarlarni ro‗yxatga olish
kitoblarida O‗rta Osiyodan Rossiyaga keltirilgan tovarlar ro‗yxati, tovarlarning
o‗lchov miqdori va narxlari haqidagi ma‘lumotlarga asoslanib Rossiyaning O‗rta
Osiyo bilan savdosida xivalik savdogarlar etakchi o‗rinni egallaganliklariga umid
qilish mumkin. Xivaliklar o‗zlari bilan mahalliy tovarlar qatori Eron va Hindiston
tovarlarini ham Astraxanga olib borganliklarini ko‗rishimiz mumkin.
Xiva xonligi tarixi va uning qo‗shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari
to‗g‗risida anchagina ma‘lumotlar mavjud. Ma‘lumotlarning aksariyati Rossiya
tomonidan O‗rta Osiyo xonliklarini, Eron va Hindistonni o‗rganish maqsadida
jo‗natilgan elchilar va diplomatlar tomonidan yig‗ilgan dalillardan iboratdir
73
. 1734
yili Angliya bilan Rossiya o‗rtasida Rossiya orqali sharq mamlakatlari bilan tranzit
savdo yo‗llaridan foydalanish haqidagi bitim tuziladi. Bitim imzolangach, darhol,
Rossiya kompaniyasining ingliz vakillari Rossiya orqali Eronga boradigan qulay
savdo yo‗llarini qidira boshlaydilar va shu maqsadda O‗rta Osiyo, Ozarbayjon va
Eronga bir necha xufiya ekspeditsiyalari tashkil qildilar.
Shu maqsadda, 1739 yili «Rus kompaniyasi»ning vakillari Djon Elton va
Mungo Gremlar Xiva va Buxoroga jo‗natilgan edi. Lekin Nodirshoxning O‗rta
Osiyoga hujumi xavfi haqidagi xabarni eshitgach, ular Astraxandan to‗g‗ri Eronga
ketishni afzal ko‗rishgan. Bu boshlangan ishni yakuniga etkazish maqsadida 1740
yil fevralda «Rus kompaniyasi» Xiva va Buxoroga yangi ekspeditsiya uyushtiradi.
Uning tarkibida Georg Tompson va Regnald Xogg kabi josuslar bor edilar. Ular
Xiva va Buxoroda savdo-sotiq sharoitlarini o‗rganishlari kerak edi. Mazkur
ekspeditsiya Rossiyaning janubi-sharqiy chegaralari va Qozog‗iston cho‗llari
73
YUnusоvа L.I «Tоrgоvlya gоrоdоv Srеdniy Аzii, Аzеrbаydjаnа i Irаnа v 30-40-х gg. XVIII v. (pо еvrоpеyskim
istоchnikаm) //Pоzdnеfеоdаlniy gоrоd Srеdnеy Аzii. T.: 1990. s.122-128.
orqali yo‗lga tushadi. G.Tompson va R.Xogglarning kundaliklari Eronda bo‗lgan
«Rus kompaniyasi» savdogari Jonas Xonvey kitobida nashr qilingan. Bu kitobdan,
muallifning va XVIII asrning birinchi yarmida Eronga kelgan boshqa
evropaliklarning yo‗l kundaliklari o‗rin olgan. Ushbu kitobdagi ma‘lumotlar XVIII
asrning 30-40-yillarida O‗rta Osiyo shaharlari, Ozarbayjon va Erondagi ichki va
tashqi savdoning ahvoli, shaharlar hunarmandchiligi to‗g‗risidagi xabarlardan
iborat. G. Tompson va R.Xogg 1740 yili 9 sentyabrda Yoyiq shahri orqali
Qozog‗iston cho‗llari, Orol dengizining shimoliy-g‗arbiy qirg‗oqlari orqali o‗tib
Xivaga kirib kelishgan. Ingliz josuslari Xivadagi ichki savdoning holatini tahlil
qilib, ular faqat Buxoro va Eron bilan savdo qiladilar, hayvon, mo‗yna va terilarni
qirg‗iz (qozoq-A.R) va turkmanlardan oladilar deb, xabar qiladi. Qirg‗izlar va
turkmanlar xivaliklar uchun xavfli qo‗shni hisoblanishgan ekan. Xivada uncha
ko‗p bo‗lmagan paxta ekilgan, o‗rtacha sifatli qo‗y terisi (qorako‗l bo‗lishi
mumkin), uncha ko‗p bo‗lmagan xom ipak etishtirgan va ipakdan mahsulot ishlab
chiqarilan.
Shunday qilib, ular Xivada ingliz sanoatini qiziqtiradigan xom ashyo manbai
kam deb qayd etishadi. Hind tovarlariga kelsak, G.Tompson va R.Xogglar bu erda
bo‗lganlarida hind tovarlarini ko‗rishmagan. Ular Xivaning Buxoro va Eron,
hamda qo‗shni ko‗chmanchilar bilan savdo qilganliklarini e‘tirof etishgan
74
.
Inglizlar Xivada o‗zlarining tovarlari uchun bozor ham qidirgan, lekin
izlanishlar natijasida ular Evropa tovarlariga xivaliklarning ehtiyoji kamligini
sezishgan. SHuning uchun bu erda foydali savdo qilishga ko‗zi etmay, foydadan
ko‗ra sarf-xarajat miqdori oshib ketadi, deb hisoblashgan. Boj masalasida,
musulmon bo‗lmaganlarning tovarlaridan 5%, musulmonlarnikidan esa 2,5% boj
solig‗i olingan. Demak, ingliz tovarlari uchun imkoniyatlar ancha cheklangan
bo‗lgan. «Rus kompaniyasi» josuslari Xivada, Nodirshox qo‗shinlari Xivani
egallashganigacha, ya‘ni, 1740 yili 15 dekabrgacha qolishgan. Ular o‗z tovarlarini
eronliklarga sotib bo‗lishgan, ammo pullarini hali olishmagan ekan.
74
O‘shа аsаr. s 124.
R.Xogg eronliklarga nasiyaga bergan mollarining pullarini olish maqsadida
Xivada qolgan, so‗ng Rossiyaga qaytmoqchi bo‗lgan. G. Tompson esa Buxoroga
jo‗nagan. R.Xogg faqat 1741 yili aprel oyida Xivadan jo‗nab ketishga muvaffaq
bo‗lgan. Yo‗lda o‗g‗rilar tomonidan talangan R.Xogg Orenburg orqali 1742 yil
bahorda Peterburgga etib borgan.
Buxoroga kelgan G.Tompson savdo aloqalarining ilgarigi davrga nisbatan
yomonlashganligini ko‗radi. U Buxoroda etishtiriladigan va ishlab chiqiladigan
mahalliy mahsulot turlari bilan, Buxoro bozorlari va uning tashqi savdo aloqalari
bilan qiziqadi. G.Tompson buxoroliklarning evropa tovarlariga ehtiyojini o‗rganib,
buxoroliklarning evropa tovarlariga talabi kamligini, movut kabi tovarlardan
faqatgina bosh kiyim tikishda foydalanishini aniqlagan. U evropa tovarlarini
Buxoro bozorlariga olib kelib, tavakkal qilishdan foyda yo‗q, degan xulosaga
keladi.
G.Tompson Buxoroda boj solig‗i olinishiga o‗z e‘tiborini qaratgan.
Buxoroda hamma keltiriladigan mollardan 1%, olib chiqiladigan mollardan esa
10% soliq olingan. Tinchlik davrlarida boj solig‗idan keladigan foyda yiliga 1000
dukatni tashkil qilgan. Xuddi shunday, Xiva xoni xazinasiga tushadigan boj solig‗i
foydasi yiliga 100 dukatgacha etgan. Shundan ko‗rinib turibdiki, Xivada Buxoroga
nisbatan savdo aylanishi ancha past bo‗lgan.
Bu kabi xolatni biz XVI asr o‗rtalarida Xiva va Buxoroga kelgan A.
Jenkinson ma‘lomotlarida ham uchratgan edik. Bir asr muqaddam Jenkinsonning
bergan fikrini G.Tomson va R.Xogglar ham tasdiklab turibdi. Har ikkalasi Buxoro
bozorlarida o‗zlari olib kelgan movutga xaridor topa olishmagan va bu erda Evropa
tovarlari narxi hu darajada pastki tavakkal qilib, xatarli yo‗llar bilan tovarlarni olib
kelib sotishdan foyda yo‗q, degan xulosaga kelishgan.
Aftidan, G.Tompson va R.Xogglar ushbu ma‘lumotlarning Rossiya orqali
o‗tishini hisobga olib, rus hukumatining va rus sanoat doiralarining diqqatini
ataylab chalg‗itishga uringan ko‗rinadi. Mazkur ekspeditsiyadan keyin G.Tompson
Buxoroga, R.Xogg esa Peterburga qaytib ketadi.
Xuddi shu davrda Ozarbayjon, Eron va Kaspiybuyi viloyatlarining
o‗rganilishi natijasida inglizlar bu xududda savdo qilish foydali deb bilishgan. Ular
bu xududlardan nafaqat ingliz tovarlari uchun bozor, balki xom ashe manbai
sifatida foydalanishni afzal ko‗rishgan.
Yuqorida zikr etilgan D.Elton va M.Gremlarning ekspeditsiyasi o‗z
yo‗nalishi bo‗ylab vaziyatni o‗rganib, ular Mashhadda savdo kontorasini ochib, u
orqali ingliz mollarini Eron, Afg‗oniston, Hindiston va O‗rta Osiyoga tarqatish
mumkin degan xulosaga keladilar. Buning uchun tovarlarni Londondan
Peterburgga, so‗ng Astraxan, u erdan Kaspiy dengizi orqali Astrobod va so‗ng
Mashhadga olib kelishi kerak edi.
Shunday kilib, ekspeditsiyalar natijasida ingliz savdogarlari orzulariga
erishgan. D.Elton va M.Gremlar Kaspiy dengizi bo‗ylarida ingliz savdosini
kengaytirishdan katta foyda olish mumkin deb hisoblashgan. Hatto Eron shoxi
Nodirshoxning o‗g‗li Rizoqulidan «Rus kompaniyasi»ga savdo qilish uchun
imtiyozlar berish haqida farmon ham olgan edi.
YUqoridagi ikkita kompaniya vakillarining bergan ma‘lumotlarini tahlil
qilish natijasida ularning bir biriga qarama-qarshi xulosaga kelishgani ma‘lum
bo‗ldi. D.Elton bilan M.Grem Volga-Kaspiy savdo yo‗li Eronga borish uchun juda
qulay va bexavotir, hamda bu erda, Eron va Ozarbayjon viloyatlarida ingliz
savdosini kengaytirish Angliya uchun katta foyda keltiradi, deb hisoblashgan.
Shunisi e‘tiborga molikki, XVIII asrda hind savdogarlari Astraxanda ham
savdo qilishgan ekan. Ma‘lumotlarda hind savdogarlarining turli mamlakatlardan,
xususan, Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlar olib kelganligi qayd etiladi.
Jumladan, 1733-1734 yillarda hind savdogarlari Rossiyaga, xususan, Astraxanga
Bokudan 126 to‗p, Gilyandan 56 to‗p, Darbanddan 12 to‗p, Xivadan 3 to‗p va
Buxorodan 1 to‗p tovarlar; 1744-1745 yillarda Gilyandan 50, Bokudan 24,
Darbanddan 23, Shemaxadan 1 to‗p tovar Lar keltirgan. Lekin 1744-1745 yillarda
O‗rta Osiyodan hind savdogarlarining mol olib kelganligi daftarlarda qayd
qilinmagan ekan. XVIII asrning birinchi yarmida hindlarning O‗rta Osiyo bilan
savdo aloqalari biroz kamroq bo‗lgan. Jumladan, 1737 yil hind savdogarlari
Xivadan 1187 rub.lik, 1739 yil 1740 rub.lik va 1742 yil 1181 rub.lik tovar
keltirgan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, xiva va buxoro ip gazlamalari, paxtasi, oshlangan
qo‗y terisi va qo‗zi terisini Eronda sotib olishgan. Demak Xivadan hind
savdogarlarining Xiva tovarlarini kam olib kelishining sababi, bu tovarlarni hindlar
Erondan sotib olib, so‗ng Astraxanga keltirilganligi ekan.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko‗rsatmalari,
elchilarning kundaliklarida e‘lon qilingan xabarlar bizga Xiva xonligining tashqi
iqtisodiy aloqalari to‗g‗risida muhim ma‘lumotlarni berishi bilan hozirgi kunda
ham o‗zining qimmatini saqlab qolmoqda. Keltirilgan dalilalarga asoslanib, Xiva
xonligi XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Eron, Hindiston va Rossiya davlatlari bilan
qizg‗in savdo va diplomatik munosabatlarni yo‗lga qo‗ygan deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |