zaruriyatning natijasi o‘laroq, XVIII asrning 60- yillaridan boshlab, Xiva xonligida
hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o‘z qo‘llariga ola boshladilar.
Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo‘ng‘irot
qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga
ko‘tarilgan. U turkmanlaming yovmut va chovduz qabilalariga qarshi kurash olib
borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga - Doniyolbiy otaliq
yoniga ketadi. Turkman
qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch,
Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo tarqalib,
o‘zbeklar Orol va Buxoroga ketishga majbur bo‘ladilar. 1770- yilda Muhammad
Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi
kurashni uyushtiradi va
ularni Xorazmdan haydab chiqaradi
18
.
Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi.
U xon avlodidan bo‘lmagani sababli taxtga Abulfayzxonning o‘g‘li Bo‘lakayxonni
nomiga, qo‘g‘irchoq xon sifatida o‘tqazadi. Hokimiyatni esa o‘zi boshqaradi.
1782- yilda Buxoro amirligi qo‘shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi
mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin
1
inoq 20
yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan.
Hukmronligining so‘nggi yillarida o‘z qabilasining faol qatlamiga,
savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari
o‘rtasidagi o‘zaro nizolardan oqilona foydalana
olgan Muhammad Amin
mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bularning
barchasi mamlakat iqtisodining ko‘tarilishini ta‘minlaydi. Jon saqlash uchun o‘zga
yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad
inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi.
Muhammad Amin ham, uning o‘g‘li Avaz (1790-1804) ham davlat
hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Qozoqchingiz
biylaridan soxta xonlar
chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan
18
I.SHоdmоnqulоv, Q.Ergаshеv, H.Hаmidоv, N.Ergаshеv, I.Аbdurаhmоnоv, F.Ernаzаrоv ―O‘zbеkistоn tаriхidаn
tа`lim tехnоlоgiyalаri‖ TDIU. 2006 y
boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo‘shbegi, mehnat, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq
va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan.
Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan
soxta xon chaqirish to‘xtatildi. Nafaqat to‘xtatildi, ayni paytda 1804- yildayoq
chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg‘ozini taxtdan tushirib, o‘zini xon deb e‘lon
qildi.
Shu tariqa, qo‘ng‘irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu
sulola 1920- yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.
Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat
qiladi. 1804- yilda Eltuzarxon Buxoroga yurish qildi. 1806-yilda Amudaryo
bo‘yida bo‘lgan hal qiluvchi jangda Xiva qo‘shinlari tor-mor etildi, Eltuzarxon
ham halok bo‘ldi.
Eltuzarxon vafot etgach taxtga uning ukasi Muhammad Rahim I o‘tirdi.
Muhammad Rahim I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi.
Ayni paytda turkmanlarni bo‘ysundirish masalasi yetakchi o‘ringa chiqdi.
Turkmanlarning turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar,
birin-
ketin bo‘ysundirilib borildi.
Bo‘ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko‘chib ketdi. Biroq,
Eron hukumatining tazyiqi ostida, shuningdek, yaylov maydoni topilmaganligi
uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni tomonidan
ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo‘ldilar.
Shu davrdan boshlab
yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog‘landi va ular xonlik
fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to‘lash belgilandi. Shuningdek, xon
qo‘shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi.
Uzoq davom etgan urushlar va yillab sarson-sargardonlikda yurish
yovmutlarni qishloq xo‘jaligidan ancha uzoqlashtirib qo‘ygan edi. Shu tufayli ular
xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Ulardan o‘z zamonasining eng jangovar
otliq harbiy qism tuzilganligi ham bejiz bo‘lmagan.
Muhammad Rahimxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo‘shinga
tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurash olib bordi.
Bu kurashda o‘z raqiblarini birin-ketin bo‘ysundira bordi.
Muhammad Rahim I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo‘yi zodagonlari guruhi
qattiq qarshilik ko‘rsatdi. 1811 - yilda uning ham qarshiligi sindirildi. Qo‘ng‘irot
shahri yakson qilindi. Xiva xoni mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni
bo‘ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Haydardan yordam olishga
harakat qildilar. Biroq,
bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo‘ysunishga
majbur bo‘ldilar
19
.
1812-1820- yillar oralig‘ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2
marta hujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada
kengayishiga erishildi.
1813- yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning takya qabilasi
Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va belgilangan hajmda soliq to‘lab turishga
majbur etildi.
1822- yilda esa Marv shahri xonlikka qo‘shib olindi. 1824yilda Yangi Marv
shahri bunyod etildi.
Muhammad Rahimxon I bo‘ysundirilgan qabilalar zodagonlarining qabila
orasidagj mavqeyi nihoyatda qudratli bo‘lganligini hisobga olib, Ularga
u yer-mulk
va turli imtiyozlar in‘om etgan. Bu omil xonlikda siyosiy barqarorlikni
ta‘minlashga xizmat qilishi kerak edi.
Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni
paytda mamlakatda nisbiy barqarorlik ta‘minlandi. Uning hududlari yanada
kengaydi.
Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842) va
Dostları ilə paylaş: