KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
XX asr o‗zbek xalqi tarixida ro‗y
bergan eng
muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo‗ldi.
Istiqlol sharofati
bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o‗z e‘tiqodi,
urf-odatlari,
qadriyatlari o‗z o‗rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o‗zbek xalqiga xos
bo‗lgan xususiyat va an‘analarini hisobga olgan holda o‗z rivojlanish yo‗lini
tanlashi, boy madaniyati va ma‘naviyatini e‘zozlash,
xalq istiqboliga qaratilgan
milliy istiqlol mafkurasini targ‗ib etish, Vatan tarixini xolisona o‗rganish va tadqiq
etishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko‗tardi. O‗z oldiga huquqiy demokratik davlat
qurishni maqsad qilib olgan O‗zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu
jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh
etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo etishda, d avlat
boshqaruvini
to‗g‗ri, izchil yo‗lga qo‗yishda davlatchiligimizni
tarixiy nuqtai-nazardan
boshqaruvini o‗rganish va boy tarixiy tajribadan foydalanish amaliyotga tadbiq
etish muhim ahamiyatga ega.
Uch ming yillik davlatchilik an‘analariga ega bo‗lgan o‗zbek
xalqi tarixida
Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o‗rin tutadi.
Prezident
I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‗ishlangan
tantanali marosimda so‗zlagan nutqida ―Tarixi qariyb uch ming yilga boradigan,
buyuk fan va madaniyat o‗lkasi bo‗lgan, jahon sivilazatsiyasiga
bebaho hissa
qo‗shgan ulug‗ zotlar vatani,‖Avesto‖dek o‗lmas
asar yaratilgan tabarruk tuproq –
Xorazm zamini butun dunyoga ma‘lum va mashhur. Bu yurt tengsiz allomalar, aziz
avliyolar, podshohu sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko‗p ko‗rgan‖,
1
deb
Xorazm tarixiga bo‗lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol ko‗rsatib bergan.
Shu munosabat bilan Xorazm davlatchiligining muhim bo‗lagi qo‗ng‗irotlar davri
davlat
boshqaruvini tadqiq etish, ichki va tashqi siyosatni o‗rganish muhim
ahamiyat kasb etadi.
1
Kаrimоv I.А. Оzоd vа оbоd vаtаn, erkin vа fаrоvоn hаyot pirоvаrd mаqsаdimiz.-T.: ―O‘zbеkistоn‖, 2000.
-B.75.