boshqarayotgan shahzodalar o‗rtasida uzluksiz feodal urushlar bo‗lib turdi.
Ayniqsa, bu urushlar 1538 yilda Elbarsxon o‗lgach (Elbarsxon 1511-1538
yilda
hukmronlik qilgan) uning vorislari davrida kuchayib ketadi. Buning ustiga Xiva
xonligiga qarshi Shayboniylardan Ubaydullaxon (1538) yurish qildi va Xiva xoni
Avaneshni o‗ldirib, o‗rniga o‗z o‗g‗li Abdulazizni o‗tkazadi.
Uning davrida yana
feodal urushlar ko‗payadi. Buni ayniqsa Xiva taxtida Arab Muhammad (1602-
1643) o‗tirgan davrda yaqqol ko‗rish mumkin edi. Qisqasi XVI asr 40-yillaridan
boshlab Xiva xonligida o‗zaro kurashlar, ayniqsa xonlikdagi o‗zbeklar bilan
turkman urug‗lari o‗rtasidagi ziddiyatlar, qolaversa atrofdagi qozoq va qalmiqlarni
hujumlari xonlikni zaiflashtirdi. Xonlikdagi bunday og‗ir
ahvoldan foydalangan
Buxoro xonlari Subhonqulixon (1680-1702) va Eron shohi Nodirshohlar (1740)
Xiva taxtini o‗z qo‗llariga kiritadilar. Biroq Xiva xonligida bundan keyin ham
tinchlik bo‗lmadi. Bu erda Eron hukmdorlariga qarshi tez-tez g‗alayonlar ko‗tarilib
turdi. Bundan foydalangan o‗zbek qabilalaridan biri-Qo‗ng‗irot urug‗ining
boshlig‗i Muhammad Amin Inoq xonlik taxtini egallab, xonlikda yangi-qo‗ng‗irot
sulolasiga asos soldi.
1804 yilda Qo‗ng‗irot inoqlari yirik vakillaridan biri Muhammad Rahimxon
Xiva taxtini egallab, 1806-1825 yillar davomida xonlik qiladi.
Uning davrida
xonlik har taraflama kuchayadi va markaziy hukumat mustahkamlanadi. Lekin
uning vorislari Muhammad Eminxon, Qutlimurod,
Olaqullilar davrida Xiva
xonligidagi ahvol yana murakkablashdi. Xiva xonligi 1920 yil fevralida
bolshevoylar tomonidan ag‗darildi.
Dostları ilə paylaş: